Nazoratning tarbiyaviy vazifasi shundan iboratki, ta'lim oluvchilar tekshirishga tayyor bo'lish uchun darslarni o'z vaqtida tayyorlaydilar, bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o'rganadilar.
Agar nazoratning o'qitish va tarbiyalash vazifalari to'g'ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, his-tuyg'ulari va axloqiy sifatlami tarbiyalashga imkon tug'iladi. Bu esa o'zo'zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi. Ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma, malakalarini baholash turlari va mezonlari. Ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mav-zu bo'lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezoniari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, guruhda-gi ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasigatayangan holda belgilanadi. Respublikamiz oliy o'quv yurtlarida Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligining 2010-yil 25-avgustdagi 333-sonli buyrug'i bilan tasdiq-langan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risidagi muvaqqat Nizom»iga oid nazorat turlari quyidagicha: Joriy nazorat (JN);Oraliq nazorat (ON);Yakuniy nazorat (YaN). Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek, joriy va oraliq nazo-ratlarining saralash ballari haqidagi ma'lumotlar fan bo'yicha birinchi mashg'ulotda talabalarga e'lon qilinadi.
Joriy nazorat - talabaning fan mavzulari bo'yicha bilim va amaliy ko'nikma darajasini aniqlash hamda baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarda og'zaki so'rov, test o'tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o'tkazilishi mumkin.
Oraliq nazorat - semestr davomida o'quv dasturining tegish-li (fanning bir necha mavzularini ichiga olgan) bo'limi tugullangan-dan keyin talabaning bilim va amaliy ko'nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko'p o'tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og'zaki, test va hokazo) o'quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Yakuniy nazorat - semestr yakunida muayyan fan bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni talabalar tomonidan o'zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat, asosan, tayanch tushun-cha va iboralarga asoslangan «Yozma ish» (tibbiy oliy ta'lim muassa-salari uchun «Yozma ish» yoki OTKS (obyektiv tizimlashtirilgan kli-nik sinov) shaklida o'tkaziladi.
Ta'lim yo'nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarining xususi-yatlaridan kelib chiqqan holda fakultet Ilmiy kengashi qarori asosida ko'pi bilan 40 % faniardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (og'zaki, test, himoya va hokazo) o'tkazilishi mumkin. Talabaning fan bo'yicha mustaqil ishi JN, ON hamda YaN turla-rida baholanadi. Talabalarning bilim saviyasi, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo'yicha o'zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. Har bir fan bo'yicha talabaning semestr davomidagi o'zlashtirish ko'rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo'yicha quyidagicha taqsimlanadi: YaN - 30 ball; JN va ON - 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlari-ga taqsimlanadi). Talabaning fan bo'yicha o'zlashtirish ko'rsatkichini nazorat qilish-da quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:
86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo'lish.
71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
* mustaqil mushohada yurita olish;
• olgan bilimlarini amalda qoilay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
• tasavvurga ega bo'lish.
55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish; -<
tasavvurga ega bo'lish.
Quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi (qoniqarsiz) 0—54 ball bilan baholanishi mumkin:
Shuningdek, 86-100 ball - «a'lo», 71-85 ball - «yaxshi», 55-70 ball - «qoniqarli», 0-54 ball - «qoniqarsiz» baho deb baholanadi.
Fan bo'yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to'plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi, aksincha, 55 va undan yuqori balni to'plagan talaba fanni o'zlashtirgan deb hisoblanadi. Biz barcha uchun umumiy bo'lgan quyidagi amallarni talabalar bilan bajarishni tavsiya etamiz:
fan o'qituvchisi semestr davomida o'qitiladigan fanni soatlar
taqsimotini aniq bilish lozim;
talabalarga birinchi mashg'ulotdayoq baholash turlariga daxldor
ballar miqdorini berishi shart;
JN har bir juftligiga beriladigan ball miqdori talabaning quyidagi harakatlari uchun beriladi: mashg'ulotga qatnashish va faol ishti-roki; topshirilgan topshiriqni bajarilganlik darajasi; daftar tutishi va imloviy xatolarga e'tibor qaratilishi, olingan natijalarni ilmiy va izchil asoslay olishi, hozirjavobligi, topqirligi va ijodiy fikrlar bilan qatna-shishi;
Oraliq nazoratga ajratilgan ball miqdorini talaba darsga doimiy
faol qatnashishi hamda bosqichlarda bajaradigan ishlarning natijasi-
ga ko'ra to'playdi. ONda bajariladigan ishlar: savolnomalarga yoz-
ma javob berish, test savollarini yechish, alohida bob yoki mavzu-
larni mustaqil ish tarzida test savollari, boshqotirmalari yoki rebuslar
tuzish, ayrim mavzulardan referatlar yozish yoki mavzulardan og'zaki
savol-javob qilish kabilardir.
YaNga Nizom bo'yicha ajratilgan 30 ballga moslab, semestr
oxirida mustaqil ish topshiradi hamda tayanch tushunchalarga asos-
langan variantlar tuzilib, talaba o'z variantiga javob tarzida «yozma
ish» yozadi. YaNdagi ballar miqdori yozma ishning quyidagi holatla-
ri uchun beriladi: variant savollariga yozilgan javobning mukammal-
ligi, talabaning savodli va ilmiy tilda bayon etishdagi e'tibori, fikr-
mulohazalarining asosli va mantiqli ekanligi, daftarni tutish va jihoz-
lash tartibiga rioya qilinganligi, xulosalar va foydalanilgan adabiyot-
larni keltirilishi kabilardir. Umuman, reyting tizimi quyidagicha vazifalarni bajarishga qara-tilganligini unutmasligimiz lozim:
fanning talaba tomonidan tizimli tarzda belgilangan muddatlarda
o'zlashtirilishini tashkil qilish;
talaba o'zlashtirishini muntazam baholab borish;
talabalarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, axbo-
rot manbalardan samarali foydalanishni tashkil etish;
talabaning bilimini adolatli va aniq baholash;
baholash natijalarini muntazam ma'lum qilish va tahlil qilish;
professor-o'qituvchilarninghar bir darsga va baholash jarayoni-
ga mas'uliyatini oshirish;
o'quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sha-
roit yaratish.
Yuqorida keltirganlirimizdan ko'rinadiki, bilimga baho qo'yish bitta mashg'ulotning barcha qismlariga singib ketishi bilan birga, butun fanning mazmunidan ham xabardor bo'lishni taqozo etadi. Bu esa ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi doimiy ijodiy munosabatni amalga oshirishni talab etadi. Uiar o'tilgan materiallar-ni qaytarish, yangi materiallarni tushunish uchun zamin ekanligini tushunib yetadilar, barcha topshiriqlarni o'z vaqtida bajarishga faol-lik ko'rsata boshlaydilar. Talabalarni JN, ON va YaNlar bilan baho-lar ekanmiz, albatta, ularning yutuq va kamchiliklarini yoritib beri-shimiz, javoblarini yoki yozma bajargan ishlarini tahlil qilishimiz lozim. Chunki, fan ta'lim beruvchisi talabalarning semestr davomi-da bajargan ishlari, faol ishtiroki va boshqa javoblarini aniq hisob-ga olib bormasa va natijaviy balini chiqarganda qisqacha izohlab bermasa, ulardr qo'yilgan bahoning to'g'riligiga shubha tug'ilishi mumkin.
Ko’rinadiki, o’zaro ta'sir natijasini nazorat etish mеtodlari nig’oyatda rang-barangdir. hozirgi paytda tеstlar, dasturlashtirilgan matеriallar vositasida nazorat qilish rеspublikamiz o’qituvchilar tajribasida kеng o’rin olmoqda.
Tеst nima? Tеst bеrilgan altеrnativ javoblardan to’g’risini tanlashga oid nazorat topshiriqidir. O’quv fani bo’yicha tuziladigan nazorat tеstlari, boshqa o’quv topshiriqlariga o’xshab, to’rt xil elеmеntlardan tarkib topadi; mazmun, maqsad, funktsiya, mеtod. Boshqacha aytganda, tеst ma'lum o’quv matеriali asosida tuziladi, bilimlarni nazorat qilish maqsadiga qaratiladi, faoliyatda bilimlarni tеkshirish vazifasini bajaradi, bеrilgan javoblardan to’g’risini yoki eng to’g’risini ajratish mеtodi bilan bajariladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari uchun talabalarni test usulida qabul qilish to’g’risida»gi Qarori O’zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib testshunoslikdan foydalanishga keng yo’l ochib berdi. Jahon pedagogikasi va psixologiyasida mustahkam o’rin olgan test usuli mamlakatimiz ta`lim tizimida jadallik bilan tadbiq qilinmoqda. Respublika Davlat Test markazining faoliyat ko’rsatayotganligi mamlakatimizda testshunoslikning davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masala darajasiga ko’tarilganligining yaqqol dalilidir.
Pedagogik testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya, YAponiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro’yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog’lanish mavjud: testlarni qo’llash ta`lim sifatiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi; ta`lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog’liq; oqilona boshqaruv esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi.
Testshunoslik batafsil bayon etilishi zarur bo’lgan alohida soha ekanligi va shu bilan birga test topshiriqlari pedagogik texnologiya bo’yicha loyihalangan tashhislanuvchi o’quv jarayonini amalga oshirishning muhim vositasi ekanligini ham e`tiborga olib, bu bo’limda testshunoslik tarixi (J. Fisher, F. Gamelton, CH. Grim, CH. Rassel), test usulining afzalliklari, test shakllari va ularni tuzishga oid didaktik talablar haqida ixcham ma`lumot beriladi.
1. Test shakllari va ulardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |