Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


T/r Xo’jalik muomalalarining mazmuni



Download 14,49 Mb.
bet123/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

T/r

Xo’jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog’lanishi



Debet

Kredit



1

Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda diskont summasi hisobga olindi



0600, 5800

6210, 5110-5530

2

Joriy obligatsiyalar diskonti hisobdan chiqarildi



6210

9530

3

Kechiktirilgan diskontning uzoq muddatli qismi joriy qismga o’tkazildi



7210

6210

4

Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda, mukofot summasi hisobga olindi



5110-5530

6220

5

Joriy obligatsiyalar mukofotining hisobdan chiqarilishi



6220

9530

6

Kechiktirilgan mukofotlarning uzoq muddatli qismi joriy qismga o’tkazildi



7220

6220

7

Kelgusida jo’natiladigan TMZ, ko’rsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar uchun pul mablag’lari kelib tushdi



5110-5530

6230

8

Kechiktirilgan daromadlarning tayyor mahsulotlar, tovarlar sotilganda, ishlar bajarilganda va xizmatlar ko’rsatilishi bilan daromadga qo’shilishi



6230

9010, 9020, 9030

9

Ijara bo’yicha kechiktirilgan daromad summasi tegishli davrda daromadga qo’shildi



6230

9350, 9550

10.

Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarning joriy qismi hisobot davrida byudjetga to’lash uchun hisobdan chiqarildi



7240

6240

11

Vaqtinchalik farqlar bo’yicha foyda solig’i bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar joriy qismiga o’tkazildi



7250

6250

Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300). Buyurtmachilarga qisman tayyor holdagi TMQni yetkazib berishga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish, shuningdek aksiyaga obunachilardan olingan bo’naklar bo’yicha joriy majburiyatlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar”;
6320 “Aksiyaga obunachilardan olingan bo’naklar”;
6390 “Boshqa olingan bo’naklar”.
Korxona xaridor va buyurtmachilarga mahsulot va tovarlarni yetkazib berish, shuningdek ish bajarish yoki xizmat ko’rsatish uchun ulardan bo’nak to’lovini (oldindan to’lashni) talab qilishi mumkin. Bunday holatda bo’nak TMQlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha shartnomaning bajarilishi hamda xaridor va buyurtmachilardan kelgusidagi to’lovlarning kelib tushishiga kafolat sifatida xizmat qiladi.
Bunday bo’naklar pul mablag’ini olgan korxona uchun mahsulot va tovarlarni yetkazib berish hamda ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko’rsatish amalga oshirilishiga qadar majburiyat bo’lib hisoblanadi. Olingan bo’naklarga quyidagilar misol bo’ladi: korxona tomonidan gaz, suv, yoritish va boshqa maishiy xizmatlar, shuningdek TMQ va boshqalarni yetkazib berish uchun oldindan olingan to’lovlar.
Olingan bo’nak summalari, shuningdek qisman tayyor holdagi mahsulot (ish, xizmat) uchun qabul qilingan to’lovlar summasi olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300)ning krediti va pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi. Buyurtmachilarga ishlar tugatib topshirilganda va xizmatlar ko’rsatilganda, shuningdek xaridorlarga mahsulot yuklab jo’natilganda, olingan bo’naklar xaridor va buyurtmachilarning majburiyatlarini kamaytiradi va olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300)ning debeti va olinadigan schyotlar (4000) kreditiga olib boriladi.
Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300) bo’yicha analitik hisob har bir olingan bo’naklar turi bo’yicha alohida yuritiladi.

Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300)ning boshqa schyotlar bilan bog’lanishi:






Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish