Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


V QISM. MOLIYAVIY NATIJALARNING



Download 14,49 Mb.
bet393/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

V QISM. MOLIYAVIY NATIJALARNING
SHAKLLANISHI VA ISHLATILISHI

IX BO’LIM. DAROMADLAR VA XARAJATLAR

9000

ASOSIY (OPERATSION) FAOLIYATNING
DAROMADLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR

T

9010

Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar




9020

Tovarlarni sotishdan daromadlar




9030

Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar




9040

Sotilgan tovarlarning qaytishi




9050

Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar




9100

SOTILGAN MAHSULOT (TOVAR, ISH, XIZMAT)LARNING
TANNARXINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR

T

9110

Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi




9120

Sotilgan tovarlarning tannarxi




9130

Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi




9140

Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish




9150

Davriy hisobda TMZ bo’yicha tuzatishlar




9200

ASOSIY VOSITALAR VA BOSHQA AKTIVLARNING
CHIQIB KETISHINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR

T

9210

Asosiy vositalarning chiqib ketishi




9220

Boshqa aktivlarning chiqib ketishi




9300

ASOSIY FAOLIYATNING BOSHQA
DAROMADLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR

T

9310

Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda




9320

Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda




9330

Undirilgan jarima, penya va ustamalar




9340

O’tgan yillar foydalari




9350

Operativ ijaradan daromadlar (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan MV Buyrug’i tahriridagi satr)




9360

Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar




9370

Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari




9380

Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam




9390

Boshqa operatsion daromadlar




9400

DAVR XARAJATLARINI
HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR

T

9410

Sotish xarajatlari




9420

Ma’muriy xarajatlar




9430

Boshqa operatsion xarajatlar




9500

MOLIYAVIY FAOLIYAT DAROMADLARINI
HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR

T

9510

Royalti ko’rinishidagi daromadlar




9520

Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar




9530

Foizlar ko’rinishidagi daromadlar




9540

Valyutalar kurslari farqidan daromadlar




9550

Moliyaviy ijaradan daromadlar (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan MV Buyrug’i tahriridagi satr)




9560

Qimmatli kog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar




9590

Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari




9600

MOLIYAVIY FAOLIYAT BO’YICHA
XARAJATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR

T

9610

Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar




9620

Valyutalar kurslari farqidan zararlar




9630

Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar




9690

Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar




9700

FAVQULODDAGI FOYDA (ZARAR)LARNI
HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR

T

9710

Favquloddagi foydalar




9720

Favquloddagi zararlar




9800

SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TO’LOVLARNI
TO’LASH UCHUN FOYDANING ISHLATILISHINI
HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
(AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan
MV Buyrug’i tahriridagi satr)

T

9810

Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan MV Buyrug’i tahriridagi satr)




9820

Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha xarajatlar (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan MV Buyrug’i tahriridagi satr)




9900

YAkuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar




9910

YAkuniy moliyaviy natija




VI QISM. BALANSDAN TASHQARI SCHYOTLAR

001

Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan MV Buyrug’i tahriridagi satr)

BT

002

Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar

BT

003

Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar

BT

004

Komissiyaga qabul qilingan tovarlar

BT

005

O’rnatish uchun qabul qilingan uskunalar

BT

006

Qat’iy hisobot varaqlari

BT

007

To’lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o’tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi

BT

008

Majburiyatlar va to’lovlarni ta’minlash – olingan

BT

009

Majburiyatlar va to’lovlarni ta’minlash – berilgan

BT

010

Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha berilgan asosiy vositalar (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan MV Buyrug’i tahriridagi satr)

BT

011

Ssuda shartnomasi bo’yicha olingan mulk

BT

012

Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar

BT

013

Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo’yicha)

BT

014

Foydalanishdagi inventar’ va xo’jalik jihozlari

BT

015

Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat) bo’yicha olingan mulk

BT

016

Foydalanish huquqi bo’yicha olingan nomoddiy aktivlar

BT

AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga olingan MV Buyrug’iga muvofiq izoh chiqarib tashlangan


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (keyingi o’rinlarda — MHXS) o’tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo’yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
1. Belgilansinki, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar:
2021 yil 1 yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021 yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi, qonun hujjatlarida MHXSga o’tishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno;
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.29.00.00 Бухгалтерия ҳисоби. Молиявий ҳисобот / 07.29.01.00 Умумий қоидалар]
2021 yil yakuniga qadar buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo’yicha moliyaviy hisobot» fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to’g’risida hujjatga yoxud «Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)», «Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)», «Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)» va «Xalqaro moliyaviy hisobot bo’yicha diplom (DipIFR)» sertifikatlaridan (keyingi o’rinlarda — xalqaro buxgalter sertifikati) biriga ega kamida uch nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo’llash uchun yetarli bo’lgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020 yildan boshlab, ushbu bandda ko’rsatilmagan davlat ulushi bo’lgan xo’jalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashga o’tish jadvali har yili tasdiqlanishi va 1 iyunga qadar rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini ta’minlasin.
2. SHunday tartib o’rnatilsinki, unga muvofiq moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik sub’yektlari buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo’yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.
3. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi MHXSni joriy etish bo’yicha vakolatli organ etib belgilansin va unga quyidagi funksiyalar yuklansin:
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda MHXSning joriy etilishini, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan moliyaviy hisobotlar MHXS asosida o’z vaqtida e’lon qilinishini monitoring qilish;
[ОКОЗ:
1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.04.00.00 Аудиторлик фаолияти / 09.04.02.00 Аудиторлик фаолиятини лицензиялаш. Аудиторнинг малака сертификати]
MHXS sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha jahonning muvaffaqiyatli tajribalarini ommalashtirish, shu jumladan buxgalteriya hisobi va audit sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish bo’yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarini (keyingi o’rinlarda — akkreditatsiyadan o’tgan o’quv markazlari) hamda sohaga oid oliy ta’lim muassasalarining o’quv dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazish yuzasidan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar (Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi (Association of Chartered Certified Accountants — ASSA) va boshqalar) bilan o’zaro hamkorlikni kengaytirish;
rivojlangan davlatlarning ilg’or tajribasi asosida o’quv jarayonining sifatini, imtihonlarni o’tkazish va natijalarini baholashning shaffofligini ta’minlovchi MHXS bo’yicha sertifikatlashning samarali tizimini joriy etish, shuningdek, MHXS sohasida talab yuqori bo’lgan mutaxassislarni akkreditatsiyadan o’tgan o’quv markazlarida o’qitish bo’yicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama ko’maklashish;
buxgalteriya hisobining milliy standartlarini MHXSga muvofiq uyg’unlashtirish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tuzilmasida vazirlikning boshqaruv xodimlari cheklangan soni doirasida uchta shtat birligidan iborat moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishni muvofiqlashtirish va e’lon qilinadigan moliyaviy hisobotlar sifatining tashqi nazorati bo’limi tashkil etilsin.
4. Ilg’or xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etish bo’yicha «yo’l xaritasi» 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
a) buxgalterlar va auditorlar respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda, Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:
2020 yil 1 iyunga qadar Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi to’g’risidagi nizom;
2021 yil 31 yanvarga qadar MHXSni joriy etishning ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda va MHXS bo’yicha mavjud kadrlar salohiyatini o’rganish natijalariga ko’ra tayyorlangan buxgalterlarni sertifikatlash milliy tizimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahliliy ma’lumotnoma;
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va boshqa manfaatdor davlat organlari xodimlarini (keyingi o’rinlarda — davlat organlarining xodimlari) akkreditatsiyadan o’tgan o’quv markazlarida MHXS bo’yicha o’qitish jadvali har yili tasdiqlanishini ta’minlasin;
[ОКОЗ:
1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.01.00.00 Таълим / 13.01.11.00 Олий таълим (бакалавриат ва магистратура)]
v) Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Farg’ona politexnika institutining (keyingi o’rinlarda – tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalari) «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo’yicha pedagog xodimlarini akkreditatsiyadan o’tgan o’quv markazlarida MHXS bo’yicha tezlashtirilgan tarzda o’qitish jadvalini tasdiqlasin;
2020 yil 31 dekabrga qadar buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha xalqaro tajribani o’rganish natijalari asosida «Buxgalteriya hisobi va audit» bakalavriat ta’lim yo’nalishida o’qitishning kunduzgi shakli muddatini qisqartirish imkoniyati to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
[ОКОЗ:
1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.01.00.00 Таълим / 13.01.26.00 Дарсликлар, ўқув қўлланмалар ва ўқув қуроллари]
6. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi:
2020 yil 1 avgustga qadar bakalavriat ta’limi yo’nalishlari va magistratura mutaxassisligidagi «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo’yicha MHXSni chuqur o’rganishni nazarda tutuvchi yangilangan o’quv dasturlarini tasdiqlasin va belgilangan tartibda ta’lim jarayoniga joriy etsin;
2020 yildan boshlab tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarining o’quv dasturlarini buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazish va keyinchalik mazkur tajriba-sinov loyihasini bosqichma-bosqich respublikadagi sohaga oid boshqa oliy ta’lim muassasalarida joriy etish choralarini ko’rsin;
2021 yil 1 yanvarga qadar «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo’yicha pedagog kadrlarning akkreditatsiyadan o’tgan o’quv markazlarida MHXS bo’yicha o’qitilishini ta’minlasin, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida akkreditatsiyadan o’tgan o’quv markazlarida tahsil olgan pedagog kadrlari to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini rasmiy veb-saytida e’lon qilsin va doimiy ravishda ularni yangilab borsin.
7. Belgilansinki:
2021 yildan boshlab, MHXS va auditning xalqaro standartlari (keyingi o’rinlarda — AXS) bo’yicha o’qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o’tgan o’quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditatsiyadan o’tgan o’quv markazlari litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish bo’yicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya qilish sharti bilan, tegishli litsenziya olmasdan MHXS va AXS bo’yicha o’qitish va malaka oshirish yuzasidan litsenziyalangan faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga egadir;
2021/2022 o’quv yilidan boshlab, tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha fanlar faqat xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo’yicha moliyaviy hisobot» yoki «AXS bo’yicha audit» fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to’g’risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo’lgan o’qituvchilar tomonidan o’qitiladi;
xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo’lgan talabgorlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasining «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan to’lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega.
8. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar soliq hisoboti shaklini qayta ko’rib chiqsin va uning MHXS bo’yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotga moslashtirilgan shaklini ishlab chiqsin.
9. Belgilansinki, 2020 — 2025 yillar davomida akkreditatsiyadan o’tgan o’quv markazlarida MHXS bo’yicha o’qitish, malaka oshirish, interfaol usullarni qo’llagan holda o’qitish, shuningdek, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O’zbekiston Respublikasida dastlabki ro’yxatdan o’tkazish va imtihon topshirish uchun ro’yxatdan o’tkazish xarajatlari O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) oliy ta’lim muassasalarining buyurtmanomalariga asosan:
oliy ta’lim muassasalarining «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo’yicha pedagog kadrlari imtihon topshirishi uchun birinchi marta — to’liq hajmda, ikkinchi marta — imtihon topshirish uchun ro’yxatdan o’tish summasining 50 foizi miqdorida qoplanadi;
oliy ta’lim muassasalarining talabalari va bitiruvchilari (o’qishni tugatgandan so’ng olti oy ichida) imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda, birinchi marta — to’liq hajmda, ikkinchi marta — imtihon topshirish uchun ro’yxatdan o’tish summasining 50 foizi miqdorida qoplanadi;
b) davlat organlarining buyurtmanomalariga asosan o’z xodimlari imtihon topshirishi uchun birinchi marta — to’liq hajmda, ikkinchi marta — imtihon topshirish uchun ro’yxatdan o’tish summasining 50 foizi miqdorida qoplanadi.
10. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
moliyaviy hisobotning yagona standartlarini ishlab chiqadigan va tasdiqlaydigan mustaqil xalqaro tashkilot hisoblangan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi (keyingi o’rinlarda — MHXS fondi) bilan bitim tuzsin;
2020 yilda MHXS va unga tushuntirishlar matnini davlat tiliga tarjima qilish, boshqa tillarda MHXSni qo’llash bilan bog’liq hamda MHXS fondi yillik badallar to’lash xarajatlarini O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti qo’shimcha daromadlari hisobidan qoplasin, 2021 yildan boshlab esa zarur mablag’lar ajratilishini O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetida nazarda tutsin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi «O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3946-son qarorining 5-bandiga 2-ilovaga muvofiq o’zgartirishlar kiritilsin.
12. Mazkur qaror ijrosini tashkil qilishning quyidagi tartibi o’rnatilsin:
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari J.A. Qo’chqorov — mazkur qarorning o’z vaqtida, sifatli va to’liq bajarilishini ta’minlasin, belgilangan tadbirlarni bajarishga mas’ul bo’lgan vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar to’g’risidagi hisobotlarini eshitsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish bo’yicha choralar ko’rsin;
O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri — MHXS joriy qilinishi monitoringini ta’minlasin, buxgalteriya hisobi milliy standartlarini MHXS bilan uyg’unlashtirish, buxgalteriya hisobi sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va tajribali hamda yuqori malakali mutaxassislarni MHXSni joriy qilish jarayoniga jalb etish bo’yicha choralar ko’rsin;
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Majidov — ta’lim jarayonlariga MHXSni chuqur o’qitishni muvaffaqiyatli va samarali joriy etish, pedagog kadrlarni MHXS bo’yicha sertifikatlash va oliy ta’lim muassasalari o’quv dasturlarini akkreditatsiyalash yuzasidan barcha zarur choralarni ko’rsin, shuningdek, mazkur qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlasin;
mas’ul vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari — mazkur qaror bilan tasdiqlangan «Yo’l xaritasi»da nazarda tutilgan tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirsin;
O’zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko’chimov va O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, matbuot anjumanlari, mavzuga oid teleko’rsatuvlar tashkil etsin.

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish