Fandagi yangiliklar, fanni dolzarb muammolari



Download 0,79 Mb.
bet9/23
Sana04.03.2022
Hajmi0,79 Mb.
#482154
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
2 2 Majmua Matematika ta\'limining zamonaviy metodlarimasofa

Аniqlаshtirish mеtоdi
O‘rgаnilаyotgаn оb’еktdаgi nаrsаlаrning хоssаlаrini bir tоmоnlаmа хususiy hоldа fikrlаsh аniqlаshtirish dеyilаdi.
Klаssifikatsiyalаsh mеtоdi.
Jins tushunchаlаridаn tur tushunchаlаrigа o‘tish klаssifikatsiyalаsh dеyilаdi.
Klаssifikatsiyalаsh jаrаyonidа o‘quvchilаr (muhim yoki o‘хshаsh) bеlgigа аsоslаngаn hоldа, ulаrni bir sinfgа birlаshtirishgа hаrаkаt qilаdilаr, ya’ni ulаrni o‘хshаsh, umumiy vа fаrqli tоmоnlаrini qаrаb bir-biridаn аjrаtаdilаr, buning nаtijаsidа ulаr tushunchаlаrni klаssifikatsiya qilаdilаr.
Masalan Fe’l so‘z turkumini yakunlash jarayonida yoki mavzularni o‘tish jarayonida foydalanish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

  1. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Qarori

  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Ona tili va adabiyot sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ 4708- qarori

ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI

  1. http://www.uzedu.uz- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

portali,

  1. http://www.multimedia.uz (http:// www.eduportal.uz) -O‘zbekiston

Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Mulьtimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi sayti,

  1. http:// www.rtm.uz – Respublika ta’lim markazi sayti

  2. http://www.ziyonet.uz- O‘zbekiston Respublikasi jamoat ta’lim portali

3-MAVZU: ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI PISA,TIMSS XALQARO BAHOLASH DASTURIGA TAYYORLASH (4 soat amaliy)
Reja:

  1. PISA xalqaro baholash dasturi va uni ona tili va adabiyot darslarida qo‘llash

  2. Timss baholash dasturining fanga tadbiqi.

1961-yilda ish boshlagan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(OECD) o‘tgan davr mobaynida moliyaviy sohada yuzaga kelgan turli muammolarning yechimini topish ustida izlanishlar olib bormoqda. Ayniqsa, yangi asr ostonasida ushbu tashkilot negizida dunyo ta’limining asosiy bo‘g`ini bo‘lgan umumiy o‘rta ta`limni rivojlantirish maqsadida PISA(The Programme of International Student Assessment) – O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dastur ishlab chiqildi. Iqtisodiy tashkilotning ta’lim sohasiga murojaat etishining boisi, har qanday soha uchun kadrlar maktablarda, oddiy sinfxonalarda ulg`ayishidir. Shu ma`noda OECDdek ulkan tuzilma ham davlatlarning ta’limtizimiga qancha mablag` sarflayotgani va ular nechog`li samara berayotgani reytingini tuzishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik bu tadqiqotga boshqa davlatlarning ham qiziqishi ortib, unda qatnasha boshladi. Shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining 2030- yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg`or mamalakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta`limi tizimida ta’limsifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’limsifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.


O‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dastur (The Programme for International Student Assessment- PISA);
PISA Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi. PISA 2000- yildan buyon har uch yilda bir marta o‘tkazib kelinadi. Ta’limsifatini baholashga yo‘naltirilgan PISA kabi baholash dasturlari O‘zbekiston ta’limtizimi uchun ilk marta o‘tkazilayotganligi sababli ularni shaffof va obyektiv o‘tkazish soha xodimlari zimmasiga yuksak mas`uliyat yuklaydi. 2022- yil PISA tadqiqotida ilk bor ishirok etsak, o‘quvchilarimizni bu baholash dasturiga puxta tayyorlashimiz kerak, chunki bizning aksariyat o‘quvchilarimiz oddiy savollarga ko‘nikib qolishgan.
PISA topshiriqlari yetuk tajribaga ega bo‘lgan xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bunga o‘xshash topshiriqlarni ishlab chiqish uchun tizimli va maxsus bilim talab etiladi. PISA topshiriqlariga qo‘yiladigan talablarga rioya qilmasdan tuzilgan topshiriqlar o‘quvchilarga yordam berish o‘rniga ularni chalg`itib ham qo‘yishi mumkin. Shuning uchun PISA sinovlariga o‘quvchilarni tayyorlash jarayonida, asosiy e`tiborni alohida olingan PISA topshiriqlarini yechishga emas, balki ularni va ularga o‘xshagan topshiriqlarni yechish uchun kerak bo‘ladigan o‘quvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
PISA tadqiqoti quyidagi xususiyatlarga ega:
- u butun dunyoda keng qamrovli va muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan dastur;
- ta’lim sohasidagi yirik, keng ko‘lamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri;
- tadqiqotda umumiy o‘rta ta’limmuassasalarida ta’limolayotgan 15 yoshli (15 yosh 3 oydan 16 yosh 2 oygacha bo‘lgan) o‘quvchilar ishtirok etadilar;
- o‘quvchilarning “mustaqil hayotga tayyorlik” darajasi, ya`ni ularning maktabda egallagan bilim va ko‘nikmalaridan hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolarni hal etishda qay darajada foydalana olishlari baholanadi;
- o‘quvchilarning funksional savodxonligi, jumladan, o‘qish (matnni tushunish), tabiiy va matematik savodxonligi, shuningdek, ushbu yo‘nalishlardagi hayotiy muammolarni hal eta olish ko‘nikmalari baholanadi;
- tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta’lim tizimining o‘ziga xosligi bo‘yicha ma`lumot olish imkonini beradigan axborot to‘planadi.
Bundan tashqari, PISA – 15 yoshdagi o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha yagona xalqaro tadqiqot dasturi hisoblanadi. Tadqiqotning 15 yoshli o‘quvchilar orasida o‘tkazilishiga asosiy sabab, OECD ga a`zo bo‘lgan aksariyat davlatlarda ushbu yosh majburiy ta’limbosqichining yakuniy davri hisoblanadi. 2001-yilga PISA tadqiqotlarida “matematik savodxonlik” yo‘nalishi ustuvor etib belgilangan.
PISA tadqiqotida topshiriqlar savollarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda, o‘quvchilar tomonidan berilgan javoblarning to‘liqligiga qarab, “javob to‘liq qabul qilinadi”, “javob qisman qabul qilinadi”, “javob qabul qilinmaydi” mezonlari bo‘yicha baholanadi.Oʻquvchilarni baholash xalqaro PISA va boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini baholash boʻyicha xalqaro PIRLS dasturlari. Oʻzbekiston ilk bor ishtirok etayotgan ushbu xalqaro tadqiqotlar doirasida tajriba-sinov jarayonlari 2020-yilning aprel-may oylarida, asosiy tadqiqotlar esa 2021-yilning aprel-may oylarida oʻtkazilishi belgilangan edi. Biroq dunyo boʻylab keng tarqalgan koronavirus bilan bogʻliq pandemiya sharoitida rejalashtirilgan tadqiqotlar vaqtincha toʻxtatilgandi. 2021-yilga moʻljallangan asosiy tadqiqot esa 2022-yilning aprel-may oylarida oʻtkaziladi. – tadqiqotning 3 yillik davriyligini inobatga olgan holda, 2024-yilga moʻljallangan tadqiqotlar ham, oʻz navbatida, 2025-yilga koʻchirildi.
Maʼlumki, Prezidentimiz tomonidan yurtimizda ushbu tadqiqotlarga tayyorgarlik boʻyicha bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “PISA” (The Programme for International Student Assessment) Oʻquvchilarni baholash xalqaro dasturi reytingida Oʻzbekistonning 2021-yilda birinchi 70 talikka, 2025-yilda 60 talikka va 2030-yilga kelib esa, birinchi 30 ta ilgʻor mamlakatlar qatoriga kiritish koʻzda tutilgan.
TIMSS (Trends in International mathematics and science study) 4- va 8- sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash dasturi boʻlib, bu tadqiqot toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi.
TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy taʼlim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda,qoʻshimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha berilayotgan taʼlim mazmuni, oʻquv jarayoni, taʼlim muassasasining imkoniyatlari, oʻqituvchilar salohiyati, oʻquvchilarning oilalari bilan bogʻliq omillari oʻrganiladi. TIMSS dasturi oʻzining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan boʻlib, 2019-yilga qadar har toʻrt yilda 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda tashkil etib kelindi. Navbatdagi 8-davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Dasturda qatnashayotgan davlatlar soni ham tobora ortib bormoqda, buni 2015-yildagi TIMSS tadqiqotida 57 ta mamlakat qatnashgan boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich ortib, 60 dan ortiq davlatni tashkil etganida ham koʻrish mumkin. TIMSS 2015 tadqiqot natijalariga koʻra, AQSH, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning taʼlim tizimi eng yuqori koʻrsatkichlarni egallagan.
PISA 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholasa, PIRLS 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholaydi. TIMSS xalqaro baholash dasturi esa, 4 va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholaydi. PIRLS va TIMSSni bir-birini toʻldiruvchi dasturlar deb eʼtirof etish mumkin. PISA va TIMSS tadqiqotlarini, ularning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholashini inobatga olinsa, Respublikamizda matematika sohasini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarga ham hamnafas boʻladi deb aytish mumkin. Oʻzbekiston TIMSS va boshqa xalqaro tadqiqotlarda qatnashish orqali rivojlangan mamlakatlar tajribalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimida qoʻllash, oʻz natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega boʻladi. Tadqiqotda, Oʻzbekistonning 4 va 8-sinf oʻquvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan matematika va tabiiy fanlardan savodxonligi qay darajada yuqori? Matematika va tabiiy fanlar 4 va 8-sinf oʻquvchilari uchun qiziqarli fanmi? Oila tomonidan farzandlarga matematikani va tabiiy fanlarni oʻzlashtirishda qanday hissa qoʻshilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish jarayoni qanday tashkil etilgan? Oʻzbekiston matematika va tabiiy fanlar oʻqitish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan oʻziga xosligi bormi, agar bor boʻlsa u nimalarda namoyon boʻladi? Mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish boʻyicha oʻqituvchilar metodlari boshqa mamlakatlar oʻqituvchilari metodlaridan nimasi bilan farq qiladi? kabi asosiy masalalar oʻrganiladi va tadqiq etiladi. Tadqiqotning har toʻrt yillik davriyligida uzluksiz ravishda ishtirok etish global miqyosda mamlakatimiz taʼlim tizimining samaradorligini kuzatib borish imkonini beradi. Ushbu dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy baholash tizimini takomillashtirish, kompetensiyaviy baholash tizimini joriy qilish orqali taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi.


4-MAVZU:ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA AMALIY MASHG‘ULOTLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI. PISA XALQARO BAHOLASH DASTURIGA DOIR TOPSHIRIQLARNI TAYYORLASH METODIKASI(2 soat amaliy mashg‘ulot)
Reja:
1.Ona tili va adabiyot o‘qitishda o‘quvchi qobiliyatlar rivojlantirish muammosining tadqiq etilish ahvoli.
2. Gaplarni sintaktik va grammatik tahlil qilishga ijodiy yondashish usullari.
3. PISA dasturi doirasida amaliy mashg‘ulotlar qilish.

Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda o‘quvchi qobilyatini rivojlantirish uchun quyidagi me’todlar kerak bo‘ladi: 1. Evristik tа’lim mеtоdi.
"Evristikа" dеgаn so‘zning mа’nоsi sаvоl-jаvоbgа аsоsаn tоpаmаn dеmаkdir. Evristik mеtоd bilаn o‘qitish mаktаbdаrdа аsоsаn, XIX аsr bоshlаridаn bоshlаb qo‘llаnilа bоshlаndi. Аtоqli pеdаgоg-mаtеmаtik S.I.Shохоr-Trotskiy o‘zining "Gеоmеtriya nа zаdаchах" nоmli kitоbidа bundаy yozаdi: "Gеоmеtrik mаshg`ulоtlаr o‘quvchilаrgа qiziqаrli bo‘lishi uchun, bu mаshg`ulоtlаrdаgi hаr bir mаsаlа yoki tоpshiriq so‘zmа-so‘z quruq yodlаsh uchun emаs, bаlki ulаrning аqliy fаоliyatlаrini ishgа sоlаdigаn хаrаktеrdа bo‘lishi kеrаk. (Shохоr-Trotskiy S.I. "Gеоmеtriya nа zаdаchах" M., 1908 y. 14-bеt). Аmеrikаlik оlim D.Pоyа o‘zining "Kаk rеshаt zаdаchu" nоmli kitоbidа evristik tа’lim mеtоdini bundаy tushuntirаdi: "Evristikаning mаqsаdi - yangiliklаrgа оlib bоruvchi mеtоd vа qоidаlаrni izlаsh dеmаkdir".
Hamkorlikda ta’lim olish yondashuvlari
O‘tgan asrning 80-yillari ta’lim jarayoniga ko‘plab innovatsiyalarni kirib kelishiga asos bo‘lgan hamkorlikda ta’lim olish texnologiyasini amerikalik pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan. Ular bir qancha maktab namoyondalari ilg‘or tajribalarini umumlashtirib, tadqiq qilganlar.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish - demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Mazkur pedagogik texnologiya yangicha pedagogik tafakkur, taraqqiyparvar g‘oyalar manbai sifatida ko‘plab zamonaviy pedagogik texnologiyalar tarkibiga kiradi.
Hamkorlikda ta’lim olishning asosiy g‘oyasi faqat birgalikda biror ish bajarish emas, balki birgalikda o‘qishdan iborat.
Xamkorlikda ta’lim olish texnologiyasining tasnifiy tavsifi:
- qo‘llanish darajasiga ko‘ra-umumpedagogik;
- falsafiy asosiga ko‘ra-insonparvar;
- rivojlantirish omiliga ko‘ra-majmuaviy: bio-,sotsio-,psixogen;
- o‘zlashtirish asosiga ko‘ra-assotsiativ, reflektor, bosqichma-bosqich;
- mazmuniga ko‘ra-o‘rgatuvchi, tarbiyaviy, insonparvar, umumta’limiy, dunyoviy;
- boshqaruv turiga ko‘ra-kichik guruhlar sistemasi;
- tashkiliy shakliga ko‘ra-akademik, yakka, guruhda, tabaqalashtirilgan;
- bolaga yondashuviga ko‘ra-shaxsiy-insonparvar, sub’ekt-sub’ekt;
- boshqaruvchi metodga ko‘ra- muammoli-tadqiqiy, ijodiy, munozarali, o‘yinli;
- o‘rganuvchilar darajasiga ko‘ra-ommaviy;
- hamkorlik pedagogikasiga yo‘naltirilgan;
- talab pedagogikasidan munosabatlar pedagogikasiga o‘tish;
- ta’lim va tarbiya birligi.
Hamkorlikda ta’lim olish texnologiyasining asosiy g‘oyasi-o‘quvchilarni turli o‘quv vaziyatlarida hamkorlikda faol harakatlariga shart-sharoitlar yaratishdir. O‘quvchilarning o‘quv materiallarnin o‘zlashtirish imkoniyatlari turlicha: ayrimlari o‘qituvchining tushuntirishlarini tez ilg‘ab oladi, ayrimlariga qo‘shimcha vaqt va tushuntirish ishlari zarur. Bunday o‘quvchilar o‘quv mashg‘ulotlari davomida passiv bo‘ladilar. Agar o‘quvchilarni 4-5 nafardan kichik guruhlarga ajratib, ishtirokchilarining har biri vazifasi aniq ko‘rsatib o‘tilsa, bunday vaziyatda har bir o‘quvchi o‘ziga yuklatilgan vazifa hamda guruh vazifasiga mas’uliyat sezadi. Bunda past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ilg‘or o‘quvchilardan yordam so‘raydilar. Hamkorlikda kelib chiqadigan muammolar hal etiladi. Tajribadan ma’lumki, birgalikda o‘qish nafaqat qiziqarli va oson, balki samarali hamdir.
Hamkorlikda ta’lim olishning turli variantlari mavjud bo‘lib, ular uchun umumiy bo‘lgan tamoyillar quyidagilar:
- guruhlar o‘qituvchi tomonidan mashg‘ulotdan oldin o‘quvchilarning psixologik moslashuvchanligi e’tiborga olinib tashkil etiladi. Har bir guruhda “kuchli”, “o‘rtacha”, “kuchsiz” va albatta qizlar hamda o‘g‘il bolalardan iborat bo‘lishi kerak;
- guruhga bitta topshiriq beriladi va uning bajarilishida guruh a’zolarining har birining vazifasi o‘qituvchi yordamida aniqlanadi;
- har bir o‘quvchi bajargan ish emas, guruh ishi baholanadi;
- guruhning qaysi ishtirokchisi guruh topshirig‘i yuzasidan javob berishini o‘qituvchi aniqlaydi. Ayrim hollarda «kuchsiz» o‘quvchi tanlanishi ham mumkin, chunki har bir topshiriqning maqsadi uni bajarilishida emas, balki har bir o‘quvchi tomonidan uning o‘zlashtirilishida.
Hamkorlikda ta’lim olishning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan tashkil topgan:
- o‘quv-biluv masalasini qo‘yish (muammoli vaziyat);
- o‘quv maqsadlariga mos o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish;
- didaktik materiallarni tarqatish;
- guruhlardagi ishlarni rejalashtirish;
- topshiriqlarni individual bajarish, natijalarni muhokama qilish;
- guruhning umumiy topshirig‘ini muhokama qilish (eslatmalar, to‘ldirishlar, aniqlik kiritish);
- guruh ishining natijalari haqida ma’lumot berish;
- guruhlarning ishlari haqida umumiy xulosalar va qo‘yilgan maqsadga erishganlik.




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish