“Buxgalteriya hisobi va audit” fanining asosiy maqsadi bo’lib bakalavrlarni buxgalteriya hisobi va auditning mohiyati, predmeti, ob’yektlari, usul va uslublari, tamoyillari bilan chuqur va har tomonlama tanishtirish hisoblanadi.
Ushbu faning asosiy vazifalari talabalarga korxona aktivlari, majburiyatlari, xususiy kapitali, moliyaviy natijalari ko’rsatkichlari hisobi va auditining nazariy asoslari bo’yicha bilimlarni va ko’nikmalarni berishdan, ularda yetarli amaliy tajribalarni shakllantirishdan iboratdir.
“Buxgalteriya hisobi va audit” fani bo’yicha bakalavr:
Fanning predmeti, ob’yekti va vazifalari; buxgalteriya hisobini tashkil qilish tamoyillari; xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi; xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda xo’jalik jarayonlari va ularni hujjatlashtirish, xshjalik yurituvchi sub’yektlarning mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari hisobi; buxgalteriya hisobi schyotlar tizimi; moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi; moliyaviy hisobotlarning turlari; ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari yakuniga baho berish va auditorlik tekshiruviga tayyorlash va audit jarayonida qo’llash haqida tasavvurga ega bo’lishi;
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning hisob siyosatini; xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslarini; xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda buxgalteriya hisobining usullarini; xo’jalik yurituvchi sub’yektlar aktivlari va passivlari hisobini; xarajatlar tarkibi va mahsulot tannarxini; foyda va zararlar hisobini; xususiy kapital va majburiyatlar hisobini; buxgalteriya hisobining milliy standartlarini; moliyaviy hisobotlarni tuzish tamoyillarini; turli mulkchilik shaklida iqtisodiyot sub’yektlarini to’g’ri boshqarishda auditning rolini; auditning asosiy tamoyillarini; auditning asosiy vazifalarini; auditning usullarini; auditda foydalaniladigan axborot manbalarini; xo’jalik faoliyatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni audit qilish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda buxgalteriya hisobining usullaridan foydalanish; xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari harakatini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish; xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy natijasini aniqlash va hisobini yuritish, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar balansini tuzish; audit jarayonida kerak bo’ladigan manbalar hajmini aniqlash, to’plash, ularning to’g’riligini tekshirish, qayta ishlash, tahlil etish va auditga moslashtirish; tahlil va audit natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish; tahlil va audit natijasida hisobot va xulosalar tayyorlay olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
5610200 – “Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” va 5610300 – Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishlari uchun “Buxgalteriya hisobi va audit” faniga ajratilgan o‘quv soatlarining o‘quv turlari bo‘yicha taqsimoti