Kopernik o’z umrining asosiy qismini astronomiyaga bag’ishladi. Eng oddiy asboblar yordamida osmon jismlarini 30 yildan ko’prok vaqt kuzatgan Kopernikda Ptolemey tomonidan qabul qilingan geosentrik nazariyaga shubha bilan qaraydi. Ya’ni Ptolemeyning «Yer olam markazida turadi, Quyosh va boshqa planetalar esa Yerning atrofida aylanadi» degan xulosasidan kelib chiqsak deydi Kopernik, unda planetalar harakat qilayotgan orbitalarda o’ta murakkab holat sodir bo’ladi. Kopernikning bu kashfiyoti fanda g’oyat katta o’zgarish yasadi, u dinning obro’ va tasiriga putur yetkazdi. Kopernikning olamning geliosentrik tizimi konsepsiyasi haqidagi murakkab astranomik ilmiy hisoblardan iborat bu ishi uning yagona shogirdi Retik tomonidan 1542 yilda nashrga tayyorlandi va chop etildi. Kopernikning «Osmon jismlarining aylanishi haqida» nomli olamning geliosentrik tizimi xususidagi asari chop etilgach birdaniga tan olinmadi. Bu yangi tizimning tan olinishida keyinchalik Kipler va Galileyning ilmiy izlanishlari katta ahamiyat kasb etadi. Astranomik kuzatish natijalarini umumlashtirish asosida Kepler Quyoshga nisbatan planetalar harakatining 3 ta qonuniyatini tuzdi.
Keplerning birinchi qonuni:Har qaysi planeta ellipslar bo’yicha harakat qiladi, qaysikim uning markazida Quyosh joylashgan.
Keplerning ikkinchi qonuni:Quyoshdan planetaga o’tkazilgan radius-vektor teng vaqt oralg’gida teng maydon hosil qiladi. Bu qonundan xulosa shuki, ya’ni orbita bo’ylab planetalar harakatining tezligi bir-xil emas, va u qancha tez bo’lsa, planeta Quyoshga shuncha yaqin hisoblanadi.
Keplerning uchinchi qonuni: Planetalarning Quyosh atrofida aylanish vaqtining kvadrati ularning Quyoshga nisbatan O’rtacha masofasining kubiga teng. ( Kvadratы vremen obrashyeniy planet vokrug solnse otnosyatsya kak kubы ix srednix rasstoyaniy ot solnsa.)
Isaak Nyuton (1643-1727)
Buyuk ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanika asoschisi Isaak Nyuton 1643 yil 4 yanvarda Kembridjdan 75 km uzoqlikda joylashgan (Grantem shahri yaqinida) Vulstorp qishlog’ida uncha boy bo’lmagan fermer oilasida tug’iladi. Uning otasi tug’ilmasdan oldin vafot etgandi. Isaak 12 yoshida Grantem maktabiga o’qishga kiradi. Maktabni tugatgach u 1661-1665 yillarda Kembridj universitetining Triniti yoki Troisa kolledjini tugatib, bakalavr ilmiy darajasini oladi. Mashhur matematik olim professor Barrou yordamida Nyuton Kembridj universitetining «Lyukasov» kafedrasiga ishga kirib, u yerda to 1701 yilgacha faoliyat ko’rsatadi. 1668 yilda Nyuton o’z qo’li bilan ko’zguli teleskopni qurdi. 1671 yilda xuddi shu turdagi, biroq razmeri jihatdan katta va yanada takomillashgan ikkinchi teleskopni ixtiro qildi. «Yorug’lik va ranglarning yangi nazariyasi» (1672y) nomli optikaga bag’ishlangan birinchi ishida Nyuton o’zining yorug’likning korpuskulyar gipotezasiga oid qarashlarini bayon qiladi. O’zining optik tadqiqotlarini u 1704 yilda yozilgan «Optika» kitobida e’lon qilib, unda o’sha zamon faniga ma’lum bo’lgan turli optik hodisalarning mukammal manzarasini chizib berdi. 1687 yil I.Nyuton o’zining «Matematicheskiye nachala naturalnoy filosofii», ya’ni «Tabiiy falsafaning matematik asoslari» (qisqacha «Asoslar») nomli kapital asarini nashrdan chiqardi. 1672 yilda Nyuton London Qirollik jamiyatining a’zosi qilib saylandi. 1703 yilda esa uning prezidenti bo’lgan Nyuton umrining oxirigacha shu lavozimda qoladi. 1699 yilda u Parij Fanlar Akademiyasining xrijiy a’zosi etib tayinlanadi. Fan oldidagi xizmatlari uchun Nyuton 1705 yilda dvoryanlik unvoniga sazovor bo’ladi. 1727 yil 31-martida 84 yoshida vafot etgan Isaak Nyuton Vestminstr abbatligining milliy panteoniga dafn qilinadi.