Kirish
Fan va texnika yutuqlari asosida yuqori sifatli mahsulotlar olish va buning
uchun
kurashish
dolzarb
vazifalardan
biri.
Buni
amalga
oshirishda
avtomatlashtirish va xom-ashyoni kompleks qo‘llashni roli kattadir. Bunda
texnologik intizom, texnik darajani mahsulot sifatiga ta’siri kattadir.
YUqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun korxonalarda turli jihoz va
o‘lchov asboblarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Texnologik jarayonlarni to‘g‘ri olib borish va yuqori sifatli mahsulot olishda
Kimyoviy va ozik-ovkat maxsulotlarining kimyoviy texnik taxlili fanini roli
kattadir. Nazorat vazifasiga normativ-texnik hujjat talablariga javob bermaydigan
mahsulotlar ishlab chiqarish, texnologik jarayonlar buzilishini oldini olish va tahlil
jihozlarini sanitariya-gigiena holati kiradi.
Texnik-kimyoviy nazoratning 1- bosqichiga xom-ashyo sifatini tekshirish
kiradi. Bu nazoratni qabul punktlari, go‘sht kombinati va baliq xo‘jaliklaridan
boshlash zarur. Dastlabki nazoratga qo‘shimcha mahsulotlar shakar, tuz, yog‘,
idishlar ham kiradi.
Nazorat sexlardagi barcha ishlab chiqarish jarayonlarini egallashi kerak.
Nazoratning asosiy vazifalariga xom-ashyoni dastlabki ishlovi, yuvish, qirqish,
tozalash, blanshirovka, tuzlash, qovurish, sirop, sous, qaylalarni tayyorlash kiradi.
SHuningdek nazoratga idishga qabul qilish va tayyorlash, qadoqlash, yopish,
sterilizatsiyalash kiradi.
Zavodlardagi laboratoriyalarda konserva mahsulotlarda texnologik va
bakteriologik tekshiruvni o‘tkaziladi.
Ushbu fanni vazifasi zavodlar va korxonalarda texnologik jarayonlarni
to‘g‘ri olib borishni va korxonada xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni tahlil qilish
laboratoriyalarini tashkil etib, tayyor mahsulot sifatni nazorat qilish, hamda yuqori
sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’min etishdir.
Ozik-ovkatmaxsulotlarini taxlil etishda va kimyoviy texniktaxlilisida kuyidagi
asosiy tamoyillarga yondashiladi:
Haqqoniy (to‘g‘ri) baholash tamoyili deganda ekspert baholashni o‘tkazish
jarayonida suyu’ekt tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni iloji
boricha kamaytirish, xatolikka yo‘l qo‘ymaslikdan iboratdir. Bu tamoyilga amal
qilish oson kechmaydi, chunki ekspert baholashda ishtirok etuvchilarning har bir
individual ko‘rsatkichlarga egadir.
Hech kimga bo‘ysunmaslik tamoyili ekspert natijalarining haqqoniyligini
ta’minlashning birdan-bir shartidir. Bu tamoyilning asosiy ma’nosi shundan
iboratki, ekspertning kimyoviy texniktaxlili natijasi bilan qiziqadigan har qanday
odamga bog‘liqlik joyi bo‘lmasligi kerak. Ekspert natijasi bilan qiziqadigan
tomonlar esa ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va tovarni iste’mol qiluvchilar ham
bo‘lishi mumkin.
Layoqatlilik (kompetentnost) tamoyili ekspertning tovarshunoslik sohasidagi
maxsus bilimga va tovar bilan ishlash tajribasiga ega ekanligi bilan tushuntiriladi.
Tovar kimyoviy texniktaxlilisini o‘tkazish uchun birinchi navbatda tovarning fizik,
kimyoviy, fizik-kimyoviy xususiyatlarini va ularga ta’sir qilish omillarini yaxshi
bilish talab etiladi. Bundan tashqari ekspert tovar ishlab chiqarish texnologiyasi,
tovar xarakatini tashkil etish, tijorat faoliyati hujjatlarini yuritish, narx siyosati,
marketing, menejment kabi maxsus fanlardan ham etarli darajada bilimlarga ega
bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. SHu sababli ham mana shu fanlarni
o‘qitish «kimyoviy texniktaxlili» sohasida ta’lim oluvchi talabalarning o‘quv
rejasiga albatta kiritiladi.
Ekspertlar ham boshqa mutaxassislar singari o‘z malakaviy bilimlarini
yangilab va chuqurlashtirib borishlari kerak. Buning uchun ular ilmiy, o‘quv
adabiyotlarini o‘rganib, mustaqil ravishda doimiy malakalarini oshirib borishlari
talab etiladi.
Sistemali yondashuv ekspert uchun istalgan ekspert baholashda zarurdir.
Buning mohiyati kimyoviy texniktaxlili uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni
ma’lum guruhlarga, sistemalarga kiritishdan iboratdir. Masalan, tovarlarni
kimyoviy texniktaxlili qilishda ularni ma’lum guruhlarga kiritish katta ahamiyat
kasb etadi. Ularni bunday guruhlarga kiritish ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak.
Lekin, bu sohada hozirgacha ma’lum kamchiliklar mavjud.
Samaradorlik tamoyili shundan iboratki, tovar kimyoviy texniktaxlilisining
so‘nggi natijasi tovarlardan ratsional foydalanish, tovarlarning siljishini to‘g‘ri
tashkil etish, xom ashyo, material, elektroenergiyalarni tejash, shuningdek material
va tovar chiqimlarini kamaytirishni ta’minlashi zarur.
Masalan, yangi tovarlarni ekspert baholashda albatta xom ashyolar sarfiga
katta e’tibor beriladi. SHundan so‘ngragina yangi tovarni katta miqdorda yoki
kichik hajmda ishlab chiqarish haqida qaror qabul qilinadi.
Tovarning va xizmatlarning xavfsizligi tovar kimyoviy texniktaxlilisining
asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Xavfsizlik deganda tovarning kishi
organizmiga keltiradigan zarari xalqaro tashkilotlar tavsiyalaridan oshmasligi
kerak (MS ISO 8402, 2.8 bandi). Tovar kimyoviy texniktaxlilisining o‘tkazishda
ekspertlar tovarlar va xizmatlar kishilarning hayoti, sog‘lig‘i va atrof-muhitga
qanchalar zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini hisobga olishi zarur.
Zavodlarda laboratoriyalarni maxsus xonalarda jihozlaib, kirish
alohida eshik orqali bo‘lib, xizmat ko‘rsatish sexlariga yaqin bo‘lganligi maqsadga
muvofiq. laboratoriya inshootlari vibratsiya bo‘lmasligi kerak. CHunki bunda
o‘lchov asboblari yaxshi ishlaydi.
Barcha tekshiruv ishlarini kompleks bajarish uchun laboratoriyada bir necha
xonalar bo‘lishi kerak: analitik laboratoriya mikrobiologik bo‘lim, kimyoviy tahlil
bo‘limi, fizik-kimyoviy tahlil laboratoriyasi, degustatsiya xonasi, namunalarni
degustatsiyaga tayyorlash, tortish, gaz bilan ishlar bajarish xonasi, pestitsid
laboratoriyasi, yuvish, ombor, mudiri va gigiena xonalari bo‘lishi kerak.
Laboratoriya ishini normal tashkil etish uchun issiq va sovuq suv, gaz,
elektroenergiya bo‘lishi kerak. Xonalarda ventilyatorlar bo‘lishi kerak.
Laboratoriya xonalarini harorati 18-20
0
S bo‘lishi kerak. Xonalarda nisbiy namlik
va haroratni ushlab turish uchun konditsionerlar yoki markaziy holda xonalar
havosini konditsionerlash imkoniyati bo‘lishi kerak.
Laboratoriya maydoni 180 m
2
gacha bo‘ladi.
Laboratoriyada quyidagilar bo‘lishi kerak:
- qizdirish, bug‘latish, haydash va quritish jihozlari;
- yuqori temperaturada jarayonlarni olib borish uchun jihozlar;
- maydalash, ezish, aralashtirish uchun jihozlar;
- modda va materialarni sovutish qurilmasi;
- gaz olish va qo‘llash uchun jihozlar;
- distillyatorlar;
- elektr toki manbalari va ularni o‘zgartiruvchilar;
- yorug‘lik manbalari va optik qurilmalar;
Laboratoriyada qo‘llanadigan reaktivlar quyidagicha kvalifikatsiyalanadi:
4. chistaya –98% asosiy mahsuloti bo‘lgan CH.D.A., X.CH. – 1,10
-3
- 1,10
-5
% chegarada qo‘shimchasi bo‘lgan va 0,1% uchmaydigan qoldig‘i bor.
Laboratoriya idishlaridan (XS) – kimyoviy chidamli 3-klassdagi termik va
kimyoviy (TXS) chidamli bo‘ladi va TS (termik chidamlik) bo‘ladi.
Laboratoriyada ishlayotganda texnika xavfsizligi qoidalariga to‘la amal
qilish zarur.
Barcha ishlarni shkaflarda bajarish zarur. Kislota, ishqor, kabi kimyoviy
moddalarni qo‘l bilan ushlamaslik kerak.