O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalar va
kommunikatsiyalarni rivojlantirish Vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish Fani bo’yicha
2-MUSTAQIL TOPSHIRIQ
Mavzu: O‘lchash vositalarining metrologik tekshiruv va nazoratga tortilishi.
Bajardi: Rustamov Javohir
Tekshirdi: Xaydarbekova Mohira
Toshkent 2022
Reja
O‘lchash turlari va o‘lchash usullari tasnifi
O‘lchash vositalarining metrologik tavsiflari
O‘lchash vositalarining metrologik tekshiruv va nazoratga tortilishi
Turkumlash o‘lchanadigan turli kattaliklar uchun turlicha bo‘lgan umumiy belgilar bo‘yicha amalga oshiriladi:
a) xarakter bo‘yicha;
b) o‘lchash usullari bo‘yicha;
d) o‘lchash natijalarini ifodalash usullari bo‘yicha;
e) foydalanilgan o‘lchash usuli bo‘yicha.
O‘lchanayotgan kattalikning vaqtga bog‘lanishlik xarakteri bo‘yicha o‘lchashlar statik va dinamik bo‘ladi. Statik o‘lchash, bunda o‘lchanayotgan kattalik o‘zgarmas bo‘ladi. Masalan, termostat.
Dinamik o‘lchash, bunda o‘lchanayotgan kattalik vaqtga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, elektr kuchlanishining vaqtga bog‘ liqligi. O‘lchash turi bo‘yicha: bevosita, bilvosita, birgalikda va birlashtirib. O‘lchash usullarining tasnifi 1.4-rasmda keltirilgan:
O‘lchanayotgan kattalikning son qiymati bevosita, bilvosita, birlashtirib va birgalikda o‘lchash turlari yordamida topiladi.
Laboratoriya amaliyotiga va ilmiy tekshirishlarda birlashtirib va birgalikda o‘lchash usullaridan foydalaniladi. Bevosita o‘lchash deb shunday o‘lchashga aytiladiki, unda o‘lchanayotgan kattalikning izlanayotgan qiymati tajriba ma’lumotlaridan bevosita aniqlanadi. Masalan, voltmetr bilan manbaning kuchlanishini va ampermetr bilan tok kuchining kattaligini o‘lchash.
Bilvosita o‘lchash deb shunday o‘lchashga aytiladiki, unda o‘lchash natijasi o‘lchanayotgan kattalik bilan ma’lum munosabat yordamida bog‘langan kattaliklarni bevosita o‘lchashga asoslangan bo‘ladi. Bilvosita o‘lchashda o‘lchanayotgan kattalikning qiymati quyidagi tenglamani yechish yo‘li bilan topiladi:
X=F(x1 ,x2 ,x3 ,..., xn ). (1.7)
x1 ,x2 ,x3 ,...,xn – bevosita o‘lchash bilan olingan kattaliklar qiymati. Masalan, R – rezistorning qarshiligi ushbu tenglamadan topiladi:
Rx=Ux /Ix . (1.8)
Unga rezistordaga kuchlanishing tushgan qiymati va rezistordan o‘tgan tokning qiymati qo‘yiladi. Birlashtirilib o‘lchash bir nechta bir nomli kattaliklarni bir vaqtda o‘lchashdan iborat bo‘lib, unda izlangan kattaliklarning qiymatlari bevosita o‘lchashda hosil qilingan tenglamalar tizimidan topiladi. Masalan, uchburchak usulida ulangan rezistorlarning qarshiligini o‘lchaganda uchburchakning turli uchlaridagi qarshiliklar o‘lchanadi va uch o‘lchov natijalari asosida rezistorlarning qarshiliklari aniqlanadi
Birgalikda o‘lchash deb, bir vaqtda ikki yoki bir necha turli nomli kattaliklarni, ular orasidagi funksional bog‘lanishlarni, munosabatlarni topish uchun olib borilgan o‘lchashlarga aytiladi va bunda tenglamalar sistemasi yechiladi.
F(x1 , x2 , x3 , xa , x1 , x2 , x3 ,..., xm)=0
F(x1 , x2 , x3 ,..., xn , x1 , x2 , x3 ,..., xm)=0 (1.9)
F(x1 , x2 , x3 , xn , x1 (n) , x2 (n) , x3 (n) ,..., xm (n) )=0
x1 , x2 , x3 ,..., xn – noma’lum kattaliklar;
x1 , x2 , x3 ,..., xm; x1 , x2 , x3 ,..., xm; x1 (n) , x2 (n) , x3 (n) ,..., xm (n) – o‘lchangan kattalik qiymati.
Birgalikda o‘lchashga misol: Rezistor qarshiligining temperaturaga bog‘liqligini aniqlash:
Rt =R0 (1+At+Bt2 ). (1.10)
3 ta turli temperaturada rezistor qarshiligi o‘lchanadi va uchta tenglamali sistema tuziladi, ulardan R, A va V bog‘lanish parametrlari topiladi.
R – 20°C dagi qarshilik:
A, V – temperatura koeffitsiyenti;
t – atrof-muhit temperaturasi.
O‘lchash prinsipini va vositasini belgilab beradigan usullar o‘lchash usuli deb ataladi. O‘lchashlarda quyidagi usullardan foydalaniladi:
l) bevosita, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri baholash usuli;
2) o‘lchov bilan taqqoslash usuli, u, o‘z navbatida, quyidagi usullarni o‘z ichiga oladi:
a) differensial (ayirmali) usul;
b) nol (kompensatsion) usul;
d) o‘rniga qo‘yish usuli;
e) moslashtirish usuli (mos keltirish).
Bevosita baholash usuli – bu usulda kattalikning qiymati o‘lchov asbobining sanoq qurilmasidan bevosita aniqlanadi.
Masalan, tok kuchi ampermetr bilan, kuchlanish voltmetr bilan o‘lchanadi, lekin aniqligi yuqori emas, ko‘rsatkichli asboblar shu usulga asosan qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |