Fan nomi:O'zbek tilining sohada qo'llanilishi.
Fan o‘qituvchisi: A.Rasulova
Tayyorladi .Rustamova Shahruza
Mavzu:O'zbek tilining sohada qo'llanilishi va uning jamiyat hayotida tutgan o'rni .
O'zbek tilining qabul qilishi
01
Til millat ko'zgusi
02
Til va tafakkur
03
Tilning jamiyat hayotidagi o'rni
04
Reja:
1989-yil 21-oktabrda istiqlol sari tashlangan dadil qadam sifatida O'zbekiston Respublikasining 30 moddadan iborat ―Davlat tili haqidagi tarixiy qonuni qabul qilindi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilingan kun 21-oktabr o'zbek tili bayrami kuni deb e‘lon qilindi va har yili boshqa bayramlar qatori yuqori ko'tarinkilik bilan nishonlanib kelinadi.
Dunyoda uch mingga yaqin til mavjud, lekin barcha tillarga ham davlat tili degan sharafli maqom nasib etmagan. Yer yuzida o'z suveren huquqiga ega bo'lgan (ikki yuz atrofida) nechta davlat bo'lsa, shunga yaqinroq davlat tili mavjud bo'lar ekan. Milliy qomusimizning ma‘lumotiga ko'ra, Yer yuzidagi uch ming tildan atigi 116 tasi davlat tili maqomiga ega.O'zbek tilining bu mo'tabar minbardan o'rin olishi, ya‘ni davlat tili maqomiga ega bo'lishi - bu bir baxt, qolaversa, mo'jiza!
Til millat ko‘zgusi, g‘ururi, tafakkur manbaidir. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”.
Til va tafakkur.
Tafakkur arabcha so’z bo’lib, fikr yuritish,o’ylash, fikrlash kabi ma'nolarni ifodalaydi. Tafakkur orqali
obyektiv borliqni taniy boshlaymiz. Bu borada mutafakkir Alisher Navoiy shunday yozadi:
Ki har ishni qildi odamizod,
Tafakkur birla qildi oni bunyod
Tafakkur fikrning ko’pligi hisoblanar ekan, til mana shu fikrlarning voqe bo’lishidir, ya’ni fikr (tafakkur)ning ro’yobga chiqishida til asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Til va tafakkur uzviy bog’liq. Tilsiz
tafakkur va tafakkursiz til mavjud bo’lolmaydi
XX asrning buyuk yozuvchilaridan biri Oybek “Navoiy” asarida “Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” deydi.
Buning ma’nosi shuki, kishi qanchalik ko’p o’ylasa, fikr yuritsa, uning qiladigan amali ham, aytadigan
so’zi ham shunchalik go’zal bo’ladi, boshqalarga ibrat bo’ladi.Tafakkur, jamiyat, mehnat faoliyati davomida o’sib, rivojlanib boradi. Demakki, til va uning ko’rinishi bo’lgan nutq ham tafakkur bilan bog’liq holda
takomillashib boradi.
“O’zbek tilining izohli lug’ati”da “til”ga shunday ta’rif beriladi:
“Kishilar o’rtasida, jamiyatda o’zaro fikr almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning asosiy o’rganilish obyekti”. Biz o’z fikrimizni
tilsiz turli vositalar bilan (qo’l, bosh, yuz, ko’z harakati bilan) ham bir qism ifodalashimiz mumkin. Biroq til va uni ro’yobga chiqaruvchi nutqimizsiz ko’zlangan maqsadga to’liq erisholmaymiz.
A.Navoiyning quyidagi misralarini eslatib o’tish maqsadga muvofiq:
Insonni so’z ayladi judo hayvondin,
Bilki, guhari sharif yo’qdur ondin.
1. Til – aloqa quroli. Nutq ana shu aloqa jarayonini amalga oshiruvchi vosita, aloqa shaklidir.
2. Tilning umri uni yaratgan xalqning o’zidek uzoq tarixga ega. Nutqning umri alohida bir shaxs umri bilan
teng.
3. Til muayyan bir tilda so’zlovchilar uchun umumiy bo’ladi. Til me’yorlaridan kelib chiqib, barchaga bir xil talab qo’yiladi. Masalan, maktab so’zi turli hududlarda
turlicha talaffuz etilsa ham (jumladan, maktap, mektep va h.k.), orfoepiya qoidasiga ko’ra shu millatning barcha
vakili maktab tarzida talaffuz etishi me’yoriy hol sanaydi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Insert the Subtitle of Your Presentation
Do'stlaringiz bilan baham: |