Ko‘rsatkichlar
|
2015
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020
|
2021
|
Joriy narxlarda ishlab chiqarish usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot, milliy valyutada, mlrd. so`m
|
221 350,9
|
255 421,9
|
317 476,4
|
424 728,7
|
529 391,4
|
602 193,0
|
734 587,7
|
Doimiy narhlarda ishlab chiqarish usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot, o'tgan yil narxlarida, milliy valyutada, mlrd. so`m
|
200 316,3
|
234 481,8
|
266 648,4
|
334 477,2
|
448 979,2
|
539 377,0
|
646 876,4
|
Doimiy narhlarda ishlab chiqarish usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot, o'tgan yil narxlarida, foiz hisobida
|
107,2
|
105,9
|
104,4
|
105,4
|
105,7
|
101,9
|
107,4
|
Joriy narxlarda yakuniy iste'mol usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot, milliy valyutada, mlrd. so`m
|
221 350,9
|
255 421,9
|
317 476,4
|
424 728,7
|
529 391,4
|
602 193,0
|
-
|
Doimiy narxlarda yakuniy iste'mol usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot , o'tgan yil narxlarida, milliy valyutada, mlrd. so`m
|
200 316,3
|
234 481,8
|
266 648,4
|
334 477,2
|
448 979,2
|
539 377,0
|
-
|
Doimiy narxlarda yakuniy iste'mol usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot , o'tgan yil narxlarida, foiz hisobida
|
107,2
|
105,9
|
104,4
|
105,4
|
105,7
|
101,9
|
-
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot boshqa individual yoki jamoa birliklarga beriladi. Ishlab chiqarishning ikkita asosiy turi mavjud: mahsulotlar (tovarlar) va xizmatlar.
Tovarlar – egalik huquqi tarqatilishi mumkin bo’lgan fizik predmetlardir. Biroq tovarga egalik huquqining mavjudligi etarli emas. Tovarlar bir vaqtning o’zida ma’lum predmetlar bo’lib, ularga ma’lum birliklar ega bo’lishlarini hohlashlari kerak, ya’ni ularga talab bo’lishi lozim. U yoki bu tovarga egalik huquqi bir institutsional birlikdan boshqasiga bozordagi oldi-berdilarda qatnashish orqali o’tkazilishi mumkin. Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish deganda institutsional birliklar nazorati ostida, mehnat yoki kapital, tovar va xizmatlar xarajat qilinib, boshqa tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishi tushuniladi. Har doim ushbu jarayonga mas’ul bo’lgan va ishlab chiqarilgan natijaga egalik qiladigan institutsional birlik bo’lishi lozim. Uning ishlab chiqarish natijasi va ko’rsatgan xizmati to’lanishi yoki qandaydir tarzda qoplanishi talab qilinadi. Odamlarning ishtirokisiz yoki nazoratisiz sodir bo’ladigan sof tabiiy jarayonlar, ularning natijalari iqtisodiy qiymatga ega bo’lsada, iqtisodiy nuqtai nazardan ishlab chiqarish bo’lib hisoblanmaydi. Masalan, boshqarilmaydigan xalqaro suvlardagi baliq boyliklarining ko’payishi ishlab chiqarish sohasi bo’lib hisoblanmaydi, baliqlarni mahsus joylarda boqish va ko’paytirish esa, ishlab chiqarish sohasiga kiritiladi, chunki ushbu ishlar odamlar nazorati ostida, ma’lum xarajatlar qilib, amalga oshiriladi.
Hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar ikki yo’nalishda foydalanilishi mumkin: birinchidan, pirovard iste’mol, ya’ni ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan tovar va xizmatlar bozorga qaytib kelmaydi va to’laligicha xaridorlar tomonidan iste’mol qilinadi; ikkinchidan, ushbu tovarlardan foydalanib, boshqa tur va sifatga ega bo’lgan tovarlar ishlab chiqarish maqsadida oraliq iste’moli sifatida foydalaniladi.
Oraliq iste’moliga hisobot davrida ishlab chiqarish xarajatlari sifatida sarflangan va to’laligicha iste’mol qilingan tovar va xizmatlar qiymati kiradi. Ba’zi xarajatlar boshqa mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilganiga qaramasdan yana paydo bo’lishi mumkin. Masalan, dondan un ishlab chiqarilishi mumkin, undan, o’z navbatida, no ishlab chiqariladi. Boshqa xarajatlar to’laligicha iste’mol qilinidagi yoki foydalaniladi, masalan, yoqilg’i va ko’pchilik xizmat turlari.
Shunday qilib, pirovard mahsulotlar deganda, qaytadan sotish yoki qayta ishlash uchun emas, balki pirovard iste’mol uchun xaridorlar tomonidan sotib olinadigan tovar va xizmatlardir. Oraliq mahsulotlariga qayta ishlanadigan yoki qaytadan sotiladigan tovarlar kiradi. Yalpi ichki mahsulotni hisoblashda takroriy hisobga olish muammosi mavjud. Agarda takroriy hisobga yo’l qo’yilsa YaIMni hajmi sun’iy ravishda oshib ketadi. YAIM tarkibiga faqat pul birligida hisobga olinishi mumkin bo’lgan, ya’ni ishlab chiqarish ekvivalenti mavjud bo’lgan daromadlar (qayta taqsimlash natijasida olingan daromaddan farqli o’laroq) kiradi. Ushbu talab u yoki bu sohada pul birligida baholash mumkin va maqsadga muvofiq bo’lgan ishlab chiqarish va qayta taqsimlash hamda bozor operatsiyalari chegaralanishini talab qiladi.
YAIM – joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini aniq hisoblanishini talab qilganligi uchun, uning tarkibiga bu yil ishlab chiqarilgan, ammo sotilmay qolgan mahsulotni ham hisobga olinishi mantiqan to’g’ridir. Aks xolda zahiralarning o’zgarishini hisobga olmasdan hisob-kitoblar amalga oshirilgan taqdirda, joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi pasaytirilib ko’rsatilgan bo’ladi. Odatda, zahiralarning o’zgarishi joriy davr oxiri va boshidagi zahiralar qoldiqlarining farqi sifatida hisob–kitob qilinadi. Shu sababli joriy davrda katta miqdorda ilgari sotilmay qolgan mahsulotlarning sotilgan taqdirda, zahiralarning o’zgarishi manfiy miqdorga teng bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |