Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


O’ZBYeKISTON AUDITORLARINING KASBGA OID AHLOQ KODYeKSI



Download 14,49 Mb.
bet180/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

O’ZBYeKISTON AUDITORLARINING KASBGA OID AHLOQ KODYeKSI
O’BAMA.26.08.2005y., O’AP 25.06.2005y.

KORXONALARDAGI IChKI AUDIT XIZMATI TO’G’RISIDA NIZOM
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi
215-son qaroriga 2-ILOVA

Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risida NIZOM. 13.10.2000 y. N 977
(quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan
O’zR AV 20.04.2004 y., O’zR AV 18.10.2005 y.)

IV

Auditorlik tashkilotlarining majburiy audit va boshqa audit xizmat-larini bajarishini tartibga soladi

AUDITORLIK TAShKILOTLARINING


IChKI STANDARTLARI



Auditorlik tekshiruvi natijalari ko’pchilik iqtisodiy qarorlarni qabul qilish uchun asos bo’lganligi sababli barcha davlatlarda audit yetarli darajada qat’iy tartibga solinadi. Ularning ayrimlarida (masalan, Frantsiyada) auditning me’yorlari, me’yoriy hujjatlarini belgilab, auditorlar va auditorlik firmalarini ro’yxatga olish va ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish yo’li bilan davlat ushbu jarayonga aralashadi. Boshqa davlatlarda (AQSH, Angliya) ushbu jarayon kasbiy ijtimoiy auditorlik tashkilotlar tomonidan tartibga solinadi.


Mamlakatimizda shakllangan va rivojlanayotgan auditorlik faoliyatini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimini uchta pog’onaga bo’lish mumkin. Ushbu tizimning birinchi (yuqori) pog’onasida O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni (yangi tahriri) turadi.





3.2.O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni va uning ahamiyati.
O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 26 maydagi qaroriga muvofiq qabul qilingan bo’lib, 29 moddadan iborat. Qonunda Respublikamizning moliyaviy-iqtisodiy tizimida auditning o’rni, maqsadi va vazifalarini belgilangan.
Qonunga muvofiq: Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa xatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo’ladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotlarining muassislari bo’la olmaydilar.
Auditorlik tashkilotlari aktsiyadorlik jamiyati ko’rinishidan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi va o’z faoliyatini quyidagi majburiy shartlarga rioya etgan holda amalga oshirishi mumkin:

  • auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik bir foizi mazkur auditorlik tashkilotining shtatdagi bir yoki bir necha auditoriga tegishli bo’lishi kerak (auditorlik tashkiloti - chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki shu’ba korxonasi tuzilgan hollar bundan mustasno). Auditor faqat o’zi ishlaydigan bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo’lishi mumkin;

  • auditorlik tashkilotining shtat birligi tegishli malakaga ega bo’lgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo’lishi kerak;

  • auditorlik tashkilotiga faqat mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo’lgan auditor rahbar bo’lishi kerak;

  • auditor tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitali mavjud bo’lishi kerak.

SHuningdek, 2002 yil 13 dekabrida «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 6-moddasiga kiritilgan qo’shimchaga muvofiq, «auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvining shakllari va usullarini mustaqil belgilaydi». Demak, auditorlik tashkiloti o’zining ichki ish standartlarini shakllantirishi va buyruq bilan tasdiqlashi zarur. Ichki ish standartlarida tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi subektning tarmoq, texnologik va boshqa xususiyatlari aks ettirilishi kerak. Ammo, ularning qoidalari xalqaro va milliy standartlar qoidalaridan chetga chiqmasligi lozim. Ichki ish standartlarini auditorlik faoliyati huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimining uchinchi pog’onasiga kiritish mumkin.
Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo’lishi mumkin emas.
Auditorlik tashkiloti aynan bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini ketma-ket uch yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan o’tkazishga haqli emas.
Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini o’tkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan bo’lishi kerak.
Auditorlik hisoboti va xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatining standartlari bilan belgilanadi.
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya maxsus vakolatli davlat organ litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga auditorlik tashkiloti tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi hamda uch yilda ko’pi bilan bir marta mazkur masalalar yuzasidan tekshiruv o’tkazadi. Mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kiruvchi auditorlik tashkilotlarida tekshiruv rejali tartibda faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan to’rt yilda ko’pi bilan bir marta o’tkaziladi. Bundan tashqari auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditor malaka sertifikati olish uchun o’quv dasturlarini va malaka imtihonlarini topshirish tartibini tasdiqlaydi. Shuningdek, auditorlarning respublika jamoat birlashmasi ishtirokida auditor malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonini o’tkazadi va auditorlik tashkiloti rahbarini uch yilda bir marta attestatsiyadan o’tkazadi. Shu bilan birga malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditorlar reestrining hamda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlarining hisobini yuritadi.
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarni berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maxsus vakolatli davlat organi yoki sud litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun auditorlik tashkilotiga muddat belgilashi shart. Maxsus vakolatli davlat organi litsenziyaning amal qilishini o’n ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatga, sud esa o’n ish kunidan ko’p bo’lgan muddatga to’xtatib turishi mumkin. Bunda litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko’p bo’lishi mumkin emas.



Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish