O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Fan: Statistika
Yo’nalish: Moliya va moliyaviy texnologiyalar
MUSTAQIL ISH
Mavzu :Milliy hisoblar tizimi
Bajardi: MM 82-2 guruh talabasi B.Yo’ldoshev
MILLIY HISOBLAR TIZIMI
Milliy hisoblar tizimi - bu iqtisodiy faoliyat natijalarini makrodarajada qayd etish va tahlil qilish uchun foydalanadigan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar, klassifikatsiyalar va schetlar tizimidir.
Milliy hisoblar tizimi ma’lumotlarining asosiy iste’molchilarini birinchi galda davlat boshqaruvi organlari tashkil etadi. Sababi, bozor iqtisodiyoti davrida davlat siyosatini ishlab chiqishda, ya’ni soliq va byudjet siyosati pul massasi, foiz qanday bo‘lish kerak, inflyatsiyaga qarshi kurash choralari, aholini ish bilan ta’minlash va davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijtimoiy himoyalash, daromadni taqsimlash, tashqi savdo siyosati va boshqa makroiqtisodiy muammolarni echishda foydalaniladi.
Yana asosiy iste’molchilardan biri korxonalar menejerlari, korparatsiyalar rahbarlari va biznes rahbarlar ishlarida foydalanadi, ya’ni, ular korxona uchun investitsiya, ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy kon’yunkturani tahlil qilish maqsadida foydalanadilar.
Makroiqtisodiy statistikada mamlakat iqtisodiyotining iqtisodiy salohiyatiga eng umumlashtirib baho beruvchi ko’rsatkich sifatida yalpi milliy daromad (YAMD) va yalpi ichki mahsulot (YAIM) qabul qilingan.
YAMD – ushbu mamlakat rezidentlari tomonidan, qaerdaligidan qat’iy nazar, olingan daromadlardir. Shu sababli ushbu ko’rsatkichga mamlakat fuqarolarining xorijda olgan daromadlari qo’shilib, norezidentlarga tegishli bo’lgan ushbu mamlakatda olingan daromadlar kiritilmaydi.
YAIM – kimga tegishli bo’lishidan (rezident yoki norezident) qat’iy nazar, ushbu mamlakat ichida olingan daromadlar. Shu sababli ushbu ko’rsatkichga mamlakat fuqarolarining xorijda olgan daromadlari kiritilmasdan, norezidentlarga tegishli bo’lgan ushbu mamlakatda olingan daromadlar qo’shiladi.
YAIM ma’lum davr mobaynida (chorak, yil) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati sifatida aniqlanadi. Ushbu yilda ishlab chiqarilgan tovarlarning bir qismi sotilmay qolsa, ular moddiy aylanma mablag’lar zahiralarida hisobga olinadi.
YaIM mahsulotlarning, sotilgan yoki sotilmaganligidan qat’iy nazar, ushbu yilda ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarning qiymatini ifodalagani sababli moddiy aylanma mablag’lar zahiralarining o’zgarishi YAIMni hisoblashda inobatga olinadi. Har qanday ishlab chiqarishning natijasi o’laroq, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hisoblanadi. Ishlab chiqarish deganda, umuman olganda, biror bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxonalarning xarajatlarni amalga oshirish jarayoni tushuniladi.
Milliy hisoblar
2021-yil uchun dastlabki ma'lumotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |