MA’RUZA №1
KIRISH
Reja:
1. Oziq-ovqat mahsulotlari kimyosining rivojlanish tarixi
2. Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning
istiqbolli yo‘nalishlari.
Tayanch iboralar: Ovqatlanish; nutrientlar; oziq-ovqat kimyosi;
Oziq-ovqat muammosi doimo kishilik jamiyati oldida turgan eng muhim
muammolardan biri bo‘lib kelgan.
Inson o‘zining yashashi uchun barcha narsalarni, kisloroddan tashqari,
ovqatdan oladi. U sutkasiga 800 g gacha (suvdan tashqari) oziq-ovqat mahsulotlari
va 2000 g ga yaqin suv iste’mol qiladi.
Hozirgi vaqtda kurrai-zaminimizda 7,5 mlrd. dan ortiq kishi yashamoqda.
Hozirgi paytning o‘zida 6 mln. tonnadan ortiq ovqat iste’mol qilinmoqda, aholi
soni ortishi bilan, tabiiyki, ovqatga bo‘lgan talab ham ortib boradi. Insoniyat oziq-
ovqat mahsulotlarning, ayniqsa, oqsil mahsulotlari tanqisligini boshdan kechirib
kelmoqda. Biroq ovqat iste’mol qilishni o‘sishining o‘zi ovqatlanish bilan bog‘liq
bo‘lgan barcha muammolarni hal qila olmaydi. U ratsional bo‘lishi, ovqatlanish
to‘g‘risidagi fanning asosiy qoidalariga mos kelishi, fanning talablarini oziq-ovqat
sanoati rivojlanishining strategiyasini ishlab chiqishda inobatga olinishi kerak.
Ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil qilish oziq-ovqat xom ashyolarining va tayyor
mahsulotlarining kimyoviy tarkibi, ularning olinish usullari to‘g‘risida tasavvurga
ega bo‘lishni, mahsulotlarni olish va pishirish paytida sodir bo‘ladigan
jarayonlarni, hamda ovqatni xazm qilish trakti to‘g‘risida ma’lumotga ega
bo‘lishni talab qiladi.
Yildan-yilga biz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ko‘proq
energiya sarflaymiz, buning ustiga, ovqatda yig‘iladigan energiya, uni ishlab
chiqarishda sarflanadigan energiyaga nisbatan ancha sekinlik bilan o‘sadi.
Boshqacha qilib aytganda, oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayoni energiyani ko‘proq
talab qiladigan bo‘lib bormoqda, uning foydalanish koeffitsenti esa - pasayib
bormoqda (1920 yilda 1 kall ovqatga 1 kall energiya sarflangan bo‘lsa, 2009 yilga
kelib esa - 1 kall ovqatga 11 kkal energiya sarflanmoqda).
Bunga, aholining tinimsiz o‘sishi bilan birga, fan va texnikaning
yutuqlariga qaramasdan, oziq-ovqat resurslarining, ayniqsa oqsilning kamyobligi
sabab bo‘lmoqda. Bu muammoni qanday echsa bo‘ladi, degan savol tug‘iladi.
Bir qator mamlakatlarda, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning katta istiqbollari mavjud. Biroq,
ilg‘or mamlakatlarda qishloq xo‘jaligini ekstensiv rivojlanishi (maydonlarni
kengaytirish, hayvonlar sonini oshirish) o‘zining chegarasiga etmoqda. SHunday
ekan, mahsulot miqdorini oshirishning boshqa yo‘llarini izlash kerak. Ular
to‘g‘risida gapirish uchun oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va iste’mol
qilish foydali ish koeffitsentining favqulodda past bo‘lish sabablarini aniqlashimiz
kerak. Bunga asosiy sabab ikkita:
1) ozuqa zanjirlaridagi yo‘qotishlar;
2)oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va saqlash paytidagi yo‘qotishlar.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va iste’mol qilishning foydali ish
koeffitsienti past bo‘lish sabablarini aniqlagandan keyin, ularni bartaraf etish
choralarini topish mumkin:
1) Yo‘qotishni kamaytirish va qayta ishlash samaradorligini oshirish, bu
ozuqa miqdorini ikki karra oshishiga olib keladi. Bunga saqlash bo‘yicha tashkiliy
choralar kiradi: konservalash va saqlash uslublarini takomillashtrish; sof ozuqaviy
moddalarni ajratib olish va saqlash prinsipi (sof ozuqaviy moddalar, masalan, moy,
shakar, monomahsulot bo‘lib, juda barqarordir), yo‘qotilayotgan (kartoshka
oqsili, sut oboroti) va foydalanilmaydigan (masalan, sellyuloza) mahsulotlarni
qo‘llash. Ko‘p uchraydigan sellyulozani glyukozaga aylantirish uchun uni
parchalash, gidrolizlash kerak. Buni amalga oshirish mumkin, va bu isbotlangan.
Bunda juda ham shirin bo‘lmagan D-glyukoza olinadi. Bu jarayonni yana ham
davom ettirish mumkin, ya’ni D-glyukozadan invert qand olish mumkin. Invert
glyukoza va fruktoza aralashmasi bo‘lib, ta’mi bo‘yicha odatdagi shakardan
shirin bo‘lishi mumkin. Selyulozadan inver qand olish hali tajribada ishlab chiqish
bosqichida turibdi, lekin invert qandni makkajo‘xori kraxmalidan olish Amerikada
o‘zlashtirilgan va u sanoat miqyosida ishlab chiqarilmoqda.
2) Ozuqa zanjirining ayrim zvenolarini olib tashlash, bu ovqat miqdorini
o‘n karra oshiradi:
a)O‘simliklarni bevosita ishlatish, ozuqa zanjiridan hayvon zvenosini olib
tashlash. Oqsilni nafaqat mevalar va donlardan, balki o‘tlar va barglardan olsa
bo‘ladi. To‘g‘ri, insonning ovqatlanishda o‘tlarni qo‘llash hali tajriba bosqichida
turibdi. Amalda esa faqatgina o‘simlik oqsillarini etishmaydigan komponentlar
hisobidan balanslash borasida ishlar olib borilmoqda. Gap shundaki, o‘simliklar
tarkibi bo‘yicha balanslashmagan. Ularda juda ko‘p uglevodlar bo‘lib, oqsil
miqdori juda oz, shu sababli ularning ozuqaviy qimmati past, buni faqat, o‘simlik
oqsillarini boshqa moddalar hisobidan balanslash orqali bartaraf etish mumkin.
b)O‘simliklarni umuman chiqarib tashlash, oziq–ovqat mahsulotlarini
mikrobiologik yo‘llar bilan olish. Masalan, nonvoylik achitqilaridan foydalanish.
Nonvoylik achitqilarini uglevodlarni bijg‘itadi, bunda karbonat angidrid gazi va
kislotalar ajraladi. Tarkibi nuqtai nazardan qaraganda, achitqilar - ozuqaviy
mahsulot. Achitqi hujayrasining tarkibi (quruq vazn hisobida) quyidagicha (%):
oqsil – 35–50, yog‘lar – 5–20,
uglevodlar – 20–40, nuklein kislotalar - 10–20
ko‘pgina vitaminlar.
Achitqilar kerakli nisbatdagi tarkibga ega emas. Bundan tashqari ularda
nuklein kislotalar miqdori ko‘p. Nukleidlar miqdori 2% dan yuqori ovqat inson
uchun zararlidir. Achitqilardan inson ozuqasi sifatida foydalanish - kelajakdagi
vazifadir. Biroq u hozir ham ozuqa miqyosida keng qo‘llanilmoqda. (Masalan,
OVK- oqsilli vitaminlashtirilgan konsentratlar).
3) Ozuqaviy moddalarni sintez qilish (ular bor yo‘g‘i 100 taga yaqin,
ulardan 45 tasi almashtirib bo‘lmaydigan) ovqat miqdorini 100 karra oshiradi.
Ta’mni, rangni, hidni ta’minlovchi 30-40 ta qo‘shimcha moddalarni ham sintez
qilsa bo‘ladi.
YUqorida qisqacha ta’riflangan barcha bu masalalarni kimyoviy bilimlarsiz
hal etib bo‘lmaydi. Buning ustiga, organik, umumiy, fizikaviy kimyo, biokimyo
fanlarida beriladigan umumkimyoviy bilimlar, hamda yana ham mutaxassis fan
hisoblanuvchi oziq-ovqat mahsulotlari kimyosi kerak. Bu fan o‘z vazifasi sifatida
quyidagilarni qamrab oladi:
- oziq-ovqat mahsulotlarini hosil bo‘lish davridagi kimyoviy o‘zgarishlarni
tadqiq qilish. Bunda ham tabiiy jarayonlar (masalan, donlarni, sabzavotlarni,
mevalarni etilishi), ham texnologik va pazandalikka oid ishlov berish paytidagi
jarayonlar tushiniladi;
- oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash paytida sodir bo‘ladigan kimyoviy
o‘zgarishlarni tadqiq qilish. Masalaning aynan shu tomoni mutaxassisligimizga
yaqin;
- organizmda moddalar almashinuvi va ozuqaviy moddalarning so‘rilishi
paytida sodir bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarishlarni tadqiq qilish.
Bu bilimlar quyidagilarga olib keladi:
1.Optimal texnologiyalar qayta ishlab va yangi sifatli texnologiyalarni
yaratish. Masalan, mikroorganizmlar yordamida ozuqaviy kislotalar (limon, sut
kislotalari) va aminokislotalarni (lizin, triptafan) ishlab chiqarish.
2.Mahsulotlarni saqlash, ularga ikkilamchi ishlov berish masalalarini hal
etish. Masalan, donni o‘z-o‘zidan qizishi (nafas olish) uning sifatini
yomonlashuviga olib keladi. Bu fermentativ, kimyoviy jarayon, sharoitlar ta’sirini
o‘rganish bu jarayonni minimal bo‘lishiga keltiradi. Boshqa bir misol, kartoshkani
o‘sishi. SHu aniqlandiki, nurlantirish o‘sish nuqtasida nuklein kislotalar sintezini
to‘xtatadi, va kartoshkani saqlash mumkin.
3. Mahsulotlarni afzalliklarini, foydaligini va qo‘llash usulini baholash.
Masalan, Ukrainada etishtirilgan "Zarya" navli bug‘doy serhosil, undan olingan
un esa yomon, chunki bu bug‘doy donida yuqori faollikka ega bo‘lgan proteolitik
fermentlar saqlanadi, oqsil-proteinaza kompleksi optimalga mos kelmaydi.
Oziq ovqat mahsulotlarining turlari juda ko‘p. Agar ularni turli
kombinatsiyalarini inobatga olsak, u holda mahsulotlar turi son-sanoqsiz bo‘ladi.
Mikroorganizmlar yordamida bijg‘itish avvaldan ham turmushda muhim
rol o‘ynagan. U haligacha biotexnologik jarayonlarning muhim qismini tashkil
qiladi. Bakteriyalar, achitqilar, mog‘or zamburug‘lari, suvda o‘sadigan
ko‘katlardan foydalanib maxsus moddalar ishlab chiqarilmoqda.
Mikrobiologlar va entimologlarning faoliyati hisoblangan biotexnologiya
yaqinda virusologiyaning, bakteriologiiyaning, molekulyar genetikaning oxirgi
yutuqlari va ayniqsa dezoksiribonuklein kislotaning (DNK) modifikatsiya
usullarining yaratilishi va uni bir organizmdan bosho‘asiga ko‘chirish tufayli
kuchli turtki oldi.
Sanoat
va
amaliy
mikrobiologiyani
o‘zida
mujassamlashtirgan
biotexnologiya biokimyo, mikrobiologiya, genetika va kimyoviy texnologiyaga
oid bilimlar va usullarni qo‘llashga asoslanadi. Bu sanoatdagi jarayonlarda
mikroorganizmlar va xujayralarni etishtirish xossalaridan foydalanish imkon
yaratadi.
Fanning bu tarmoqlarini rivojlanishi va ularni batafsil tekshirish
(detallashtirish) hayotiy jarayonlarni o‘rganishga qarab kuchli intilish bilan
chambarchas bog‘liqdir; o‘z navbatida xujayra va molekulalarda boradigan hayotiy
hodisalarni fundamental tekshirish natijalari texnologik yangiliklarning paydo
bo‘lishi bilan chambarchas bog‘langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |