4. Nimani o'rgangan bo'lsangiz boshqa bir insonga o'rgating
Teaching as a learning" (O'qitish orqali o'qimoq) bu juda ommabop bo'lib qolgan metodika hisoblanadi. Haligacha esimda bor maktabda o'qiyotgan paytimda matematika o'qituvchimiz menga mavzuga tayyorlanib kelib o'quvchilarga tushuntirib berishni aytar edi. Bu albatta mavzuni yaxshilab tushunishga olib boradi, negaki tushunish mumkin, lekin tushuntirish ozgina qiyin bo'ladi.Ayniqsa, so'zlar bilan. Agarda siz uni eplay olsangiz bu siz mavzuni yaxshi tushunganingizdan dalolatdir. Aristotelning gapi bilan aytganda "Men tushunaman, shuning uchun men o'qitaman"
Bu metodikaning ishlashining boshqa bir sababi shundaki, siz xabarni o'rganar ekansiz, tushuntirish uchun o'z tajribangiz va o'z so'zlaringizga tayanasiz. Institutimda bir narsani sezganmanki, imtixonlar yaqinlashgan sari qaysidir do'stimga mavzularni tushuntirib bersam, fan yuzasidan o'z mavzuim yanada mustahkamlashgan .
Do'stlaringiz bilan baham: |