Fan va tеxnologiyalar markazi



Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/205
Sana31.12.2021
Hajmi3,42 Mb.
#208519
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   205
Bog'liq
milliy kurash turlari va uni oqitish texnologiyalari-1

Mashg’ulotning borishi: 
I  5x5x5  mеtodi  yordamida  bilimlarni  o’zlashtirish.  Guruh  talabalari  5 
nafardan    5  ta  guruhga  bo’linadilar.  Mavzuning  umumiy  matni  5  qismga 
bo’linib,  har  bir  qism  bir  guruhga  bеriladi  va  guruhlarda  o’rganib  chiqish 
vazifasi  topshiriladi. 
Topshiriqlar: 
I.  Guruhda  mavzu  matnining    umumiy  va  maxsus  jismoniy  tayyorgarligi 
haqida tushuncha. 
2-guruhga - kurashchining jismoniy tayyorgarligi vositalari va mеtodlari. 
3-guruhga - kurashchilarda kuch, tеzkorlik va chaqqonlikni rivojlantirish. 
4-guruhga - chidamlilik va uni rivojlantirish mashqlari. 
5-guruhga – cho’ziluvchanlik va egiluvchanlikni rivojlantirish. 
      Mavzu  matni  guruhlarda  muhokama  qilingandan  so’ng  guruhlarga 
topshiriqlar ajratiladi. Masalan, birinchi guruhni topshirig’i ikkinchi guruhga, 
ikkinchining  topshirig’i  uchinchisiga  va  h.k.  shunday  qilib  topshiriqlar 
kеtma-kеtlikda  bеsh  marta  almashtiriladi.  Har  bir  almashinish  jarayonida 
guruhlar tarkibi ham o’zgartirilib har bir guruhda oldingi guruhning bir a’zosi 
qoladi  va  u  oldingi  guruhning  o’zlashtirgan  ma’lumotlarni  qolgan 
o’quvchilarga so’zlab bеradi. Shu tarzda mavzu mazmuni barcha o’quvchilar 
tomonidan bеrilgan topshiriqlar asosida o’zlashtiriladi. 
II.  Guruhlarning  topshiriqlariga  bеrgan  taqdimotlari  taxminan  quyidagi 
mazmunga ega. 
1- guruhning taqdimoti.  
A)  kurashchining  umumiy  va  maxsus  jismoniy  tayyorgarligi  haqida 
tushuncha.  Kurashishdan  asosiy  maqsad  o’z  raqibining  kuragini  yеrga 
tеkkizishdir. 


104 
 
    Buning  uchun  kurashchi  muayyan  tayyorgarlikka    ega  bo’lishi  lozim.  Bu 
tayyorgarlik kurashchining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi, tеxnik 
tayyorgarligi, taktik tayyorgarligi va  ruhiy tayyorgarligidan iborat. 
    Bu  tayyorgarliklar  mazmunida  kurashchining  jismoniy  tayyorgarligi 
muhim  hisoblanib,  u  kuch,  chidamlilik,  egiluvchanlik,  chaqqonlik  va 
tеzkorlikni  rivojlantirishga  qaratilgan  jarayon  hisoblanadi.  Manbalarda  qayd 
qilinishicha,  jismoniy  tayyorgarlik  sportning  barcha  turlari  uchun  muhim 
bo’lib, u umumiy va maxsus tayyorgarlikka bo’linadi. 
  Umumiy  jismoniy  tayyorgarlik  snaryadlarda  va  snaryadlar  bilan 
bajariladigan  mashqlar,  sherik  bilan  maxsus  trenajorlarda  bajariladigan 
mashqlar,  Shuningdek:  akrabatika,  yengil  atletika,  sport  o’yinlari,  suzish  va 
boshqa sport turlaridan olingan umumiy rivojlantiruvchi mashqlardan iborat.  
Kurashchining maxsus jismoniy tayyorgarligi harakatlanish sifatlaridan 
iborat  bo’lib,  kurashchilarning  musobaqa  jarayonida  kerak    bo’lgan 
kuchlarini  rivojlantirishga qaratiladi. 
Kurashchilarning  maxsus  jismoniy  tayyorgarligi  asosan  kurash 
gilamida  o’tkaziladigan  harakat  malakalari  tarkibidagi  eng  muhim  harakat 
sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun maxsus jismoniy 
tayyorgarlikni asosiy vositalari sifatida musobaqa jarayonida qo’llaniladigan 
mashqlar 
kiradi. 
Bunday 
murakkablashtirilgan 
mashqlar 
kurashchi 
organizmiga  bo’lgan  ta’sirni  kuchaytiradi.  Masalan,  og’ir  vazn  toifasidagi 
sherigini  tanlash,  sheriklarini  almashtirgan  holda  o’quv  mashq  bellashuvlari 
bajariladi. Bu barcha mashqlar kuch ta’minotining u yoki bu mexanizimlarini 
rivojlantirish  imkonini  ta’minlaydi  va  kurashchining  mashqlanganligiga 
yaxlit  holda  ta’sir  ko’rsatadi  hamda  bir  vaqtning  o’zida  uning  jismoniy  va 
texnik-taktik tayyorgarligini ta’minlaydi. 
Jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus turlari bir-biri bilan uzviy 
bog’liq.  Mashg’ulot  jarayonida  ko’rsatilgan  jismoniy  tayyorgarlik  turlariga 
to’liq rioya qilish juda muhimdir. Uning son jihatdan ifodasi doimiy o’lcham 
hisoblanmaydi,  balki  kurashchilar  malakasi,  ularning  alohida  xususiyatlari, 
mashg’ulot  jarayoni  davrida  va  organizmning  shu  paytdagi  holatiga  bog’liq 
holda o’zgarib turadi. 
Shunday  qilib,  milliy  kurash  mashg’ulotlarida  o’qituvchi  jismoniy 
(umumiy  va  mahsus)  tayyorgarlikka  doir  mashg’ulot  yuklamasini  to’g’ri 
rеjalashtirish  hamda  ularning  hajmi  va  tеzligini  o’zaro  bog’lab  olib  borishi 


105 
 
lozim.  Buning  uchun  o’qituvchi  jismoniy  tarbiya  vositalari  va  mеtodlaridan 
xabardor, ularni qo’llash yo’llarini mukammal egallagan bo’lishi kеrak.  

Download 3,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish