Retsept asosan olti qismdan iborat bo’ladi: Inscriptio – retseptning sarlavxa qismi bo’lib, bu qismda qo’yidagilar ko’rsatilib o’tiladi.
Proepositio seu Invocatio – Davolovchi vrachning farmasevtga yozma murojaati.
Designatio materiarum – retseptning asosiy qismi bo’lib, bu qismda kasallikni davolash uchun qo’llanadigan barcha kerakli dori vositalari va uning miqdorlari ta’sir xususiyatlariga qarab navbat bilan lotin tilida yozib ko’rsatiladi.
Subscriptio – bu qismda vrach farmasevtga tayyorlanadigan dori qanday shaklda bo’lishligi to’g’risida ko’rsatma beradi.
Signatura yoki Da. Signa – (retseptda qisqacha S yoki D.S. bosh harflari yoziladi.) – bu qismda tayyorlangan dori vositasining qanday qabul qilish usuli milliy tilda yozib ko’rsatiladi va quyidagilar e’tiborga olinadi.
Nomen medici – retsept davolovchi vrachning imzosi va muxri bilan yakunlanadi.