Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua



Download 14,49 Mb.
bet186/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2020-y., 07/20/4611/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) 2020-yil 1-yanvardan hisobot yili yakuni bo‘yicha quyidagi shartlardan bir vaqtning o‘zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim:
(5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2020-y., 07/20/4611/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
aktivlarning balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 100 ming barobar miqdoridan ortiq bo‘lsa;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushum bazaviy hisoblash miqdorining 200 ming barobar miqdoridan ortiq bo‘lsa;
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
xodimlarning o‘rtacha yillik soni 100 kishidan ortiq bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga tegishli o‘zgartirishlar kuchga kiradigan kundan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgaltyerlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiradi;
(5-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2020-y., 07/20/4611/0209-son)
v) majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida e’lon qilinadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tarkibida to‘rtta shtat birligidan iborat professional tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish bo‘limi tashkil etilsin, shunga mos ravishda vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni oshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yilning 1-iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga buxgaltyerlar va auditorlar jamoat birlashmalarini Moliya vazirligida akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini joriy etish va auditorlik faoliyatini litsenziyalashni bekor qilgan holda auditorlik tashkilotlarining akkreditatsiyadan o‘tgan jamoat birlashmalariga majburiy a’zoligini belgilash bo‘yicha takliflarni kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va auditorlar respublika jamoat birlashmalarining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:
auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, navbatdagi muddatini o‘n yilga uzaytirish va undan keyin muddatsiz davrga berish;
xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lganda auditor malaka sertifikatini berishni va amal qilish muddatini uzaytirishni, shuningdek, 10 yildan kam bo‘lmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud bo‘lganda auditor malaka sertifikatining amal qilishini muddatsiz davrga uzaytirishni malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshirish;
“buxgalteriya hisobi” va “audit” mutaxassisliklari bo‘yicha magistr diplomiga ega bo‘lgan auditor malaka sertifikatini olishga talabgorlar uchun auditorlik tashkilotida bir yildan kam bo‘lmagan amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik asosida) ega bo‘lish talabini o‘rnatish;
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni ta’minlasin:
a) har yili 1-iyulga qadar majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risida quyidagi axborotni o‘z veb-saytida joylashtirish:
xo‘jalik yurituvchi subyektning identifikatsiya ma’lumotlari (soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami);
auditorlik tashkilotining identifikatsiya ma’lumotlari (nomi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning sanasi va raqami);
auditorlik xulosasining nusxasi;
b) majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan o‘z vaqtida choralar ko‘rish;
v) quyidagilar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish:
majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi shart bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risida;
majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘llanilgan moliyaviy sanksiyalar to‘g‘risida.
9. Toshkent moliya instituti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida:
2018/2019 o‘quv yili davomida buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi o‘quv rejalari va dasturlarining bajarilishini kompleks tahlil va monitoring qilsin hamda ularni yanada takomillashtirish va o‘qitishning innovatsion usullarini joriy etish choralarini ko‘rsin;
buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlariga xalqaro audit standartlari va xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bo‘yicha fanlarni kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
a) auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari reyestrini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining ma’lumotlar bazasi bilan taqqoslash orqali tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘z firma nomida “auditorlik tashkiloti” so‘z birikmasidan foydalanishning qonuniyligini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilishini ta’minlasin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yilning 1-apreliga qadar muddatda auditorlik tashkilotlari hamda buxgaltyerlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan o‘zaro elektron hamkorlikka mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Audit” dasturiy majmuasini ishlab chiqishni ta’minlasin;
v) manfaatdor vazirlik va idoralar, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda 2019-yilning 1-yanvariga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritsin:
O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun xalqaro audit standartlarining o‘z vaqtida tan olinishini ta’minlash maqsadida Xalqaro buxgaltyerlar federatsiyasi bilan xalqaro audit standartlarini mahalliy amaliyotga implementatsiya qilish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish;
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish;
g) 2019-yilning 1-yanvarigacha faoliyat yuritayotgan va mazkur qaror talablariga javob beradigan auditorlik tashkilotlariga yangi namunadagi auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berishni ta’minlasin;
d) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yilning 1-aprelidan keyin mazkur qaror talablariga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda tugatish choralarini ko‘rsin;
e) Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish