Fan tarixi


Islom dini asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy- iqtisodiy bilimlar



Download 463,21 Kb.
bet13/37
Sana12.01.2022
Hajmi463,21 Kb.
#353588
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Bog'liq
maruza matni lotincha

4. Islom dini asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy- iqtisodiy bilimlar.
Jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan ijtimoiy-iqtisodiy bilimlar O'rta asrlarda rivojlanishning yuqori darajasiga yetdi. Tarixiy shart-sharoitlar taqozasi bilan ularning hammasi islom dini asoslarini tashKil etuvchi shar'iy ilmlarga taalluqli bo'lgan. Boshqa olimlar singari Abu Abdulloh al-Xorazmiy ham shar'iy ilmlarga O'z asarini birinchi qismidagi olti bo'limi bag'ishlangan. Bu qism musulmon huquqshunosligiga taalluqli o'n bir bobdan iborat fiqhdan boshlanadi. Unda islom qonunshunosligining asosi bo'lgan va islom huquqi posbonining doimiy dasturi qur'on, payg'ambar so'zlari, hiqmatli gaplari va hayotini aks ettiruvchi Sunnat, Hadis va uning xillari; Ijmo'-islom jamoasining yaqdillik bilan tan olgan qarori; qiyos-qur'on va Sunnatda tegishli ko'rsatmalar bo'lmaganda, avvalroq ushbu holda tutilgan yul asosida xulosa qilinishi haqida gap yuritiladi. Ba'zi huquqshunoslar, Abu Abdulloh al-Xorazmiy fikricha, qiyosga, shariatga zid bo'lmagan holatni ham qo'shadilar.
Kalom
Abu Abdulloh al-Xorazmiy “Mafotih al-ulum” asaridagi birinchi qismning ikkinchi bo'limi kalom ilmiga bag'ishlangan bo'lib, u yetti bobdan iborat.

Birinchi bobda kalomda ishlatiladigan falsafiy atamalarga qisqacha talqin beriladi va ular din ahli tomonidan qanday tushunilishi qayd etiladi. Masalan: Aksidensiya (tub mohiyati, e'tibori bilan uncha ahamiyati bo'lmagan jo'z'iy xususiyat) – harakatlanuvchi narsadagi harakat, oq narsadagi oqlik, qora narsadagi qoralik kabi substansiyaning holati. Mantiq ahlining aksidensiya haqidagi tushunchasi kalom ahli tushunchasidan farq qiladi. “Aksidensiya- bu bir narsaning ikkinchi narsadan mohiyatiga ko'ra farq qilishi emas, oqlik, qoralik, issiqlik, sovuqlik va shunga o'xshash”.

Abu Abdulloh al-Xorazmiy yashagan davrning o'zida butun Yaqin va O'rta Sharqda ko'pgina mazhablar bo'lib, ular o'zaro kurash olib borar edilar. “Mafotih al-ulum” muallifi tomonidan yettiga bo'lingan va bayon etilgan musulmon mazhablari haqidagi ma'lumotlar muhim ahamiyatga egadir. Ana shu ma'lumotlar “kalom” bo'limining “Musulmon arboblari va mazhablari ismlarini zikr etish” nomli ikkinchi bobda berilgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy bu bobda mazhablarni o'zi va muallif fikricha ham qayd qilib o'tadi: “Mu'taziliylar- bu nom bilan haqiqatgo'ylik va yakkaxudolik ahli namoyondalarini ataydilar va ular 6 firqadan iborat.

Kalom bo'limi islomda mavjud bo'lgan diniy mazhablar va alalxusus, mu'taziliylar haqida mukammal ma'lumotlar borligi bilan diqqatga sazovordir. Ayniqsa, Mu'taziliylar X asrda rasmiy ta'qib qilinganini e'tiborga olsak, uning ahamiyati yanada ortadi. Bu bo'limdagi qimmatbaho ma'lumotlar qatoriga islomdan oldingi Eron va Yaman, Hindistondagi diniy e'tiqodlar va mazhablarning qayd qilinishini ta'kidlab o'tish kerak.

Bu bo'limda Abu Abdulloh al-Xorazmiy ob'yektiv baho beruvchi din tarixchisi sifatida gavdalanadi. Islom dini Sharqda keng tarqalgan o'sha davrdagi mazhablar haqidagi ma'lumotlarning bu qadar to'liq bayon etilishi muallifning mustaqil fikr egasi va yirik olim ekanligidan dalolat beradi. Boshqa tomondan esa, bu ma'lumotlar Yaqin va O'rta Sharqdagi hamda Markaziy Osiyodagi halqlarning dinlari tarixini o'rganishda ham katta ahamiyatga egadir.


Download 463,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish