Fan tarixi



Download 463,21 Kb.
bet12/37
Sana12.01.2022
Hajmi463,21 Kb.
#353588
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
maruza matni lotincha

Arab bo'lmagan fanlar

Ko'rib o'tgan tasnifimiz ikkinchi qism, ya'ni “arab bo'lmagan” fanlarni bayon etishda falsafani nazariy va amaliyga bo'ladi. Ammo fanlarning o'zini bayon etishda Abu Abdulloh al-Xorazmiy “arab bo'lmagan” fanlarning boshqa ajoyibroq bayonini taqdim etadi va asarining ikkinchi qismini shu tartibda joylashtiradi. Bu holatda avval falsafa va mantiq, so'ngra tibb, arifmetika, handasa, ilmu-n-nujum, musiqa mexanika va kimyo keladi. Asarning ikkinchi qismini ham xuddi ana shu tartibda ko'rib o'tamiz. O'rta asr Sharqining ko'pgina faylasuflari uchun ham Arastu falsafasi asosiy dastur edi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy borlikni zaruriy va mumkin bo'lganga bo'lib, Abu Nasr al-Forobiy singari xudoni ob'yektiv moddiy olam bilan bir vaqtda birinchi sabab sifatida mavjudligiga yo'l qo'ydi, shuning o'zi tabiat mustaqilligini ta'kidlaydi. Zaruriy borlik tushunchasi ma'nosida Allohni tushunadi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy narsalarni ikki xilga ajratadi. Elementlar, ya'ni birlamchi elementlar va yasama murakkab jismlar. U moddiy olam asosini tashkil etuvchi bo'laklar orasida qandaydir qat'iy chegara borligini inkor etadi va to'rt moddiy elementlar biri-biriga aylanishini tan oladi. Dunyodagi har bir hodisa o'zining aniq joyi va mavjudlik zamoniga ega bo'lib, uning o'zgarishi esa tabiiy qonuniyat bilan bog'likdir. Al-Xorazmiy kalom ahli kabi, narsalarning o'zgarishini ilohiy quvvatga bog'lab qo'ymaydi, bu hodisani tabiat qonuniyatlari sababidir deb tushuntiradi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy moddiy borlikni mavjudligining asosiy shakllari makon va zamon ekanligini tan oladi. “Mafotih al-ulum” muallifi o'sha davrning muhim masalalaridan biri – jismlarning cheksiz bo'linishi haqidagi fikrni o'z navbatida paydo bo'lishi va yo'q bo'lishi mumkin emasligini isbotlaydi. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu xulosasi antik davr mutafakkirlari Levkipp va Demokrat ilgari surgan narsalarning bo'linmas zarrachalari-atomlar haqidagi faraz, ya'ni atomistik ta'limot tarafdori ekanligidan dalolatdir.

Arastu kabi Abu Abdulloh al-Xorazmiy ham falsafani nazariy va amaliy qismlarga bo'ladi. Nazariy qismi ham o'z navbatida uchga: tabiiyot, riyoziyot, ilohiyotga bo'linadi. Falsafaning amaliy qismida Abu Abdulloh al-Xorazmiy “odam o'zini boshqarishi”, ya'ni etika “uyni boshqarish”, ya'ni uyshunoslik va “jamoatni boshqarish”, ya'ni siyosatni qurib o'tadi va ularni shu “mutaxassislik bilan shug'ullanuvchilar masalasidir” deydi. Falsafiy atamalarni sharhlashda Abu Abdulloh al-Xorazmiy o'z davri falsafasi yutuqlarini umumlashtiradi. Al-Xorazmiy fikricha yer yuzi, yulduzlar to'rt element asosida yotuvchi birlamchi materiya va umuman moddiylikning asosidir.

Qadimgi Sharq va antik Yunon mutafakkirlari asarlariga asoslangan va arab tilida ijod qilgan tadqiqotchilar boshqa ilmlar bilan birga mantiqni ham o'rganadilar. O'sha davrning eng ko'zga ko'ringan mantiqshunoslaridan al-Farobiy, ibn Sino, ibn Rumd, Arastu, Aflotun va boshqalar edi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy o'zining nazariy ilmlari tartibida har qanday tafakkur, ilmiy bilimning zaruriy ibtidosi sifatida aks etgan mantiq masalalarini ham o'rganadi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy mantiq masalalarini ko'rib chiqishni so'z va iboralar o'zaro munosabatini bayon etishdan boshlaydi. O'rta Sharq mualliflari mantiqda so'zlarning ma'no anglatishining uch turini, ya'ni so'z o'zining to'lik mazmunini anglatishi, so'z o'z mazmunidan kelib chiqadigan narsani anglatishini farqlar edi.

Abu Abdulloh al-Xorazmiy o'zining ilmlari tasnifi nazariy falsafaga tabiiy ilmlar va riyoziyot ilmlarini kiritib, birinchi guruh, tibb, mineralogiya, asarda alohida qayd etilmagan bo'lsa ham, al-kimyo va mexanikadan iborat deb hisoblaydi. Abu Bakr, Ali ibn Rabbon at-Tabariy, Ali ibn Abbos al-Majusiy, ayniqsa, Abu Ali ibn Sino kabi buyuk olimlar va tabiblar o'z vaqtida tibbga katta hissa qo'shganlar. “Mafotiq al-ulum” muallifi nazariy tibb va farmakologiya masalalari bilan shug'ullanganlaridan biridir. “Tibb qonunlari” asari bunyodkoridan oldin yashagan Abu Abdulloh al-Xorazmiy tibbga sakkiz bobdan iborat ikkinchi qismining uchinchi bo'limini bag'ishladi. Jahon riyoziyot tafakkurini o'zining yuqori darajali yutuqlari bilan boyitgan IX-X asrlar Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari riyoziyoti rivojlanishining klassik davri hisoblanadi. Yaqin va O'rta Osiyo, Sharq va alalxusus, Markaziy Osiyo halqlarining riyoziyot fanlari rivojlanishida Abu Abdulloh al-Xorazmiyning “Mafotih al-ulum” asari muhim ahamiyat kasb etadi.

Abu Abdulloh al-Xorazmiy asrida arifmetika besh bobdan iborat. Nazariy arifmetikaning birinchi bo'limi alohida miqdor haqidagi ta'limotga “Mafotih al-ulum”ning birinchi bobi bag'ishlangan. Bu yerda Abu Abdulloh al-Xorazmiy juft va toq, juft-juft, juft-toq, juft-juft-toq, sodda va murakkab, mutloq kabi sonlarning ta'rifini bayon qiladi. Nazariy arifmetikaning uchinchi bo'limiga sonlarni faqat mutloq ma'noda o'rganuvchi sonlarning munosabati va nisbatiga bag'ishlangan.

“Mafotih al-ulum”dagi handasa ilmi to'rt bobdan iborat. Abu Abdulloh al-Xorazmiy fanlarning amaliy qismga taalluqli hisoblagan birinchi bob “Ushbu san'atga kirish” deb ataladi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy “Chiziqlar” deb nomlangan ikkinchi bobda chiziqlar xususida to'xtalib, chiziqlar uch xil bo'ladi, ya'ni to'g'ri, botiq va yoysimondir,-deydi. “Mafotih al- ulum” muallifi uchinchi bobni yassi geometrik shakllarga bag'ishlaydi. Yassi shakllar uch xil bo'ladi: yassi, qabariq, botiq. Ushbu bo'limning to'rtinchi bobi geometrik shakllar : kub, konus, sharga bag'ishlangan.

Dengizda kemalar harakatining ko'payishi tijorat, iqtisod va shu kabilarning rivojlanib ketishi samoviy jismlar haqidagi fan ilmu-n-nujum-astronomiya. Jumladan, unda ishlatiladigan asboblar paydo bo'lishi va rivojlanishiga olib keladi. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning ko'rib o'tilayotgan asarida astronomiyaga oid bo'lim to'rt bobga ajratilgan. Yulduzlar turkumi ularning turlari holati va harakati, harakatlanuvchi va turg'un yoritgichlar va ularning yulduzlar turkumida joylashishi deb nomlangan birinchi bobda ko'rib o'tiladi.

Ilk o'rta asrlarda boshqa ilmiy bilimlar bilan bir qatorda musiqa ilmi ham shakllanadi va rivojlanadi. Uni rivojlantirishda mahalliy musiqa an'analaridan ozuqa olish bilan birga boshqa mamlakatlar va xalqlar avvalo Ellinistik Yunon musiqaviy nazariy yutuqlarini o'zida mujassam qildi. Keyingi bir necha yuz yillar davomida Sharq va G'arb musiqa nazariyotchi olimlari Abu nasr al-Forobiyning “Musiqaga oid katta risola”, Ibn Sinoning “kitob ash-Shifo”, “kitob an-Najot” asarlari va boshqa kitoblarga suyanib tadqiqotlar olib borganlar. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning “Musiqa” haqidagi bo'lim uch bobdan iborat “Musiqaviy asboblar nomlari va ular bilan bog'lik bo'lgan narsalar haqida” deb nomlagan. So'ngra Markaziy Osiyoda o'sha vaqtda qo'llanilgan turli musiqaviy asbob nomlari va ularning kelib chiqish joylari beriladi. U tanbur, surnay, shoxrud va boshqa asboblar shakllari va to'zilishi haqida fikr yuritadi.

Mexanikaning rivojlanishi va alohida ilm sifatida shakllanishi antik davrdan boshlandi. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning “Mafotih al-ulumning” ikkinchi qismidan o'rin olgan mexanika bilan yakunlanadi. U o'rta asrlik boshqa olimlarga o'xshab mexanikani “Ilm al-hiyal”, ya'ni “Ustalik bilan yasalgan qurilmalar haqidagi ilm” deb nomlaydi.

Tabiblar dorilar tayyorlashda tez-tez u yoki bu kimyoviy jarayonlardan foydalanishga majbur bo'lar edilar. Shuning uchun ham ko'pgina tabiblar kimyoni yaxshi bilar va o'z davrining yirik kimyogarlari bo'lgan edilar. Jobir ibn Hayon, Hunayn ibn Ishoq, Abu Bakr ar-Roziy, Ibn Sino va boshqalar asos solgan al-kimyo asosida paydo bo'la boshladi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy kimyoning turli masalalarini tadqiq qilib, uni keng yoritgan va unga o'z asarining ikkinchi qismidagi oxirgi bo'limini bag'ishlagan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Abu Abdulloh al-Xorazmiy o'z o'tmishdoshlarining ilmiy bilishlari haqidagi fikrlarini ma'lum darajada umumlashtirdi va boyitdi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy tinmay mehnat qilib yirik tadqiqotlar olib borgan va kimyo tarixi, xususan Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari kimyosi bilan tanishishga haraqat qiladi. Umuman olganda, Abu Abdulloh al-Xorazmiy o'z davri tabiiy va riyoziyot ilmlarini yaxshi bilgan.




Download 463,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish