Fanga kirish, uning rivojlanish tarixi. Elektr yuritmaning ishlab chiqarish korxonalaridagi o`rni


Elektr yuritmaning ishlab chiqarish korxonalaridagi o`rni



Download 53 Kb.
bet2/2
Sana28.02.2022
Hajmi53 Kb.
#475603
1   2
Bog'liq
1 - maruza

Elektr yuritmaning ishlab chiqarish korxonalaridagi o`rni.

Sanoatda katta quvvatga ega bo‘lgan qurilma va agregatlar keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Bu esa katta quvvatga ega bo‘lgan elektr yuritmalarning tezligini rostlashda sirpanish energiyasini tarmoqqa qaytaradigan tizimlarni ishlab chiqishni, ya’ni, asinxron ventil kaskadlarini qo‘llashni taqozo etadi. Bundan tashqari lift ko‘targich va shunga o‘xshash qurilmalarda bir necha xil tezlikni ta’minlovchi asinxron dvigatellar qo‘llaniladi.
Elektr yuritma texnologik mexanizmlarni ishchi organini harakatga keltirish uchun xizmat qiladi. Elektr yuritma deb elektr motor, uzatuvchi mexanizm va ishchi organdan iborat umumlashgan qurilmaga aytiladi. Avtomatlashgan elektr yuritma tarkibiga yana elektr energiya o’zgartkichi, datchiklar va elektr yuritmani boshqarish tizimi kiradi. Bundan tashqari elektr yuritma tarkibiga aniqlik va tezlikni oshiradigan qo’shimcha elementlar kiritilishi mumkin. Masalan EHM, raqamli datchiklar, muvofiqlashtiruvchi elementlar qo’llanilishi mumkin.
Sanoatimizda ishlatilaetgan elektr yuritmalar juda xilma-xil bulib odatda ular ma’lum bir me’zon asosida tasniflanadi. Biz ham elektr yuritmalarni o’rganayotganimizda ushbu tasniflardan foydalanamiz . Elektr yuritma murrakab elektromexanik tizim bo’lib odatda ular elektr yuritma elementlaridan tashkil topadi.

  1. Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarining klassifakatsiyasi

Elektr yuritma nazariyasida bu elementlar bajariladigan vazifasiga ko’ra tasniflanadi. Elektr yuritmalarni o’rganishda ko’pincha strukturaviy sxemalardan foydalaniladi. Bunda har bir element alohida to’rtburchak shaklida va kirish hamda chiqish signallari bilan beriladi. Undan tashqari har bir elementning boshqa elementlar bilan boshlanishlari ko’rsatiladi. Har bir element odatda strukturaviy sxemalarda uzatish funksiyalari bilan yoki uzatish koeffisientlari bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari elektr yuritmalarni ishlash prinsiplari funksional sxemalarda va prinsipial elektr sxemalarda ifodalanadi.
Funksional sxemalarda funsonal birlik sifatida alohida qurilma olinadi va ularni ishlash prinsipi bilan bog’lab beriladi. Prinsipial sxemalarda esa elektr yuritmaning kuch va boshqaruv zanjiridagi elektr bog’lanishlar bir chiziqli elektr sxemada beriladi. Elektr sxemadagi elementlar (kontaktlar, kommutasion apparatlar rele va h.k.) shartli belgilar orqali ko’rsatiladi.
Elektr yuritmalar dastlab motor turiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: asinxron elektr yuritma , o’zgarmas tok elektr yuritmasi, sinxron elektr yuritma , chiziqli elektr yuritma.
Ba’zi elektr yuritmalar texnologik mashina turiga qarab tasniflanadi. Masalan: vibroelektryuritma va shunga o’xshashlar.
Elektr yuritma harakatni uzatilishiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Transmissiyali, bunda harakat bir motordan bir necha ishchi mexanizmga uzatiladi.
2. Individual (yakka), bunda har bir ishchi organ alohida motorga (yuritmaga) ega bo’ladi.
3. O’zaro bog’langan (ko’p motorli), bunda elektr yuritma tizimi bir texnologik jarayonda yagona boshqarish tizimi orqali bir necha (o’nlab) motorlarni o’z ichiga oladi.
Harakat turiga qarab elektr yuritma a) aylanma, b) ilgarlanma bir yo’nalishli va reversiv, v) teskari-ilgarlanma bo’lishi mumkin. Bu harakatlar diskret yoki uzluksiz bo’lishi mumkin.
Elektr yuritma tezligi yoki holatini rostlash bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi:
a) roslanmaydigan, bunda motor bir o’zgarmas tezlikda ishlaydi;
b) rostlanadigan, bunda motor tezligi texnologik talab bo’yicha o’zgartirilib turiladi;
v) taqlidiy, bunda motor tezligi shablon harakati bilan bir xil o’zgarishi ta’minlanadi;
g) dasturli boshqariladigan, bunda motor tezligi raqamli qurilma orqali dastur bo’yicha boshqariladi;
d) adaptiv (o’zi moslanuvchan), bunda motor tezligi muhitning o’zgarishiga qarab avtomatik rostlanadi;
e) pozitsion (vaziyatni rostlovchi), bunda motor tezligi ishchi organining vaziyatini rostlashini ta’minlaydi.
Uzatish mexanizmining turiga qarab reduktorli va reduktorsiz elektr yuritmalarga bo’lnadi.
Elektr yuritmalar avtomatlashtirish darajasi bo’yicha quyidagi gruhlarga bo’linadi:

  1. Avtomatlashtirilmagan elktr yuritmalar, bunda elektr yuritma to’la dastaki boshqariladi. Hozirgi paytda bunday elektr yuritmalar kam uchraydi . Asosan kichik quvvatli sanoat yoki maishiy qurilmalar yuritmalari bunga misol bo’la oladi.

2. Avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar. Bunday elektr yuritmalarni chiqish parametrlari rostlanadigan bo’lib boshqaruv operatsiyalarini bir qismini elektr yuritma bir qismini esa inson tomonidan hosil qilinadi. Bu elektr yuritmalarda asosan avtomatik yurgizish, avtomatik tormozlash va tezlikni rostlash amalga oshiriladi.
3. Avtomatlashgan elektr yuritmalar . Bu elektr yuritmalarda boshqaruv signali inson ishtirokisiz hosil qilinadi va boshqariladi. Bunday elektr yuritmalar sanoat robotlari va manipulyatorlarda qo’llaniladi.
Tok turiga qarab elektr yuritmalar o’zgaruvchan va o’zgarmas tok elektr yuritmalariga bo’linadi.
Elektr energiya o’zgartkichi turiga qarab tiristorli va elektromashinaviy elektr yuritmalarga bo’linadi. Tiristorli elektr yuritmalar eng keng tarqalgan rostlanadigan elektr yuritmalar bo’lib uning asosan quyidagi turlari mavjud :

  1. Tiristorli o’zgartkich-o’zgarmas tok motori (TP-D ). Bunda tiristorli o’zgartkich o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka o’zgartirib chiqish kuchlanishini noldan nominalgacha o’zgartiradi.

  2. Tiristorli kuchlanish o’zgartkichi – asinxron motor (TPN-AD). Bunda tiristorli kuchlanish o’zgartkichi o’zgaruvchan tokni chiqish kuchlanishi o’zgaradigan o’zgaruvchan tokga aylantirib beradi. Tezligi rostlanadigan asinxron motorlarni ko’pchiligi ushbu elektr yuritma tizimida ishlaydi.

  3. Tiristorli chastota o’zgartkichi-asinxron motor (TPCh-AD). Bu o’zgartkich sanoat chastotadagi o’zgaruvchan tokni chiqish kuchlanishi va chastotasi o’zgaradigan o’zgaruvchan tokka aylantirib beradi. Bu usul eng zamonaviy takomillashgan usul bo’lib oxirgi paytda keng tarqagan elektr yuritma turidan biridir.

  4. O’zgarmas tok generatori-o’zgarmas tok motori (G-D). Bunda o’zgarmas tok generatori kuchlanishi uyg’otish tokini o’zgartirish orqali rostlanadi. Motor tezligi esa asosan yakor kuchlanishini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bu elektr yuritmalar yaqin o’tmishda rostlanadigan elektr yuritmalarni asosini tashkil yetar edi. Hozirgi paytda bu elektr yuritmalarni o’rniga chastotali boshqariladigan asinxron elektr yuritmalar keng qo’llanilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar?

  1. A.T. Imomnazarov “Neft va gaz konlarining elektr jihozlari” 3 va 37 betlar.

  2. N.M Aripov “Avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar 6 - 47 betgacha

  3. Москаленко В.В. «Автоматизированный электропривод » 6- 8 bet

Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish