Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (NMA –1 shakl)



Download 14,49 Mb.
bet66/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (NMA –1 shakl).
Mazkur dalolatnomaning shakli amaliyotda me’yoriy - huquqiy jihatdan o‘z tasdig‘ini topmoqda. Nomoddiy aktivlar qaysi manba hisobidan qabul qilinmasin (xarid qilish, ustav kapitaliga qo‘shish, boshqa aktivlarga almashtirish, grant yoki subsidiya ko‘ri-nishida olish, korxonaning o‘zida shakllantirish va boshqalar), ular shartnomalarga muvofiq «Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» NMA-1 shakl bo‘yicha rasmiylashtirilishi lozim.
Dalolatnoma nomoddiy aktivni qabul qiluvchi guruh hay’ati tomonidan har bir ob’ekt uchun bir nushada tuziladi. SHuningdek, bir turdagi nomoddiy aktivlar uchun oldin tuzilgan dastlabki dalolatnomalar umumlashtirilib “Umumiy dalolatnoma” tuziladi. Masalan, sanoat namunasiga bo‘lgan bir necha xil ishlab chiqarish huquqiga egalik qiluvchi patentlar yoki turli xil o‘lchamdagi bir nechta er maydonlaridan foydalanish huquqlari uchun ruxsatnoma (litsenziya)lar bo‘lishi mumkin. Dalolatnomaning asosiy vositalarni hisobga oladigan dalolatnomadan farqi bu shaklning sodda hamda kerakli rekvizitlarga ega bo‘lganligidadir.
Nomoddiy aktivlarni qabul qilish dalolatnomasi tuzilib so‘ng buxgalteriyaga topshiriladi. Dalolatnoma bilan birga ob’ektlarning boshqa hujjatlari ham taqdim etiladi. SHuni ham ta’kidlash joizki, ayrim nomoddiy aktivlar ob’ektlari bo‘yicha dalolat-nomani to‘ldirish aktivning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hisob yuritish siyosatida belgilanadi.
Nomoddiy aktivlarni tugatilishi (hisobdan chiqarish) dalolatnomasi. (NMA- 2 shakl).
Korxonalarining hisob yuritish siyosatiga muvofiq ulardagi mavjud nomoddiy aktivlarini hisobdan chiqarish bo‘yicha «Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi» deb nomlagan dalolatnomaning yangi shakli (NMA-2 shakl) ishlab chiqildi va uni amaliyotga joriy etish mumkin.
Ushbu shaklda nomoddiy aktivlar ob’ektlarini hisobdan chiqarish paytida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tayinlangan hay’at tomonidan ikki nusxada tuziladi. Ushbu dalolatnomaning birinchi nusxasi buxgalteriyaga, ikkinchi nusxasi esa javobgar shaxsga beriladi. Dalolatnomada nomoddiy aktivlarning nomi, sanasi, inventar (arxiv raqami), hisobdan chiqarish sababi, balans qiymati, amortizatsiyaning yillik me’yori, amortizatsiya summalari aks ettiriladi.
Tomonlar o‘rtasidagi patent, litsenziya olishga tuzilgan shartnoma shartlari bajarilib, sanoat namunasi huquqi bo‘yicha patent yoki tabiiy resurslardan foydalanish huquqlariga bo‘lgan guvohnomalar o‘z kuchini yo‘qotganda korxonada nomoddiy aktivlarni tugatish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish komissiya a’zolarining xulosalariga asoslanadi va yakuniy moliyaviy natija aniqlanadi.

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish