Nazorat uchun savollar
TMZlarni turkumlarga ajrating?
TMZlarni hisobga olish vazifalarini sanab bering?
TMZlarni baholash usullarini tushuntiring?
TMZlar harakatini hujjatlashtirish deganda nimani tushunasiz?
TMZlarning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobini yuritish qoidalarini izohlang?
Invetnar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlarini aytib o‘ting?
6-MAVZU. PUL MABLAG’LARI NING HISOBI
1.Pul mablag’lari va hisob–kitoblarning mazmuni hamda ularni hisobga olishning vazifalari.
2.Kassa operatsiyalarini hisobga olish.
3.Hisob – kitob scheti bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish.
4.Valyuta scheti bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga olish.
5.Hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar hisobi.
6.Boshqa hisob-kitob operatsiyalarini hisobga olish.
7.Turli debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish.
8.Bank kreditlari
Tayanch iboralar: milliy valyuta, naqd pul, kassa muomalalari, bankdagi maxsus schyotlar, valyuta schyoti, akkreditiv, chek daftarlari, pul ekvivalenti, yo’ldagi pul mablag’lari
1. Pul mablag’lari va hisob–kitoblarning mazmuni hamda ularni hisobga olishning vazifalari.
Monitar (pul-kredit) siyosati deganda, odatda, to’la bandlik sharoitida jami mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirish tushuniladi. Uning yordamida har qanday davlatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash mumkin bo’ladi. Boshqacha aytganda, pul-kredit siyosati hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yo’li va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini ta’minlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlar yig’indisidir.
Pul-kredit siyosati davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo’lib, uni amalga oshirish huquqi faqatgina Markaziy bankka berilgan hamda bu siyosat Markaziy bankning eng asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi. Markaziy bank kelgusi yil uchun O’zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili boshlanishidan kamida o’ttiz kun oldin Oliy Majlis Senatiga bu haqda axborot beradi. Pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlari iqtisodiy kon’yunkturaning tahlili va istiqbol ko’rsatkichlarini, muomalada bo’lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralarini, Markaziy bank ichki aktivlarining o’zgarishi, valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo’nalishlarini, pul-kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli asosiy ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi.
Pul-kredit siyosati bevosita va bilvosita vosita(instrument)lar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar – moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular hajmini to’g’ridan-to’g’ri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit ko’rinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qilinadi. Bilvosita vositalar esa Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslariga bozor mexanizmlari (majburiy zaxira talablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga ta’sir ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |