4) Subscriptio – bu qismda vrach farmasevtga tayyorlanadigan dori qanday shaklda bo’lishligi to’g’risida ko’rsatma beradi.
Misce fiat – aralashtir biron xil shakl xosil bo’lsin.
Misce – aralashtir, fiat – hosil bo’lsin.
Retseptda qisqacha qilib M.f. ko’rsatiladi.
Misol uchun: Misce fiat (m. f.) pulvis – aralashtir kukun hosil bo’lsin yoki m.f. Solutio – aralashtir eritma xosil bo’lsin va xokazo.
Rp.: Phthalazoli – 10,0
Natrii salicylici – 15,0
M. (misce), f. (fiat) pulvis.
Agarda retseptda ko’rsatilgan dori shakli kasal hayvonga iste’mol uchun bir necha kunga belgilab beriladigan bo’lsa u holda (Misce fiat) dori shakli ko’rsatilgandan so’ng, talab qilinayotgan dori miqdori va soni tuliq ko’rsatilib utiladi. Retseptda Dentur tales doses Numero qisqacha (D.t.d.N.), ya’ni – ber shunday miqdordagi dori sonini, deb yoziladi.
Misol uchun: Misce fiat. pulvis.
Dentur tales doses Numero 10.
qisqacha M.f. Pulvis. D.t.d. N 10.
bu yerda 10 dona kukun dori shakli
tayyorlab berilishi talab etilmoqda.
#
Rp.: Coffeini natrii-bensoatis – 0,2
Diuretini – 0,3
M.f. pulvis
D.t.d. N 10.
Do'stlaringiz bilan baham: |