Nomoddiy aktivlar hisobi 12-Keys Maqsad – nomoddiy aktivlar hisobini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. Korxona internet tarmog’ida o’zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlar to’g’risidagi malumotlarga ega bo’lgan o’z Web-sahifasini yaratadi. Sahifani ishlab chiqish, uning dizayni va ro’yhatdan o’tkazish shartnomasi bo’yicha provayder xizmatlariga to’lov 144 ming so’mni, shu jumladan QQS 24 ming so’mni, sahifani tutib turish va malumotlarni saqlash uchun har oylik abonent to’lovi 15 ming so’mni, shu jumladan QQS 2,5 ming so’mni tashkil qildi.Yaratilgan sahifadan ikki yil mobaynida foydalanish mo’ljallangan.
Topshiriq: Quyidagi amallarni aks ettiring:
№
Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni
Summasi, ming so’m
21-son BHMS bo’yicha schyotlar korrespondentsiyasi
debet
kredit
1
Web-sahifani yaratish bo’yicha xizmatlarga haq to’landi
Boshqaruv hisobini tashkil qilish 13-Keys Maqsad - Turli usullardan foydalanib, baholarni belgilash.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. “BNM” korxonasi uch turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi: paypoqchalar; maykalar va ko’ylaklar. Har bir avtomobil turlarini ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar to’g’risida quyidagi ma’lumotlar mavjud (1-jadval):
Korxona har bir mahsulot turidan eng kamida xarajatlar miqdoridan 30% hajmida foyda olishni rejalashtirgan.
Sotish hajmi quyidagicha belgilangan:
- paypoqchalardan - 50 000 dona;
- maykalardan - 20 000 dona;
- ko’ylaklardan - 35 000 dona.
Zaxira hajmi o’zgarmasdan qoladi.
Topshiriq: Quyidagi usullardan foydalanib, har bir mahsulot turining sotish bahosini aniqlash lozim:
a) yalpi foyda;
b) sotuv rentabelligi.
Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlar hisobi. 14-Keys Maqsad - xarid qilingan materiallarning transport tayyorlash xarajatlarini hisobga olish bilan baholash uslubiyotini o’rganish.
Vazifa - Qurulish materiallarining hisob bahosi bo’yicha operatsiyalarini bajarish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
Joriy oydagi xo’jalik operatsiyalari.
Mazmuni.
Summa (ming so’mda)
1. “Quruvchi” firmasining quydagi qurulish materiallari uchun haq to’lashga rozilik berildi:
Alif moyi-500kg , 6600 so’mdan.
Buyoq – 300kg, 3550 so’mdan.
Lak- 50kg, 2100 so’mdan.
Jami.
2.“Quruvchi “ firmasi hisob-kitob schyotiga hisoblab o’tkazildi.
3. 2-sonli ATK ga qurulish materiallarini ortish, tushurish va tashish xizmatlari uchun xaq to’lashga rozilik berildi.
4. Hisob-kitob schyotidan 2-sonli ATKga schyotiga o’tkazildi
5. Transport tayyorlash xarajatlari xarid qilingan
materiallarni salmog’iga proporsional ravishda taqsimlash:
Alifmoyiga.
Buyoqqa. Lakka.
Jami. Hammasi.
3300
1065
105
4470
4470
10200
600
500
1. “Transport tayyorlash xarajatlari” tahliliy schyotini ochish va unda operatsiyalarni aks ettirish.
2. Transport tayyorlash xarajatlarini taqsimlash qaydnomasini tuzish(5-operatsiya).
3. 1kg xarid qilingan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlang.
7-mavzu: Olinadigan schyotlar (debitorlik qarzlar) hisobi 15-Keys Maqsad – mahsulotlarni sotish hisobini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. Korxona mebel mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va quydagi mahsulot turlarini, savdo peshtaxtasi, stol va shkaf ishlab chiqaradi. Tovarlarning narxlari tegishli ravishda 300 000, 250 000 hamda 450 000 so’mni tashkil qiladi. Savdo peshtaxtasi 5 dona, stol 16 dona va shkaf 4 dona sotildi. Aktsiz solig’i stavkasi 5 foiz. Yetkazib berish qiymati 1 800 000, 4 800 000 va 2 160 000 so’mni tashkil qilgan. QQS stavkasi 20 foiz.
Topshiriq: Belgilangan aktsiz va QQS miqdorlarini aniqlang;
Quyidagi jadvalni yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib amallarini bajaring: