Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy
olamini
ifodalovchi
tushuncha.
U
kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy,
badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz
ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining
asosida "maʼno" soʻzi yotadi. Maʼlumki,
insonning tashqi va ichki olami mavjud.
Tashqi
olamiga
uning
boʻybasti,
koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va
boshqa kiradi. Ichki olami esa uning
yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-
istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz
ichiga oladi. Insonning ana shu ichki
olami ma’naviyatdirr.
Ma’naviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq
biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi,
muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga
insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima,
yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima
— bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda
yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi,
yaxshilikka
boshlovchi
amallarni
bajaradi.
Qisqasi,
Ma’naviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni
sevish, vatanpar-varlik inson Ma’naviyatini belgilovchi
asosiy omillardan biridir.
Mustaqillik tufayli oʻzbek
xalqining koʻp asrlik boy
tarixiy, ilmiy, madaniy va
diniy merosini oʻrganish,
undan xalqning umumiy
va bebaho mulki sifatida
foydalanishga keng yoʻl
ochildi.
Ma'naviyat
harakatdagi
ong,
dunyoqarash, iroda, urf- odatlar,
madaniy qadriyatlar tizimi hamda u
aqliy va hissiy muhit sifatida
ijtimoiy hayotning barcha sohalari
va shakllari bilan bevosita bog’liq.
Ko’p larda ularga nisbatan aqliy,
g’oyaviy-mafkuraviy
negiz
vazifasini o’taydi, ammo o’zi ham
ijtimoiy hayot yangiliklari hisobiga
boyib
boradi:
shaklan
rang-
baranglik, mazmunan teranlik kasb
etadi.
Ma'naviyatimizning bugungi
kundagi ayrim xususiyatlarini,
o’ziga xos jihatlarini to’g’ri
tushunish
uchun
uning
shakllanishiga va rivojlanishiga
ta'sir ko’rsatgan asosiy omillar
to’grisida
gapirish
kerak.
Ma'naviyatning
o’zak
tushunchalari, avvalo, tarixan
vujudga kelgan tabiiy iqlim
sharoitlari bilan uzviy bog’liq
bo’lgan
ishlab
chiqarish
xususiyatlari
ta'sirida
shakllanadi.
Har qanday jamiyat, tuzum barqaror rivojlanishga intilibgina qolmasdan,
o’zining tabiatiga, mohiyatiga mos shaxsni voyaga yetkazishga ham muhim
e'tibor beradi; uning axloqiy, huquqiy, estetik me'yorlari ijtimoiy institutlarining
faoliyati shu maqsadga bo’ysundiriladi.
Mustaqil
O’zbekiston
ham
jahonning
eng
ma'rifatli
mamlakatlari orasida o’z o’rnini topib, barqaror rivojlanish uchun mustaqillik
dunyoqarashiga ega bo’lgan, milliy iftixor tuyg’usi bilan yo’grilgan, ammo
millatchilik va milliy mahdudlikdan holi, hur va erkin fikrlovchi, ayni vaqtda
fuqarolik mas'uliyatini to’g’ri tushunadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
o’z kasb-kori, ijtimoiy muhiti talab qiladigan darajada o’zlashtirgan shaxsni
tarbiyalashi lozim. Buning uchun jamiyatla ikki yo’nalishda ish olib
boriladi. Birinchidan, shaxs kamoloti uchun obyektiv shart-sharoitlar
yaratiladi.
Аjdodlarimiz tashbehiga koʼra, maʼnaviyat inson qalbida aks etgan ilohiy nur, Oliy haqiqat
nuri boʼlib, uni oʼzida aks ettira olishi uchun inson qalbi sayqal topmogʼi zarur. Zero,
sayqallanmagan koʼngilni xudbinlik zangi, gʼaraz chirki egallab oladi va bunday inson
ruhiyatida jaholat va zulmat ustunlik qila boshlaydi. “Koʼngil koʼchalari qaylarga boshlamaydi”
deyilganda, ana shu zulmatda qolgan koʼngil koʼchalaridagi adashuv, gumrohlik nazarda tutilsa
kerak.
Inson qalbiga sayqal berish jarayoni esa maʼrifat deyiladi
Maʼnaviy kamolot jarayoni turli oʼlchamlarda amalga oshadi. Biri alohida shaxs umri
davomida, ikkinchisi – millatning tarixiy taraqqiyotida, yana mintaqa miqyosida,
umumbashariy miqyosda va hokazo. Bu jarayonlar, albatta, bir-biri bilan uzviy bogʼlanishda
boʼladi. Masalan, yakka shaxs maʼnaviyatining shakllanishi umummilliy va umumbashariy
maʼnaviy taraqqiyot darajasiga koʼp jihatdan bogʼliq boʼlsa, millatning maʼnaviy takomili uni
tashkil etuvchi shaxslar maʼnaviy dunyosidagi oʼzgarishlar tufayli yuz beradi .
Maʼnaviyatimizning rivojlanish tarixi keyinroq alohida fan sifatida batafsil oʼtiladi.
Fikrimizcha, millatning tarixiy jarayondagi maʼnaviy takomili bilan shu millatga tegishli har
bir shaxsning oʼz umri davomidagi maʼnaviy takomili muayyan darajada oʼzaro uygʼun
kechadi. Chunki millatimiz uchun xos boʼlgan asosiy maʼrifat yoʼllari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |