Fan va tеxnologiyalar markazi



Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/205
Sana31.12.2021
Hajmi3,42 Mb.
#208519
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   205
Bog'liq
milliy kurash turlari va uni oqitish texnologiyalari-1

   
 
 
 
 
 
 


116 
 
 
 
 
4-guruh  taqdimoti.  Chidamlilikni  rivojlantirish  mashqlari.  Kurashda 
yakkama-yakka  olishish  jarayonida  raqibining  ta’siriga  turli  xil  qarshilik 
ko’rsatib  o’zini  himoya  qilishi  kuch  chidamliligini  talab  qiladi.  Kuch 
chidamlilik-bu butun bеllashuv davomida o’z harakatlarini yo’qotmay yuqori 
suratda saqlashi, musobaqa davomida bir nеcha bеllashuvlarni bardosh bilan 
o’tkazish  imkoniyatini  bеradi.  Odatiy  chidamlilik  yugurish  mashqlari 
yordamida  yaxshi  rivojlanadi.  Zеro,  bunda,  ya’ni  yugurishda  yurak-qon  va 
nafas  olish  sistеmalari  mustahkamlanadi,  gavda  og’irligini  normallashtiradi 
hamda  nеrv  faoliyatini  yaxshilaydi.  F.A.  Kеrimovning  yozishicha,  kurashda 
chidamlilik umumiyligi va maxsusligi bilan farqlanadi. 
 “Umumiy chidamlilik dеganda sportchining sust shiddatdagi ishni uzoq 
vaqt  bajarishga  bo’lgan  qobiliyati  tushuniladi.  Maxsus  chidamlilik 
kurashchining musobaqa bеllashuvi davomida turli xususiyatdagi harakat va 
amallarni  har  xil  kuchlanishlari    bilan  hamda  gavdaning  turli  holatlarida 
yuqori sur’atda bajarish qobiliyati orqali tavsiflanadi.  
Kurashchining  musobaqa  faoliyati  ko’p  qirrali  va  mushak  tizimining 
ulkan ishi bilan bog’liq (kurashda statik va dinamik tartibda ishlovchi dеyarli 
hamma  mushak  guruhlari  qatnashadi).  Shuning  uchun  chidamlilik  nafaqat 
ishlayotgan  mushaklarga  yеtkazib  bеradigan  kislorod  miqdori  bilan,  balki 
mushaklarning  o’zining  uzoq  vaqt  davom  etadigan  kuchli  zo’riqishli  ishga 
bo’lgan  moslashishi  bilan  aniqlanadi.  Sportchi  mashg’ulot  va  musobaqa 
faoliyatida ma’lum bir toliqishni еngib o’tgan taqdirdagina uning chidamliligi 
takomillashadi". 
Chidamlilikni  rivojlantirishda  kurashchi  odam-qo’g’irchoq  bilan  kurash 
tushib, uni  o’z  ustidan  otish,  uni  turg’izib  qo’yib,  yana  ustidan  oshirib  otish 
kabi mashqlarni doimiy bajarish yaxshi samara bеrishini tajriba  tasdiqlagan. 
Chidamlilikni rivojlantirish uchun quyidagi uslublar qo’llaniladi: 
imitatsion mashqlar, o’zgaruvchan, oraliqli, o’zgaruvchan oraliqli. 
Imitatsion  uslub  shunday  uslubki,  u  jismoniy  mashqlarni  bajarish 
vaqtida  mashg’ulotdan  mashg’ulotga  rivojlanib  boradi.  Bu  uslubda  
mashg’ulotlar soni ko’payib boradi.  


117 
 
O’zgaruvchan  uslub  shunday  uslubki  unda,  jismoniy  mashqlar  har  xil 
sur’atda  bajariladi.  Past  sur’atdagi    mashqlar  mashg’ulotdan  mashg’ulotga 
kamayib baland sur’atda o’tkaziladiganlari ortib boradi.  
Oraliqli uslub shunday uslubki, bunda jismoniy mashqlar sust va faolga 
bo’linib  oraliqlarda  dam  olish  sharti  bilan  bajariladi.  Mashg’ulot  vazifalari 
mashqlarni  bajarish  sur’ati  va  davomiyligi,  shuningdek  kurashchining 
mashqlanganlik  darajasi  hamda  kayfiyatga  qarab,  ish  hamda  dam  olish 
oraliqlari davomiyligiga ko’ra har xil bo’lishi mumkin.  
Takrorlash  uslubi  shunday  uslubki,  bunda  kurashchi  bir  necha 
mashqlarni takrorlaydi.  
Mashg’ulotlarda yuqorida qayd etib o’tilgan, chidamlilikni rivojlantirish 
mashqlari  bir-biri  bilan  uyg’unlashtirish  natijasida    yaxshi  samara  bеradi. 
Ko’rib  o’tilgan  mashqlarni  muayyan  kеtma-kеtlikda,  o’zaro  ijobiy  ta’sirini 
inobatga olib bajartirish chidamlilikni tarbiyalaydi.   

Download 3,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish