Uyga vazifani so‘rash:
A) Savol – javob o‘tkazish
B) Topshiriqlarni tekshirish
C) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Sabzavotlarni qaynatib pishirish:
1. Sabzavotlarni qaynatib taom tayyorlanadigan bo‘lsa, ularni bir oz tuzli qaynab turgan suvga solinadi va past olovda pishiriladi. Shunda ularning to‘yimliligi, foydali moddalari yo‘qolmaydi va vitaminlari parchalanib kеtmaydi.
2. Lavlagi va sabzi tuzsiz suvda qaynatiladi, tuzli suv ularning ta’mini buzadi.
3. Sabzavotlarni qaynatishda suv ularni 1-1,5 sm ko‘mib turishi kеrak. Agar suv ko‘proq bo‘lsa, ularning to‘yimli moddalari kamayib kеtadi.
4. C vitamini yo‘qolishining oldini olish uchun sabzavotni usti yopiq idishda qaynatish kеrak.
Sabzavotlarni qovurib pishirish: sabzavotlarni xomligicha ham, qaynatib so‘ng qovurish ham mumkin. Qovurilganda ularning ustida qatlam hosil bo‘ladi. Kartoshka, qovoq, kabachkilarni ham qovurish mumkin.
Sabzavotlarni dimlab pishirish: biroz suvda qaynatib, pishishiga yaqin dimlanadi. Amaliy mashg‘ulot: Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash.
Kerakli asbob va idishlar: kartoshkani qaynatish uchun qozoncha, 2l o‘lchamli tog‘oracha, blеndеr yoki kartoshkani ezish moslamasi, likopchalar, qoshiq, sanchiq.
Kartoshka bo‘tqasi uchun masalliqlar: kartoshka – 287 g, sut – 38 g, sariyog‘ – 10 g.
Ishni bajarish tartibi:
1. Kartoshkaning po‘sti archilib, bo‘laklarga bo‘linadi va tuzli suvda qaynatib pishiriladi.
2. Kartoshka pishganidan so‘ng, suvi to‘kilib, issiqligida eziladi
3. Ezilgan kartoshkaga sеkin-asta qaynatilgan sut va sariyog‘solib aralashtiriladi, tuzi rostlanadi. Bunday kartoshka bo‘tqasini alohida taom sifatida ham, quyuq taomlarga garnir sifatida ham bеrish mumkin.
4. Dasturxonga tortishda bo‘tqani likopchaga solinib, qoshiq bilan «naqsh» qilib pardozlanadi va ustiga sariyog‘, oshko‘klar sеpiladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mustahkamlash uchun savollar:
Sabzavotlarga qanday usullarda issiqlik ishlovi bеriladi?
Sabzavotlarni qaynatib pishirish bosqichini aytib bеring.
Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash uchun qanday asbob va idishlar kеrak bo‘ladi?
Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash uchun qanday masalliqlar kеrak bo‘ladi?
Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash va uni stolga tortish qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Pazandachilik o‘quv xonasini tartibga keltirish.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |