Kerosin va dizel fraktsiyalarini gidrotozalashdan maqsad talab etilgan standart me’yorlarida ko‘rsatilgan miqdorgacha oltingugurt miqdorini va termik barqaror, yonish xususiyatlari yaxshilangan tayyor distillyatlar olishdir. Bir vaqtda yoqilg‘ini korroziyaga aktivligini pasaytiradi va uning saqlash vaqtidagi har-xil cho‘kindilar hosil bo‘lishi pasayadi. Benzin fraktsiyalarini gidrotozalashda asosiy mahsulot barqaror gidrogenizat hisoblanadi. Gidrogenizatdagi oltingugurt miqdori 0,002% (mass)dan oshmaydi. - Kerosin va dizel fraktsiyalarini gidrotozalashdan maqsad talab etilgan standart me’yorlarida ko‘rsatilgan miqdorgacha oltingugurt miqdorini va termik barqaror, yonish xususiyatlari yaxshilangan tayyor distillyatlar olishdir. Bir vaqtda yoqilg‘ini korroziyaga aktivligini pasaytiradi va uning saqlash vaqtidagi har-xil cho‘kindilar hosil bo‘lishi pasayadi. Benzin fraktsiyalarini gidrotozalashda asosiy mahsulot barqaror gidrogenizat hisoblanadi. Gidrogenizatdagi oltingugurt miqdori 0,002% (mass)dan oshmaydi.
- Kerosin distillyatlarini gidrotozalashda neftni to‘g‘ri haydashdan olingan 130-2300Sda qaynovchi fraktsiyalar xom-ashyo bo‘lib hisoblanadi. Gidrotozalangan kerosin fraktsiyasi jarayonni asosiy mahsuloti bo‘lib, uning chiqishi 96-97%ga teng. Bundan tashqari, oz miqdorda past oktanli benzin fraktsiyasi, uglevodorod gazlari va vodorod sulfid ham olinadi.
- Benzin, kerosin va dizel yoqilg‘isini gidrotozalashda boradigan kimyoviy reaktsiyalar.
Sanoatda neft fraktsiyalarini gidrotozalash jarayonlar odatda alyumo-kobalt-molibdenli, alyumo-nikel-molibdenli va boshqa katalizatorlarda 350-4000S haroratda, 30-50 atm. bosim va vodorodni xom-ashyoga ko‘ra molyar nisbati 5:1dan 10:1gacha bo‘lgan sharoitda o‘tkaziladi. Oltingugurt neft va gazni qayta ishlash mahsulotlarida elementar S, H2S, merkaptanlar, olifatik va aromatik sulfidlar, siklik sulfidlar va tiofenlar ko‘rinishida saqlanadi. Disulfidlar asosan merkaptanlarni oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Elementar S ham asosan H2Sni oksidlanish mahsuloti hisoblanadi. Katalitik gidrotozalash jarayonlarida boruvchi oltingugurtli birikmalari gidrogenoliz reakstiyalari quyida keltirilgan. Oltingugurtli birikmalari gidrogenoliz reakstiyalari S – S bog‘ini uzilishi va erkin valentli to‘yinishi bilan xarakterlanadi. Oltingugurt birikmalari gidrotozalash bilan bir qatorda ma’lum miqdorda olefinli uglevodorodlar, azotli va kislorod saqlovchi birikmalarni vodorodga to‘yintirish shuningdek metalloorganik birikmalarni buzilishi sodir bo‘ladi. - Sanoatda neft fraktsiyalarini gidrotozalash jarayonlar odatda alyumo-kobalt-molibdenli, alyumo-nikel-molibdenli va boshqa katalizatorlarda 350-4000S haroratda, 30-50 atm. bosim va vodorodni xom-ashyoga ko‘ra molyar nisbati 5:1dan 10:1gacha bo‘lgan sharoitda o‘tkaziladi. Oltingugurt neft va gazni qayta ishlash mahsulotlarida elementar S, H2S, merkaptanlar, olifatik va aromatik sulfidlar, siklik sulfidlar va tiofenlar ko‘rinishida saqlanadi. Disulfidlar asosan merkaptanlarni oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Elementar S ham asosan H2Sni oksidlanish mahsuloti hisoblanadi. Katalitik gidrotozalash jarayonlarida boruvchi oltingugurtli birikmalari gidrogenoliz reakstiyalari quyida keltirilgan. Oltingugurtli birikmalari gidrogenoliz reakstiyalari S – S bog‘ini uzilishi va erkin valentli to‘yinishi bilan xarakterlanadi. Oltingugurt birikmalari gidrotozalash bilan bir qatorda ma’lum miqdorda olefinli uglevodorodlar, azotli va kislorod saqlovchi birikmalarni vodorodga to‘yintirish shuningdek metalloorganik birikmalarni buzilishi sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |