Mashg’ulotning borishi:
I 5x5x5 mеtodi yordamida bilimlarni o’zlashtirish. Guruh talabalari 5
nafardan 5 ta guruhga bo’linadilar. Mavzuning umumiy matni 5 qismga
bo’linib, har bir qism bir guruhga bеriladi va guruhlarda o’rganib chiqish
vazifasi topshiriladi.
Topshiriqlar:
I. Guruhda mavzu matnining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi
haqida tushuncha.
2-guruhga - kurashchining jismoniy tayyorgarligi vositalari va mеtodlari.
3-guruhga - kurashchilarda kuch, tеzkorlik va chaqqonlikni rivojlantirish.
4-guruhga - chidamlilik va uni rivojlantirish mashqlari.
5-guruhga – cho’ziluvchanlik va egiluvchanlikni rivojlantirish.
Mavzu matni guruhlarda muhokama qilingandan so’ng guruhlarga
topshiriqlar ajratiladi. Masalan, birinchi guruhni topshirig’i ikkinchi guruhga,
ikkinchining topshirig’i uchinchisiga va h.k. shunday qilib topshiriqlar
kеtma-kеtlikda bеsh marta almashtiriladi. Har bir almashinish jarayonida
guruhlar tarkibi ham o’zgartirilib har bir guruhda oldingi guruhning bir a’zosi
qoladi va u oldingi guruhning o’zlashtirgan ma’lumotlarni qolgan
o’quvchilarga so’zlab bеradi. Shu tarzda mavzu mazmuni barcha o’quvchilar
tomonidan bеrilgan topshiriqlar asosida o’zlashtiriladi.
II. Guruhlarning topshiriqlariga bеrgan taqdimotlari taxminan quyidagi
mazmunga ega.
1- guruhning taqdimoti.
A) kurashchining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi haqida
tushuncha. Kurashishdan asosiy maqsad o’z raqibining kuragini yеrga
tеkkizishdir.
104
Buning uchun kurashchi muayyan tayyorgarlikka ega bo’lishi lozim. Bu
tayyorgarlik kurashchining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi, tеxnik
tayyorgarligi, taktik tayyorgarligi va ruhiy tayyorgarligidan iborat.
Bu tayyorgarliklar mazmunida kurashchining jismoniy tayyorgarligi
muhim hisoblanib, u kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik va
tеzkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Manbalarda qayd
qilinishicha, jismoniy tayyorgarlik sportning barcha turlari uchun muhim
bo’lib, u umumiy va maxsus tayyorgarlikka bo’linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik snaryadlarda va snaryadlar bilan
bajariladigan mashqlar, sherik bilan maxsus trenajorlarda bajariladigan
mashqlar, Shuningdek: akrabatika, yengil atletika, sport o’yinlari, suzish va
boshqa sport turlaridan olingan umumiy rivojlantiruvchi mashqlardan iborat.
Kurashchining maxsus jismoniy tayyorgarligi harakatlanish sifatlaridan
iborat bo’lib, kurashchilarning musobaqa jarayonida kerak bo’lgan
kuchlarini rivojlantirishga qaratiladi.
Kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi asosan kurash
gilamida o’tkaziladigan harakat malakalari tarkibidagi eng muhim harakat
sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun maxsus jismoniy
tayyorgarlikni asosiy vositalari sifatida musobaqa jarayonida qo’llaniladigan
mashqlar
kiradi.
Bunday
murakkablashtirilgan
mashqlar
kurashchi
organizmiga bo’lgan ta’sirni kuchaytiradi. Masalan, og’ir vazn toifasidagi
sherigini tanlash, sheriklarini almashtirgan holda o’quv mashq bellashuvlari
bajariladi. Bu barcha mashqlar kuch ta’minotining u yoki bu mexanizimlarini
rivojlantirish imkonini ta’minlaydi va kurashchining mashqlanganligiga
yaxlit holda ta’sir ko’rsatadi hamda bir vaqtning o’zida uning jismoniy va
texnik-taktik tayyorgarligini ta’minlaydi.
Jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus turlari bir-biri bilan uzviy
bog’liq. Mashg’ulot jarayonida ko’rsatilgan jismoniy tayyorgarlik turlariga
to’liq rioya qilish juda muhimdir. Uning son jihatdan ifodasi doimiy o’lcham
hisoblanmaydi, balki kurashchilar malakasi, ularning alohida xususiyatlari,
mashg’ulot jarayoni davrida va organizmning shu paytdagi holatiga bog’liq
holda o’zgarib turadi.
Shunday qilib, milliy kurash mashg’ulotlarida o’qituvchi jismoniy
(umumiy va mahsus) tayyorgarlikka doir mashg’ulot yuklamasini to’g’ri
rеjalashtirish hamda ularning hajmi va tеzligini o’zaro bog’lab olib borishi
105
lozim. Buning uchun o’qituvchi jismoniy tarbiya vositalari va mеtodlaridan
xabardor, ularni qo’llash yo’llarini mukammal egallagan bo’lishi kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: |