Kutiladigan natijalar
|
O‘qituvchi: O‘quvchilarda «Tarix» fanini manbalar asosida o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini hosil qiladi. Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha tiglovchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga erishadi. O‘quvchilarda mavzuga oid tayanch kompetensiya elementlarining shakllanishiga ko‘maklashadi.
O‘quvchi: Zardushtiylik tarixi haqida bilimlarga ega bo’ladilar..
|
Kelgusi
rejalar
|
O‘qituvchi: Olgan bilimlarini xuddi shunday guruhlarga etkazadi.
|
DARSNING BOSQICHLARI
T.r.
|
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
Uslublar
|
Vaqti
|
I.
|
Tashkiliy
Ishlar
|
Salomlashuv.
Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash
|
og‘zaki
muloqot
|
3
daqiqa
|
|
II.
|
Dars
mazmunini tushuntirish
|
Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi
mavzuni tushuntirish.
|
tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.
|
25 daqiqa
|
|
III.
|
O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash
|
Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.
|
Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi
|
12
daqiqa
|
IV.
|
Dars
yakunlarini chiqarish
|
Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
|
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
|
5
daqiqa
|
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).
Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
Baholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
Zardushtiylikning vujudga kelishi tarixi
Miloddan avvalgi I mingyillikda O`rta Osiyoda zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi. Bu din hali odamlar tabiatni ilohiylashtirgan kezlarda kurtak yoza boshlagan edi.
Zardushtiylar olov (Quyosh), tuproq, suv, oy, yulduzlarga sig`inishgan, ularni muqaddas hisoblashgan.
"Zardushtiylik" so`zi ham Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan.
Zardusht — yangi zardushtiylik dini asoschisidir.
Keyinroq Yunonistonda payg`ambar Zardushtning ismi "Zoroastr" shaklida jarangladi (yunoncha "astron" — "yulduz" so`zidan), negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand yulduzshunos munajjim sifatida bilishar edi. Zardushtning ismidan kelib chiqqan holda uning ta'limoti ham zardushtiylik dini deb yuritila boshladi.
Tarqalishi
Zardushtiylik tarqala boshlagan kezlarda ibodatxonalar ham, odamlar duo matnlarini o`rganishi uchun maxsus kitoblar ham bo`lmagan. Diniy marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan qarshisida yoki uydagi o`choq olovi atrofida o`tkazilgan.
Zardushtning so`nggi va'zlari din xizmatchilari bo`lmish kohinlar tomonidan yozib olingan. Zardushtiylik kohinlari diniy matnlarni yod olib, dindorlarga o`qib berar edilar. Zardusht vafotidan keyin bir necha asrlar o`tgach, barcha diniy marosimlar, madhiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqaddas bo`lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi "Avesto" bo`lib, "qat`iy belgilangan qonun-qoidalar" degan ma'noni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |