Fan va texnika taraqqiyoti sharoitida inson xo`jalik faoliyati natijasida keskin o`zgarayotgan tabiiy boyliklarga ongli munosabatda bo`lish muhim ahamiyat kasb etadi



Download 17,5 Kb.
bet1/3
Sana20.04.2022
Hajmi17,5 Kb.
#565224
  1   2   3
Bog'liq
CHOTQOL DAVLAT BIOSFERA QO


Hayvonlarni muhofaza qilish, ularning tabiatdagi muvozanatini saqlab qolish, kamayib ketgan hayvonlar sonini qayta tiklash uchun asosan ovchilik va baliq ovlashni tartibga solish, qo`riqxona va buyurtma (zakaznik)larni tashkil etish lozim. Hayvonlar yashaydigan joylarning ekologik holati yaxshilanadi. Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishida erlardan foydalanganda hayvonlar uchun o`tlaydigan maydonlar qoldiriladi, ularni iqlimlashtirishga e`tibor beriladi, zaharli preparatlar ta`siridan himoya qilinadi va shunga o`xshash tadbirlar amalga oshiriladi.


Fan va texnika taraqqiyoti sharoitida inson xo`jalik faoliyati natijasida keskin o`zgarayotgan tabiiy boyliklarga ongli munosabatda bo`lish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday uchastkalar qo`riqxonalar, rezervatlar, tabiiy bog’lar, tabiat yodgorliklari va buyurtmachilar deyiladi. Hozirgi kunda Yer kurrasi bo`yicha muhofaza qilinadigan hududlar soni 20 mingdan ko`p. Qo`riqxona quruqlik va suv havzasining xarakterli tabiiy landshaftlari bo`lgan ma`lum bir maydon bo`lib, tabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar orasida qo`riqxonalar muhim rol’ o`ynaydi. Qo`riqxonalarning asosiy vazifasi — tabiatning diqqatga sazovor, qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun sahlashdan iborat. Qo`riqxona hududlaridan xo`jalikda foydalanish, hatto, pichan tayyorlash ov qilish, baliq tutish, zamburug’ terish umuman taqiqlanadi. Qo`riqxonalar atrofi kam foydalanib, muhsfaza qilinadigan zona bo`lishi kerak. Qo`riqxonalarning asosiy vazifa va maqsadlari nimalardan iborat? Qo`riqxonalarning hududlaridagi majmular tabiiy holda saqlanadi. Ular inson tomonidan o`zlashtirilgan va o`zlashtirilayotgan qo`shni hududlar uchun namuna bo`lib xizmat qiladi. Qo`riqxonalarning vazifasi tabiatni bir butun holda o`rganishdir. Ular landshaft tarkibiy qismlari o`rtasidagi uzviy bog’lanishlarni bilib olib, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo`llarini ishlab chiqish uchun zarur. Inson tomonidan o`zlashtirilgan landshaftlarga moslasha olmagan hayvonlarni faqat qo`riqxonalarda saqlash mumkin bo`lmoqda. Bular zubr, qulon, moral, begemot, yo`lbars, arslon, qoplon, ilvirs, suv kalamushi, turach, qizil g’oz, gagra va boshqalardir. Shuningdek, bir qancha o`simlik turlari faqat qo`riqxonalarda saqlanmoqda. Qo`riqxonalar ovlanadigan hayvonlarni saqlash va ularni ko`paytirishda ham katta rol’ o`ynaydi. SHunday qilib, qo`riqxona hududlari turli xil hayvon va o`simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning miqdori va genetik fondini saqlash uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizda hamma qo`riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. Qo`riqxonalarda minglab xodimlar tabiiy majmularni va ularning ayrim tarkibiy qismlarini tekshiradilar.
Barqaror taraqqiyoti uchun tabiatni muhofaza qilish va biologik xilma-xillik resurslarini saqlab qolish katga ahamiyatga ega bo`lganligi tufayli O`zbekiston Respublikasi 1995 yilda Xalqaro biologik xilma-xillik to`g’risidagi Konventsiyaga (CBD, Rio-de-Janeyro) qo`shildi. 1998 yilda hukumat tomonidan O`zbekiston Respublikasida Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo`yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasining tasdiqlanishi bioxilma-xillikni saklab qolish yo`lidagi birinchi qadam bo`ldi. Bu strategiyaning asosiy vazifalaridan biri mamlakat umumiy maydonining 10%gacha qismini qamrab oluvchi muhofaza etiladigan tabiiy xududlar barkaror tizimini tashkil qilish hisoblanadi. O`zbekistan Respublikasida bioxilma-xillikni muhofaza qilish aynan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda to`laqonli amalga oshirilmokda. Muhofaza etiladigan tabiiy xududlarni tashkil qilish, muhofaza etish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi hukumat, joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlari - O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat ko`mitasi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Davlat geologiya qo`mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Xalqaro darajada muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimining taraqqiyoti Umumjahon tabiatni muhofaza etish uyushmasi, xususan, Umumjahon muhofaza etiladigan tabiiy hududlar komissiyasi (WCPA) tomonidan muvofiklashtiriladi. Biroq muhofaza etiladigan tabiiy xududlar butligi va samarali menejmentini davlat miqyosida ta`minlash muhofaza etiladigan tabiiy xududlarni boshqarishning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi. Muhofaza etiladigan hudud - bu biologik xilma-xillikni hamda tabiiy resurslar va ular bilan bog’liq madaniyat elementlarini saqpab qolish uchun mo`ljallangan, bunday maqsadga xos bo`lgan qonuniy va ma`muriy boshqaruv tartibiga bo`ysungan kuruklik va ;yoki dengiz qismi (IUCN1994). O`zbekistan Respublikasi tomonidan Bonn Kon-ventsiyasi (CMS, Bonn, 1998), Ramsar Konventsiyasi (Ramsar, Convention on Wetland), Yo`kolib ketish xavfi ostida bo`lgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to`g’risidagi Konventsiya (CITES, Vashington, 1997), yaqin va uzoq xorij davlatlar bilan tabiatni muhofaza qilish masalalari bo`yicha xalqaro bitimlar imzolangan. 1972 yilda YUNESKO tomonidan «Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza kilish to`g’risida»gi Konventsiya qabul qilindi, unda birinchi marta jahon xalqlarining «Umumjahon merosi»ni tashkil qiladigan universal kadriyatga ega bo`lgan ba`zi tabiiy za madaniy boyliklarni himoya qilish va saklash mas`uliyati belgilab berildi. 1975 yilda ushbu konventsiyani 21 davlat ratifikatsiya qildi, hozirgi paytda konventsiya tomonlariga aylangan davlatlar umumiy soni 180 ga etdi. O`zbekiston Respublikasi bu konventsiyaga 13.01.93 yilda ko`shildi. «Umumjahon merosi» ro`yxatiga takdim etilgan ob`yekt madaniyat yoki tabiat boyligi merosi, madaniy landshaft bo`lishi mumkin. Tabiat boyliklari - bu yuksak estetik yoki ilmiy kadriyatga ega bo`lgan tabiiy (jismoniy yoki biologik) tuzilmadir. O`zbekiston bo`yicha «Umumjahon merosi» ro`yxatiga 4 ta (madaniy, tarixiy) ob`yekt kiritilgan: bular Xivadagi Ichan kal`a (1990), Buxoro (1993) va SHaxrisabzning tarixiy markazlari (2000), Samarkand - madaniyatlar chorrahasi (2001). Hozirgi paytda Davlat biologik nazorati (Dav-bionazorat) tomonidan O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va YUNESKO ishlari bo`yicha milliy komissiya ishtirokida O`zbekiston Respub-likasining tabiat boyliklari merosi dastlabki ro`yxati tayyorlandi hamda «Umumjahon merosi» ko`mitasiga takdim etildi. «Umumjahon merosi» ro`yxatiga 6 ta (tabiiy) ob`yekt: Tog’li Hisor, Chotqol biosfera ko`riqxonasi, Zomin tog’lari (Zomin ko`rikxonasi va Zomin milliy bog’i), SHohimardon. Boysun tumani (qo`shma sayt) va Sarmishsoy (ko`shma sayt) kiritildi. Ob`yektning mazkur ro`yxatga rasman kiritilishi uning xalkaro nufuzini oshirib, keyinchalik uni saqlab qolish bo`yicha dolzarb masalalarni hal kilish uchun mablag’ olish imkonini beradi. Ob`yekt rasmiy sertifikat oladi va o`z nomi, chegara va axborot nashrlari va hokazolarda mazkur rasmiy nishonni joylashtirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Asosan suvda suzuvchi kushlar yashash joylari sifatida xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan suv-botqoq joylari to`g’risidagi Konventsiya (Ramsar konventsiyasi) 1971 yilda Ramsar (Eron) shahrida imzolandi Uning asosiy maqsadi suv-botqoq joylari (ko`llar, dare vodiylari, botqoqlashgan xududlar, dengiz qo`ltiqlari) va suvda suzuvchi qushlarni aniklash va saqlab qolishdan iborat. O`zbekistan Respublikasi 2001 yilda Ramsar konventsiyasiga qo`shildi. O`zbekiston hududida suvda suzuvchi va suv atrofida yashaydigan qushlar to`planadigan joylar sifatida juda muhim, suv organizmlari katta zahirasiga ega, muhofaza qilinishi va to`gri barqaror foydalanilishini talab kiladigan taxminan 10 ta suv havzasi (asosiylari - Dengizko`l, Sudoch’e, Arnasoy, To`dako`l, Achi’ ko`loblari, Qoraqir) mavjud. Ro`yxatga xalkaro ahamiyatga ega bo`lgan suv-botqok joylari, masalan, Dengizko`l kiritilgan. Hozirgi paytda ro`yxatga kiritilgan qisman o`zini-o`zi moliyaviy mablag’ bilan ta`minlash ko`zda tutilgan, bu ekologik turizm, rekreatsiya tashkil etish, tabiat resurslaridan foydalanishga ruxsatnoma berishdan tushgan foyda hisobiga amalga oshiriladi. «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g’risida»gi Qonunga muvofiq, birinchi bor xususiy buyurtmaxonalar va parvarishxonalar yaratish mumkinligi qonuniy ta`minlandi. Bu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni xususiylashtirishni anglatmaydi. Er maydonlari va boshqa tabiat ob`yektlari yuridik va jismoniy shaxslarga faqat foydalanishga beriladi. Bu nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar mablag’larini jalb etishga imkon beradi, shu jumladan tabiat ob`yektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni sakdash, qayta tiklash va qayta ishlab chiqarishni ta`minlash uchun turli milliy va chet ellik tabiatni muhofaza kilish tashkilotlarini jalb etishga yordam beradi. O`zbekiston Respublikasida hozir ikkita xususiy pitomnik tashkil etildi: Buxoro viloyatida (Peshku tumani) yo`rg’a-tuvaloqni ko`paytirish bo`yicha «Emirates Birds Breeding» MCHJ pitomnigi (2007 y.); Navoiy viloyatida (Karmana) yo`rg’a tuvalokni ko`paytirish bo`yicha «Emirates Centre for Conservation of Houbara» MCHJ pitomnigi (2008 y.). «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g’risida»gi Qonun qabul kilingandan keyin ko`p sonli ob`yektlarga - o`rmon xo`jalik korxonalari va ovchilik xo`jaliklariga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomi berilmokda. Bu bioxilma-xillikni muhofaza qilishning xududiy jihatdan kamrab olingan maydonlarni ancha ko`paytirish imkonini beradi.
O ` z bekiston Respublikasida hozirda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimiga umumiy maydoni 2164 km2 bo`lgan 9 ta davlat qo`riqxonasi, maydoni 6061 km2 bo`lgan 2 ta milliy bog’, maydoni 12186,5 km2 bo`lgan 9 ta davlat buyurtmaxonasi va 1 ta noyob hayvon turlarini kupaytirish bo`yicha Respublika markazi (Jayron ekomarkazi) kiradi. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar umumiy maydoni 20520 km2 ni yoki respublika umumiy hududining 5,2 foizini tashkil qiladi. Quyida ularga alohida to`xtalib o`tamiz.



Download 17,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish