kus//kuus koch // kush (kuch)
as ach // ash (och) kabi.
Eradan oldingi III asrlarga kelib turk-mo`g`ul tillari ham parchalanib, mustaqil mo`g`ul va turkiy tillar shakllanadi. Bu davr tilini fanda rototsizm (R-tillar) va lambdaizm (L-tillar) deb nomlanadi. Buning ma`nosi shundaki, mo`g`ul tillarida so`z o`rtasi (inlaut) va so`z oxiri (auslaut)da r, l undoshlari saqlanib qolgan bo`lsa, turkiy tillarda bu undoshlar o`rnini z,sh undoshlari egalladi. Bunday farqlanishgacha r, l undoshlari har ikki til uchun ham umumiy bo`lganligini, bu undoshlarning hatto hozir ham turkiy bulg`or va chuvosh tillarida saqlanib qolganligidan ko`rish mumkin, masalan:
mo`g`ul, chuvash boshqa turkiy tillar
par bus (muz)
xur qaz (g`oz)
kuran qazan (qozon)
çer yүz (yuz)
җүl yash// jas (yil)
pilek bash // bas
chul tash // tas
ilek yeshik // yesik (eshik) kabi.
Turkiy tillar taraqqiyotining Xunn davri eradan oldingi III asrdan yangi eraning V asrlarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.
Bu davrda Markaziy Osiyodan Sharqiy Ovro`pagacha, butun Shimoldan Sharqiy Sibir va Hindistonning shimoliy chegaralarigacha buyuk Xunnlar imperiyasi hukmronlik qildi. Lekin yangi eraning I asrlaridan boshlab, Xunn imperiyasidagi ichki ziddiyatlar imperiyaning ikkiga ajralishiga sabab bo`ldi: O`rol tog`laridan Yoyiq (O`rol) daryosigacha G`arbiy Xunn, Markaziy Osiyo va butun O`rolning sharqiy tomonlari Sharqiy Xunn davlatlariga ajraldi. Garchi Sharqiy va G`arbiy Xunn davlatlari tarkibidagi barcha qabilalar turkiy qabilalar bo`lishiga qaramasdan ularning tillarida hali ham mo`g`ul va tungus-manjur elementlari saqlanib qolgan edi. Ayniqsa leksikada:
umum turkiy mo`g`ul tungus-manjur
bug`a // buqa buxa buxa // bug`u (buqa)
tala // d`alaң tala tala (dala)
qara xara xura (qora)
qadin // xatin xatun xatun (xotin)
Xunn imperiyasida butun turkiy urug` va qabilalar mujassamlashgan bo`lib, keyinchalik g`arbiy Xunnlardan bulg`or va o`g`iz-qorluq-qipchoq, Sharqiy Xunnlardan uyg`ur-tukyu, qirg`iz qabilalar uyushmasi (ittifoq)lari ajralib chiqdi. Shunga muvofiq har bir qabilalar ittifoqining, bir tomondan, o`ziga xos va ikkinchi tomondan, r, l tovushlarining saqlanishi bilan xarakterlangan umumqabila tillari maydonga keldi. r, l undoshli so`zlar asosan bulg`orlarda, qisman chuvosh tilida saqlanib qolgan edi:
d`as//d`az – d`aril (yer)
köz//kös – kör (ko`z)
bѳz// bѳs – bѳr (oq) kabi.
Bu dalillar shuni ko`rsatadiki, Xunn davrining so`nggi V asrlarida ham hali turkiy qabilalar va qabila tillari to`la ajralib ulgurmagan bo`lib, til jihatdan juda ko`p umumiylikka ega bo`lgan qabilalar ittifoqi va umumqabila tillari mavjud edi. Yangi eraning V asrlarida g`arbda bulg`or va og`iz-qorliq-qipchoq, sharqda uyg`ur-o`g`iz, qirg`iz-qipchoq qabilalar uyushmalari va tillari qaror topdi.
Turkiy tillar taraqqiyotining 3- qadimturkiy davri turkiy qabilalar va qabila tillarining V–X asrlarini o`z ichiga olib, bu davrni ham uch faslga ajratish mumkin:
a) tukyu (V–VIII asrlar);
b) qadimgi uyg`ur (VIII–IX asrlar);
v) qadimgi qirg`iz (IX–X asrlar).
Bu davr turkiy tillarning mo`g`ul tillaridan ham to`la ajralib chiqish davri bilan xarakterlanadi.
Ma`lumki, so`nggi davrlarda g`arbiy Xunnlar tobora g`arbga tomon siljib borib qariyb butun sharqiy Ovro`pani egallab oldi. VI asrlarga kelib Xunn davlati yemirilgach, o`sha yerlardagi turkiy qabilalar bulg`or va hazar qabilalar ittifoqiga singib ketdi. Bu paytlarda qadimgi sharqiy Xunn hududlarida ham kuchli ko`chmanchi Tukyu imperiyasi vujudga kelgan bo`lib, ular Amudaryo sohillaridan Hindistonning shimoliy chegaralarigacha bo`lgan hududlarni egalladi. Lekin bu imperiya u qadar uzoq yashamay, 580–584 yillarda parchalanib, markazi Yettisuv bo`lgan g`arbiy va markazi Mo`g`uliston shimoli bo`lgan Sharqiy Tukyu davlatlariga ajraldi. VII asrlarda Sharqiy Tukyu xitoy va uyg`urlar, VIII asrlarda butun G`arbiy Tukyu arablar tomonidan istilo qilingach, Yettisuv hududida Qorliq, Sirdaryo sohili va Orol bo`ylarida O`g`iz davlatlari vujudga keldi. Xullas, VIII asr oxirlarida turli turkiy qabilalarni o`zida mujassamlashtirgan sharqda uyg`ur, markaziy va O`rta Osiyoda o`g`iz, qorliq, g`arbda esa Xazar va Bulg`or davlatlari vujudga keldi.
VI–VIII asr turkiy qabilalar va davlatlar haqida, ayniqsa, Sharqiy Tukyu davlati tili haqida boy yozma yodgorliklar mavjud. Sharqiy Sibirdan topilgan Kultegin, Guduluxon, Bilga qoon, Tun`yukuk, Kuli chura xotirasiga qo`yilgan qadimgi O`rxun, Yenisey (inesoy, enasoy) yozma yodgorliklari buning yaqqol timsolidir.
Uyg`ur davlati qadimdan mustaqil uyg`ur yozuvi, uyg`ur adabiy tili, shubhasiz, uyg`ur yozma yodgorliklariga ham ega edi. Hatto XV–XVI asrlarga qadar ham uyg`urlardan boshqa ayrim turkiy elat va xalqlar uyg`ur yozuvidan foydalanganligi ma`lum. Tarixiy manbalarga qaraganda, qadimgi uyg`ur yozuvi tili keyinchalik X–XII asrlarda Qoraxoniylar davlat tili, XII–XIII asrlarda o`g`iz-qipchoq adabiy tili, XIII–XIV asrlarda Oltin O`rda xonligida chig`atoy adabiy tili, XV–XIX asrlarda eski o`zbek adabiy tili, XVII–XIX asrlarda eski turkman adabiy tillari uchun asos bo`lgan.
VIII–X asrlar g`arbiy va Sharqiy Tukyu davlatlari hududlaridagi turli qabila, elat va davlatlarning kuchli parchalanish va yangidan tashkil topish davri ham bo`ldi. X asr oxirlarigacha kelib, Mo`g`uliston hududlari qadimgi qirg`iz, Enasoy bo`ylaridan O`rol (Yoyiq) gacha Jungoriya mamlakatida to`g`iz-ugur (uyg`ur), Yettisuv vohasida qorliq, butun janubiy Turkistonda eronlashgan va arablashgan Abbosiylar xalifaligi va davlat tili, Sir sohillaridan Kaspiygacha ko`chmanchi O`g`iz davlati va tili, ulardan g`arbda esa Pecheneglar, Xazarlar, Bulg`orlar davlati va davlat tillari shakllandi.
Ellar va tillararo bu o`zgarishlar faqat qabila va elatlarning tarkibiy o`zgarishlari bilan chegaralanib qolmasdan, ularning til ayirmalarini ham kuchli o`zgarishlarga olib keldi. Bu o`zgarishlar faqat turkiy tillar leksikasida emas (Masalan, VIII-XI asrlarda Markaziy Osiyoda va Kaspiy, O`rol atrofida arablashgan va eronlashgan tillar), hatto grammatik qurilishi, ayniqsa fonetikasida katta o`zgarishlarga olib keldi.
Masalan, bu davr turkiy tillar fonetikasining xarakterli belgilari shundaki, qadimgi r, l undoshlari qoldiqlari o`z izlarini deyarli yo`qotib (chuvosh tili kabi ayrim tillarni hisobga olmaganda), ularning o`rnini
Do'stlaringiz bilan baham: |