15-Mavzu. Kapital, maqsadli tushumlar va rezervlarning hisobi 16-Keys Maqsad – taqsimlanmagan foydani hisoblash va hisobga olish tartibini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. 2016 yil yakuni bo’yicha AJ 12 000 ming so’m foyda oldi. Hisobot davrida foydadan byudjetga to’lovlar 1 200 ming so’mni tashkil qiladi. Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasini taqsimlash masalasi bo’yicha aktsiyadorlarni umumiy yig’ilishida foydaning qolgan qismini quyidagicha yo’naltirish to’g’risida qaror qabul qilindi: sof foydaning 60 %i dividaent tariqasida, shundan ¾ qismi yuridik shaxslarga, qolgan qismi jamiyatning xodimlariga berilishi, soffoydaning qolgan qismi rezerv fondini shakllantirishga yo’naltirilishi belgilab qo’yildi.
Topshiriq:
AJ ning 2017 yildagi sof foydasini aniqlang;
To’lanadigan divident miqdorini aniqlang (yuridik shaxs hamda jismoniy shaxslar uchun);
To’lanadigan dividentdan 10 % daromad solig’i hisoblansin;
Rezerv fondiga o’tkaziladigan miqdorni hisoblang;
Quyidagi amallarni aks ettiring:
№
Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni
Summasi, ming so’m
21-son BHMS bo’yicha schyotlar korrespondentsiyasi
debet
kredit
1
Aktsiyadorlarga (jismoniy va yuridik shaxslar)ga divident hisoblandi
2
Dividentlar summasidan daromad solig’i hisoblandi
3
Dividenlardan ushlab qolingan soliq summasi byudjetga o’tkazildi
4
Aktsiyadorlarga dividentlarni to’lash aks ettirildi
5
Taqsimlanmagan foydaning qolgan qismi rezerv fondini shakllantirishga yo’naltirish aks ettirildi
10-11-mavzular: Korxona daromadlari va xarajaltlarining hisobi
17-Keys. Maqsad – moliyaviy natijani aniqlash va hisobga olish tartibini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. Korxona hisobot yilida 12 000 ming so’mlik mahsulot sotdi.
Sotilgan mahsulotlarning tannarxi 6 000 ming so’mni, mahsulotlarni sotish xarajatlari 1 700 ming so’mni tashkil qilgan.
Korxonada hisobot yilida boshqarish bo’yicha joriy xarajatlar 1 200 ming so’mni tashkil qilgan.
Ushbu yilda korxona mulkni ijaraga berishdan 2 400 ming so’m summada daromad oldi. Mulkni ijaraga berish bilan bog’liq xarajatlar (amortizatsiya ajratmalari, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalarning tegishli ulushi) 1 600 ming so’mni tashkil qilgan.
1 440 ming so’m summada yagona soliq to’lovi hisoblangan.
Hisobot yilining 1 yanvar holatiga ko’ra korxona taqsimlanmagan foydaga ega bo’lmagan.
Topshiriq: Korxonaning soliq to’lagunga qadar daromad (foyda)sini aniqlang;
Korxona tomonidan to’lanadigan yagona soliq summasini aniqlang;