Bog'liq 2 2 Majmua Matematika ta\'limining zamonaviy metodlarimasofa
1-Mavzu: Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda zamonaviy metodlar va ularning tasnifi. (2 soat ma’ruza) Reja:
1. Ona tili va adabiyot fanining o‘qitishning ahamiyati
2. Zamonaviy metodlar va ularning fanda qo‘llash usullari.
Tayanch iboralar: Mamlakatimiz yoshlarining ma’naviyatini shakllantirish va qaror toptirishda, ularni kasbga yo‘naltirishda xalq ta’limi tizimining ahamiyati salmoqlidir. Shuning uchun umumta’lim fanlari mazmuni milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlarga raiw adsdoboy o‘tmish merosimizga asoslangan bo‘lishi, shuningdek, mustaqil va bozor iqtisodiyoti sharoitida yuzaga chiqqan davlat va milliy ehtiyojlarni qondirishga qaratilmog‘i lozim. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili va adabiyot fanining mazmuni va uni o‘qitishning umumiy maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga mos davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo‘lishi – yoshlarimizdan fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi. Bu esa mamlakatimiz ta’lim tizimiga ona tili va adabiyot fanlari o‘qitishning xalqaro standartlarni joriy etish orqali tahminlanadi.
Zamonaviy fan va texnika taraqqiyoti umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyot fanini o‘qitishga yangicha yondashuvni, o‘quvchilarning bu fandan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarining mazmuni va darajasiga yuqori talablarni qo‘ymoqda. Bugungi kunga kelib, o‘quv axborotlari hajmining haddan tashqari ko‘payib ketganligi o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularni “o‘qish va o‘rganishga o‘rgatish”ni talab qilayapti. Jadallik bilan o‘zgarib va rivojlanib borayotgan axborotlashgan jamiyatda faoliyat ko‘rsatish va yashash o‘quvchilardan nafaqat shunchaki tayyor bilimlarni o‘zlashtirishni, balki turfa ko‘rinishdagi ma’lumotlarni mustaqil izlab topish va qayta ishlashni hamda ulardan turli hayotiy vaziyatlarda samarali foydalanishni taqozo etmoqda.
Shuningdek, oxirgi paytlarda maktabda ona tili va adabiyot fani bo‘yicha o‘quvchilar o‘zlashtirishi nisbatan past bo‘lib kelmoqda. Shulardan kelib chiqib, ona tili va adabiyot fanini o‘qitishga ham zamonaviy talablar qo‘yilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini tahminlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida qabul qilindi.