Nazorat savollari:
1. Beruniyning falsafa sohasida qilgan ishlarining nazariy ahamiyati?
2. “Osor- ul boqiya” asarining ahamiyati?
3. Ibn Sino va Aristotellarning falsafiy qarashlari?
2-savol bayoni:
Markaziy Osiyoda madaniy markaz faqat Buxoroda emas, Xorazmda ham bo’lgan. Buyuk alloma Beruniy arablar istilosi hususida fikr bildirib “Xorazmni arablar o’ta zolimlik bilan bosib olgach, kitoblarni kuydirdilar, natijada xorazmliklar savodsiz bo’lib qoldilar va kerak narsalarni xotirada saqladilar”, deb ta’kidlaydi. Xorazmda ilm-fanning jadallik bilan rivojlanishi natijasida hududda bir qancha dunyoga dong’i ketgan olimlar etishib chikdi. Shulardan biri Muhammad Muso Xorazmiydir. Olim qadimiy Xorazmda an’anaviy tusga kirgan matematika, astronomiya va jug’rofiya bilan mukammal shug’ullandi, ushbu fanlarni o’rta asrga olib kirdi va yangi davr ilmi poydevorini yaratdi. U juda ko’plab asarlar yaratdi. Algoritm so’zining kelib chiqishi ham al-Xorazmiy nomi bilan bog’liq. Olimning arifmetika va algebraga oid asarlari matematika tarixining yangi sahifasini ochdi. Xorazmiy astronomiya sohasida ham buyuk xizmatini qo’shib, o’z "Zij"ini yaratdi. Xorazmiyning shogirdlari uning ishini davom ettirganlar.
IX-X asrlarda Buxoro Markaziy Osiyoning siyosiy va madaniy markaziga aylangan, shaharda juda ko’plab maktab, kutubxona, madrasalar, masjidlar tashkil etilgan, binolar, saroylar, istehkomlar qurilgan edi. Ushbu davrda Buxoroda fors tili shunchalik rivoj etadiki, bu til haligacha adabiy fors tili sifatida qo’llanilmokda.
3- savol bayoni:
Muso Xorazmiyning "Ziji al-Xorazmiy", "Al kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va-l muqobila" va "Al-jam va tafrik bi-hisob al-hind" asarlari XP asrdayoq chet el olimlari tomonidan o’rganilib, lotin tiliga tarjima qilingan. Ular uch asrdan so’ng Ovrupoda astronomiya, matematika, jug’rofiya, meditsina fanlarini tarqalishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Olimning asarlari Evropada keng tarqalgan bo’lib, darslik sifatida foydalangan. Rim papasi Silvestr II buyrug’i bilan Xorazmiy raqamlari Ovrupada joriy qilindi, ammo uning keng tarqalishi XIII asrga taalluqlidir.
Ovrupaliklar ilk bor tanishgan olimlardan yana biri al-Farg’oniydir. Uni dunyoga tanitgan asari "Astronomiya negizlari" asaridir. Farg’oniy ilmi nujumga oid bilimlarni tartibga soldi, o’zining Ma’mun observatoriyasida olib borgan kuzatishlarining natijalari bilan boyitib bordi. Farg’oniy hayoti va ijodi haligicha ilmiy tadqiq etilmay kelinmoqda edi. Ammo mustaqillikdan keyin bu holatga chek qo’yildi.1
Ijtimoiy fanlar taraqqiyotini belgilab bergan olimlardan biri Abu Nasr Farobiy edi. Professor B.D.Petrovning yozishicha: “Evropani Aristotel ta’limoti bilan tanishtirish xizmati Farobiyga taalluqli” deb ta’kidlaydi. Farobiy ulkan boy meros qoldirgan. Forobiy asarlarida falsafa fanining asosiy tamoyillari, bilish nazariyasi, mantiq, psixologiya, tabiat va insonlarning o’zaro munosabatlari masalalari o’z echimini topgan. Uning asarlari Ovrupada mashhur bo’lgan. Farobiy "al-muallim al-soniy" deb nomlangan edi.
Falsafada Forobiy asos solgan yo’nalishni deyarli to’liq qabul qilgan, davom ettirgan va takomillashtirgan olim Ibn Sinodir. Sharqda olim ko’pincha "shayx" yoki "shayx ur-rais" unvoni bilan e’zozlanadi. Ibn Sino insoniyat madaniyati, dunyo fani xazinasiga beqiyos katta hissa qo’shgan, o’sha davrning ilmlarining deyarli hamma sohalari bilan shug’ullangan qomusiy olimdir. Unga jahon miqyosida shuhrat keltirgan asari "Al-Qonun fit- tib" dir. Ibn Sinoning "Qonun"i shuhrati jahonda tez tarqaldi. U Evropaning hamma universitetlarida to XVIII asrgacha tibbiyot bo’yicha asosiy qo’llanma sifatida xizmat qilib kelgan. Uning musiqa haqidagi ta’limoti Evropa musiqa fanining poydevorini tashkil etdi. Ibn Sino o’rta asrlarda Gippokrat va Gelen bilan bir qatorda eng buyuk shifokor deb hisoblanadi.
Abu Rayhon Beruniy butun umrini ilm-fanga sarfladi. Fanning turli sohalarini yuqori darajaga ko’tardi. Olimning astronomiyadagi ulkan xizmatlari joylarning jug’rofiy uzunligi, kengligini aniqlash usullari, astronomiya o’lchovlarni aniqlashni ishlab chiqish, geliotsentrizm g’oyasini tadqiq qilish kabilardir. Geodeziya muammolarini hal etishda katta ishlar qildi. Erdagi turli masofa va azimutni aniqlash usulini ishlab chiqdi, er hajmini o’lchadi.
Matematikada sinus va tangenslar jadvalini ishlab chiqdi. Jo’g’rof olim sifatida dunyoda birinchi bo’lib er tasviri, ya’ni globusni yaratdi. Bulardan tashqari geologiya, minerologiya sohalarida birinchi bo’lib mineral va ma’danlar og’irligi, ularni aniqlash metodlarini ishlab chikdi, formakogeneziya sohasida katta ishlar qildi. Bir qancha mashhur asarlar yaratdi. She’riyat haqida tadkikotlar yaratdi. Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining qadimiy davrda va o’rta asrlar tarixini ilmiy jihatdan ishlab ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |