Fan nomi: Fizika Guruh: 962-21 (sirtqi) Bajardi



Download 107,03 Kb.
Sana01.05.2022
Hajmi107,03 Kb.
#600993
Bog'liq
fizika mustaqil ish Vaisova N




Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti Urganch filiali Kompyuter injiniringi fakulteti





MUSTAQIL ISH

Mavzu: Yorug’likning elektromagnit to’lqin nazariyasi.




Fan nomi: Fizika
Guruh: 962-21 (sirtqi)
Bajardi: Vaisova Nodira
Tekshirdi: Saidov D
Urganch 2022y.


Yorug‘likning elektromagnit to‘lqin nazariyasi.Yorug‘lik to‘lqinlarining fazoviy va vaqt bo‘icha
kogerentligi.Kogerent yorug‘lik to‘lqinlarini olish usullari. Interferensiya hodisasining texnikada
qo‘llqanilishi.
O‘z vaqtida Nyuton yorug‘lik haqida mulohaza yuritar ekan, bu haqida, «yorug‘lik – tezligi deyarli cheksiz
bo‘lgan mayda zarrachalardan tashkil topadi» deb ta'kidlar edi. Nyutonning zamondoshi bo‘lgan yana bir
mashhur fizik olim Xristian Gyuygens esa aksincha, yorug‘lik to‘lqin tabiatiga ega bo‘lib, u xuddi
tovushning havoda, yoki, istalgan biror moddiy muhitda tarqalishi singari tarqaladi degan g‘oyani ilgari
surardi. Taassufki, Gyuygensning g‘oyalari Nyutonning ilmiy nufuzi soyasida qolib ketdi va akademik
doiralarda unchalik ham katta qiziqishga sabab bo‘lmadi. Hatto, odatda sermulohazaligi bilan ajralib
turadigan kuchli olimlar ham, faktlarni tekshirib o‘tirmasdan, shunchaki Nyutonning ta'kidlariga ishonib
qo‘ya qolishdi. Chunki, ularning fikricha, Nyuton noto‘g‘ri gapirishi ehtimoli mavjud emasdi…
Biroq, yangi avlod olimlari asta-sekinlik bilan katta sahnaga chiqib kelar ekan, baribir yorug‘lik tabiatiga
Nyuton g‘oyalaridagi kemtiklarga e'tibor qaratila boshladi. 1700 yilga kelib, Yung, Frenel va boshqa
olimlar, yorug‘likning Nyuton ta'limoti bilan tushuntirib bo‘lmaydigan ayrim xossalarini o‘rganishga
kirishdilar. Nyuton yondoshuvi bilan tushuntirib bo‘lmaydigan yorug‘lik hodisalari orasida, Nyuton
halqasi deb ataladigan hodisa, shuningdek, ayrim hashoratlarning tanasida yuz beradigan murakkab
yorug‘lik interferensiyasi natijasida ularning yorqin tus bilan tovlanishi kabilar mavjud edi. Nyuton
halqasini fotoplyonka bilan ishlab ko‘rgan fotograflar juda yaxshi bilishdi. U diapozitiv shisha plastinkalar
orasiga joylashtirilgan vaqtda hosil bo‘ladi. Yung va Frenellarning tajribalari ham yorug‘likning to‘lqin
tabiatiga ega ekaniga yaqqol ishora qilib, Gyuygensning ishlarida haq gaplar keltirilganini ko‘rsatib
bergan bo‘lsa-da, baribir, yorug‘likning to‘lqin tabiati haqidagi g‘oya XIX asrning ikkinchi yarmigacha ham
shubha ostida qolaverdi. Buning ikkita asosiy sababi bor edi. Birinchisi – Faradeyning tajribalari bo‘lib, u
magnit maydonining yorug‘likka ta'siri mavjudligini ko‘rsatib bergandi. Ikkinchi sabab esa, Maksvell olib
borgan tajribalar bo‘lib, unda elektr va magnit hodisalarining o‘zagi bitta ekani ifodalab berilgan edi.
Bunga ko‘ram yorug‘lik – elektromagnit tabiatiga ega bo‘lib, bu – shakl va tarkibning yorug‘lik
ko‘rinishidagi ajoyib uyg‘unligiga ishora edi.
Elektromagnetizm haqidagi tushunchalarning rivojlanishi asnosida yuzaga kelgan yorug‘likning
mohiyatiga oid yangi fikrlar, yorug‘lik tabiatiga oid avvaldan mavjud chalkashliklarni yanada
chigallashtirib yubordi. Bu masala ayniqsa Faradeyni ikkilantirib qo‘ygandi. Faradey yorug‘lik tabiatiga
oid yangi izohni izlay boshladi. Xususan Faradeyning kuch chiziqlari ham shunday tabiatga ega bo‘lib,
ularni statik emas, balki, dinamik nuqtai nazardan qarash lozim edi. Faradey yorug‘likning elektromagnit
tabiati haqida fikrlar ekan, bu boradagi o‘z ilmiy tekshirishlarining natijalarini, o‘zining 1846-yilda chop
etilgan «Nur vibratsiyalari haqidagi fikrlar», hamda, «Magnit kuchining fizik chiziqlari haqida» deb
nomlangan, 1851-yilda chop etilgan asarlarida bayon qilgan.
Faradey tomonidan 1845-yilda kashf etilgan, magnetizm hamda yorug‘lik hodisalarining o‘zaro bog‘liq
ekanligi haqidagi kashfiyot, yorug‘likning mohiyati haqidagita'limotlarga yangi qon bo‘lib kirib keldi va
yorug‘lik to‘lqinlarining qat'iy ko‘ndalangligiga yana bir bora ishora bergan edi. Bu esa, olimlar ongida
o‘rnashib qolgan, efir haqidagi eski aqidaga zid bo‘lib, bu Faradey g‘oyalarining ham xuddi Gyuygens
g‘oyalari kabi shubha ostiga olinishiga sabab bo‘lishi mumkin edi. Faradey o‘zining yorug‘likning‘
elektromagnit tabiati haqidagi fikrlarini bayon qilar ekan, ko‘ndalang to‘lqinlar hosil bo‘ladigan kuch
chiziqlari haqida to‘xtalib, shunday deydi: "Bizga ma'lum nazariyadagi (olim bunda Gyuygensning to‘lqin
nazariyasini nazarda tutmoqda) - tebranishlar yorug‘lik hodisalarining asosini tashkil etishi va u bilan
bog‘liq hodisalar esa, kuch chiziqlarida sodir bo‘lishi mumkinligi haqida taxmin qilib ko‘rish mumkin.
Ushbu kuch chiziqlari zarrachalarni o‘zida birlashtiradi. Demak, materiyaning massasini va tebranishini
umumlashtiradi. Agar imkon berilsa, bu g‘oya bizni efir tushunchasidan xalos etishi mumkin. Boshqa
tomondan qaralsa, ushbu tebranishlar aynan efir muhitida yuz beradi deb olinadi". Olim elektromagnit
kuch chiziqlarida yuz beruvchi tebranishlarning mohiyatini qandaydir mexanik jarayonlarga
asoslanmagan, aksincha, bu tur tebranishning tamomila yangicha, hali to‘liq tushunib yetilmagan
qandaydir "oliy" turi deb ataydi. Bu turdagi tebranishlar ko‘ndalangiga yuz beradi va shu sababli har xil
qutblanish jarayonlarini ham aynan shu nuqtai nazardan izohlash mumkin bo‘ladi. Bunday tebranishlari
havo va suyuqliklardagi tovushning bo?ylab tebranishlar bilan tarqalishi hodisasiga umuman
o‘xshamaydi. Faradeyning o‘z ta'biri bilan aytganda, ushbu g‘oya, ya'ni, yorug‘likning elektromagnit
tabiati tushunchasi, yorug‘lik fizikasidan efir tushunchasini chiqarib tashlaydi; lekin tebranishlar
tushunchasini saqlab qoladi. Olim ushbu elektromagnit to‘lqinlar, ya'ni, yorug‘lik muayyan chekli tezlik
bilan harakatlanadi deb uqtiradi: "...Kuch chiziqlarining bir tarafida yuz bergan o‘zgarish, chiziqlarning
boshqa tarafida ham o‘zgarishlar yuz berishiga sabab bo‘ladi. Yorug‘likning, umuman olganda, har
qanday nurlanishlarning tarqalishi uchun vaqt zarur bo‘ladi. Kuch chiziqlaridagi tebranishlar tufayli
yorug‘lik paydo bo‘lishi uchun, ushbu tebranishlarning o‘zi ham muayyan vaqt davom etishi kerak".
Yorug‘likning mohiyatini yangi nuqtai nazardan tekshirayotgan Faradey ushbu fikrlari orqali fanga yangi
bir g‘oyani ham olib kirgan edi. Ya'ni, u elektromagnit kuch chiziqlarining ko‘ndalang tebranishlari orqali,
muayyan chekli tezlikka ega bo‘lgan yorug‘lik nurlari tarqaladi degan ta'limotning yuzaga kelishiga sabab
bo‘ldi. Bunda ikkita muhim g‘oya mujassam bo‘lgan. Birinchisi - elektromagnit hodisalari va yorug‘lik
hodisalarining mohiyati bir; qolaversa, yorug‘lik muayyan vaqt davomida tarqaladi va binobarin, uning
tezligi chekli. Faradeyning ushbu g‘oyalaridan ilhomlangan Jeyms Klark Maksvell o‘zining Bregg ismli
do‘stiga yozgan xatida shunday deydi: "Faradeyga tegishli bo‘lgan "Nur vibratsiyasi haqida fikrlar" (1846
yil may) va yoki, "Eksperimental tadqiqotlar"asarlarida keltirilgan, yorug‘likning elektromagnit tabiati
haqidagi nazariya aslida men o‘zimning "Maydonning dinamik nazariyasi" (may 1865) maqolamda
o‘rtaga tashlagan nazariyaning o‘zginasidir. Faqat, farqi shundaki, 1846 yilda ushbu tebranishlarning
tarqalish tezligi haqida ma'lumotlar mavjud bo‘lmagan". Yuqoridagi fikrlari orqali, mashhur olim
Maksvell, olimlarga xos kamtarinlik bilan, yorug‘likning elektromagnit tabiati haqidagi o‘z
tadqiqotlarining asosida Faradey ishlari yotganini tan olib o‘tadi. Biroq, bu borada tan olingan asosiy
ilmiy ishlar baribir Maksvell qalamiga mansub bo‘lib, yorug‘likning to‘lqin tabiatiga ega ekanini
isbotlagan va bu orqali fizikada Nyuton obro‘si orqali o‘rnashib qolgan chigal tushunchalarga barham
bergan shaxs aynan Maksvell bo‘ladi.
Jeyms Klark Maksvell (1831-1879) Shotlandiyaning Edinburg shahrida tavallud topgan. U tug‘ilganidan
bir necha kun o‘tib, ota-onasi o‘zlariga qarashli Glenler yeriga ko‘chib o‘tishadi. Maksvell bolaligida otaonasi uning uchun muallim yollab, uyda ta'lim berishgan. Keyinchalik bo‘lajak olim, o‘z davri uchun
yangilik bo‘lgan o‘quv muassasasi – Edinburg akademiyasi nomi bilan ochilgan chuqurlashtirilgan ta'lim
beruvchi maktabga qatnay boshlagan. Maksvell ushbu akademiyaning ilk bitiruvchilaridan bo‘lib, shu
tufayli uning uchun Edinburg universitetida kirishi ham birmuncha oson kechgan.
Maksvell talabalik yillaridayoq taranglik va elastiklik nazariyasiga oid jiddiy va ajoyib bir ilmiy ish bilan
chiqish qilib, olimlar va mutaxassislarni lol qoldirgan edi. Undagi iqtidor va o‘tkir zehnni payqagan
ustozlari, bo‘lajak olimni Kembrij universitetiga o‘qishga jo‘natishga qaror qilishadi. Maksvell o‘ta
intiluvchan, kuchli intellektual salohiyatga ega, ajoyib mantiqiy fikrlash va xulosalash qobiliyatiga bilan
yaqqol ajralib turgan. U Kembrijni o‘zi tamomlagan yildagi talabalar reytingida universitet bo‘yicha
ikkinchi o‘rinda bo‘lgan.
Endilikda bakalavr diplomiga ega yosh mutaxassis Maksvellning ilmiy salohiyatini Kembrij
universitetidagi o‘z ustozlari va umuman ilmiy-pedagogik jamoa juda yaxshi bilardi va uni o‘zlarida
o‘qituvchi sifatida olib qolishga urinishardi. Maksvell dastavval o‘z ustozlarining taklifiga rozi bo‘ldi
Kembrijdagi Triniti-kollejida o‘qituvchilik qila boshladi. Biroq, uni zamonaviy fizikaning dolzarb masalalari
ko‘proq qiziqtirardi va u ilmiy tadqiqotlar olamiga sho‘ng‘imoqchi edi. Uning geometriya va ranglar bilan
bog‘liq fizik hodisalarga qattiq qiziqishi 1852 yildan boshlangan bo‘lib, yosh mutaxassis Maksvell bu
borada uncha-muncha ish qilib qo‘ygandi. Endi esa, uni Faradeyning asarlari orqali, elektromagnit
hodisalari qiziqtirib qo‘ydi.
1854-yilning 20-fevralida Maksvell boshqa bir yirik fizik olim Tomsonga yozga xatida o‘zining kelajak ilmiy
rejalari haqida o‘rtoqlashib, endilikda «elektr sohasiga hujum qilmoqchi» ekanini aytadi. Tez orada uning
ushbu «hujumi»ning amaliy natijalari ham ilmiy jamoatchilik e'tiboriga havola etiladi. Olim qalamiga
mansub «Faradeyning kuch chiziqlari haqida»nomli ilmiy ish uning elektromagnit hodisalarini tadqiq
qilishidagi dastlabki yutuqlarini o‘zida ifoda etgan. Shundan so‘ng Maksvell elektromagnit maydon
nazariyasiga oid yana ikkita mukammal ilmiy ishlarni e'lon qildi va shunday qilib, uning jami uch qismdan
iborat ilmiy ishi yuzaga keldi. Shunisi qiziqki, «maydon» so‘zini Maksvell o‘zining Tomsonga yo‘llagan va
yuqorida qayd etilgan xatidagina qo‘llaydi. Lekin, u o‘zining rasmiy e'lon qilingan, kuch chiziqlariga oid
uch qismli ilmiy ishlarida «maydon» atamasidan foydalanmaydi. Hozirda fizikadagi asosiy
tushunchalardan biri sanaladigan ushbu muhim tushuncha, Maksvell asarlarida faqat 1864 yildagi
«Elektromagnit maydonning dinamik nazariyasi» asarida qayta paydo bo‘lgan.
Nazariyasi haqida ikkita katta ilmiy ish yozib, nashrdan chiqargan. Ulardan birinchisini olim 1861-1862
yillarda yozgan bo‘lib, «Fizik kuch chiziqlari haqida» deb nomlangan. Olimning ikkinchi muhim ilmiy ishi
esa, yuqorida ham qayd etilgan asar bo‘lib, u 1864-1865 yillarda yozib tugatilgan «Elektromagnit
maydonning dinamik nazariyasi» asaridir. Mazkur ilmiy ishlar, XIX asr ikkinchi yarmi ilm-fanida tub
burilish yasagan eng muhim ilmiy nazariyalardan bo‘lib, ushbu ishlar orqali Jeyms Klark Maksvell
qandaydir o‘n yil ichida yosh mutaxassis o‘qituvchilikda, o‘z zamonasining eng yirik fizik olimlari qatoriga
chiqib bordi. Uning elektromagnit maydon nazariyasiga oid izlanishlari fizikaning mazkur yo‘nalishida
fundamental ishlarga aylandi va termodinamika, statistik fizika, hamda mexanika sohalari bilan bir
qatorda, mumtoz fizikaning asoslaridan biriga aylandi.
Maksvell ilmiy faoliyatining eng cho‘qqisi esa, uning «Elektr va magnetizm haqida risola» asaridir. Unda
olim o‘zining 1854-yildan boshlab elektromagnetizm sohasida olib borgan, ko‘p yillik ilmiy izlanishlari va
tajribalarining yakuniy xulosalarini bayon qiladi. Shunisi e'tiborga molikki, ushbu «Risola'ning
muqaddimasini Maksvell 1873 yilning 1-fevral sanasi bilan imzolagan. Ya'ni, olim o‘zining asosiy ilmiy
tadqiqoti yuzasidan naq 20 yil mehnat qilgan ekan!
Maksvellning yuqorida sanab o‘tilgan ilmiy ishlaridagi eng muhim, fundamental ahamiyatga ega
xulosalardan biri shu ediki, tabiatda hali fiziklarga ma'lum bo‘lmagan elektromagnit to‘lqinlar mavjud
bo‘lib, ularning bo‘shliqdagi tarqalish tezligi yorug‘lik tezligi bilan bir xil, ya'ni, soniyasiga 300000 km
bo‘lishi kerak ekan. Maksvell fiziklarga shuni ta'kidlardiki, elektromagnit to‘lqinlar hosil bo‘lgan
zahotiyoq fazo bo‘ylab yorug‘lik tezligi bilan bir xil tezlikda tarqaladi va borgan sari yana va yana katta
hajmni egallab boradi. Olimning tasdiqlashicha, biz ko‘zimiz ko‘radigan yorug‘lik ham, aslida,
o‘zgaruvchan elektr toki oqayotgan o‘tkazgich atrofida hosil bo‘ladigan elektromagnit to‘lqin bilan bir xil
narsa. Faqat ular to‘lqin uzunligiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Ya'ni, soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak,
yorug‘lik ham elektromagnit to‘lqindir. To‘lqin uzunligi juda qisqa bo‘lgan elektromagnit tebranishlarni
biz yorug‘lik sifatida ko‘ramiz va his qilamiz.
Elektr maydonidagi o‘zgarishlar natijasida magnit induksiyasi oqimi yuzaga kelishi haqidagi Maksvell
taxmini ilm-fandagi navbatdagi muhim qadam bo‘lgan edi. Ya'ni, magnit maydoni atrofida hosil
bo‘ladigan o‘zgaruvchan elektr maydoni, o‘z navbatida o‘sha elektr maydonni qoplab oladigan
o‘zgaruvchan magnit maydonining paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘z navbatida, ushbu o‘zgaruvchan
magnit maydoni yana elektr maydonining yuzaga kelishiga omil bo‘ladi va jarayon shu taxlit davom
etaveradi.
Shu taxlitdagi tez o‘zgaruvchan elektr va magnit maydonlari fazoda yorug‘lik tezligida tarqalib,
elektromagnit maydonni hosil qiladi. Elektromagnit maydon esa fazoda» tarqalish jarayonida bir
nuqtadan boshqasiga elektromagnit to‘lqinlar hosil qiladi. Ushbu fazoning har bir nuqtasidagi
elektromagnit maydon, uning elektr va magnit maydonlarining kuchlanganligi orqali xarakterlanadi.
Elektr va magnit maydonlarining kuchlanganligi esa vektor kattaliklar bo‘lib, ularning nafaqat qiymati,
balki, yo‘nalishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Maydonlarning kuchlanganlik vektorlari o‘zaro
perpendikulyar bo‘lib, tarqalish yo‘nalishiga ham perpendikulyar bo‘ladi. Shu sababli ham, elektromagnit
to‘lqinlar ko‘ndalang bo‘ladi.
Maksvell nazariyasiga binoan, elektromagnit to‘lqin faqat elektr va magnit maydonlarining
kuchlanganligining o‘zgarishi juda tezkor ravishda ro‘y bergandagina hosil bo‘ladi.
O‘sha davrda Maksvell g‘oyalari fizikada kuchli shov-shuvga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin uning haq
ekanligini amalda isbotlash uchun biroz muhlat talab etildi. Biroq, olimning o‘zi, mohiyatan o‘zi kashf
etgan elektromagnit to‘lqinlarni «ko‘rolmay», 1879-yilda vafot etdi. «Ko‘rolmay» so‘zini biz bekorga
qo‘shtirnoq bilan keltirmadik. Zero, yorug‘lik nurlaridan boshqa turdagi elektromagnit to‘lqinlarni odam
ko‘zi ko‘rolmaydi va shu sababli ham ular haqida uzoq asrlar, ming yilliklar davomida odamzot hech
narsa bilmagan. Lekin, ushbu elektromagnit to‘lqinlar bizni har tomondan o‘rab turganini, ular har doim
har yerda mavjudligini Maksvell taxmin qilgan bo‘lib, o‘z taxminining amaliy isbotini ko‘rishi mumkin edi.
Maksvell o‘zining haq ekani isbotlanishigacha atiga 9 yil qolgan vafot etgan.
Maksvellning elektromagnit to‘lqinlarning mavjudligi haqidagi taxminlarini amaliy tajriba yo‘li bilan
olmon olimi Genrix Gers isbotlab berdi. XIX asrning 80-yillari boshida Gers Maksvell asarlarida qayd
etilgan va o‘sha payt uchun «hozircha faqat ilmiy faraz» deb hisoblanayotgan elektromagnit to‘lqinlarni
o‘rganishga kirishdi. Gers tajribaxonasi eniga 12 metr, uzunligi 14 metr bo‘lgan kattagina auditoriya edi.
U xonaning bir tarafiga elektromagnit to‘lqinlar chiqarishi taxmin qilingan elektr vibratori o‘rnatdi va
xonaning boshqa tarafidan turib, elektromagnit to‘lqinlarni tutmoqchi bo‘ldi. Uning aniqlashicha, to‘lqin
qabul qilgich qurilma bilan vibrator orasidagi masofa 1 metrdan qisqa bo‘lsa, unda elektr kuchining
tarqalish xarakteristikasi dipol maydoniniki bilan o‘xshash bo‘lib, masofaning kubiga teskari
proporsionallik bilan kamayib borar ekan. Biroq, 3 metrdan ziyod masofalarda esa, maydon
kuchlanganligi nisbatan sekin kamayib, boz ustiga turli yo‘nalishlardagi kamayish ko‘rsatkichi ham birbiridan sezilarli farqqa ega edi. Masalan, vibrator o‘qiga ustma-ust yo‘nalishda maydon kuchlanganligi
nisbatan tez so‘nardi. Vibratordan 4 metr masofada va o‘qqa parallel yo‘nalishda kuchlanganlik deyarli
sezilarsiz bo‘lib qolardi. Vaholanki, o‘qqa perpendikulyar yo‘nalishda maydon kuchi to 12 metrgacha
bo‘lgan masofada yaqqol sezilib turardi.
Gers qayd etgan ushbu natija, fizikada o‘rnashib qolgan «uzoq muddatli harakat» qonuniyatlariga zid
kelar edi. Gers o‘z tadqiqotlarini davom ettirib, o‘zi ish olib borayotgan vibratorning to‘lqin qamrovi
hududini va uning maydonini hisoblab chiqdi. U o‘z tajribalarini sinchkovlik va izchillik bilan olib borib,
keyingi yillar ichida, tabiatda chekli tezlik bilan tarqaluvchi elektromagnit to‘lqinlarning mavjudligini
isbotlovchi bir necha ilmiy ishlarni e'lon qildi. Uning mazkur tadqiqotlar yuzasidan 1888-yilda, tartib
bo‘yicha 8-maqolasida shunday misralarni o‘qish mumkin: «Men tomonimdan o‘tkazilgan, tezkor elekt
tebranishlari yuzasidan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, elektrodinamikadagi boshqa barcha nazariyalardan
ko‘ra Maksvellning nazariyasi ustunlikka ega ekan».
O‘zi ish olib borgan tajribaxonasidagi to‘lqinlar tarqalish maydonini Gers ham, Faradey va Maksvellar
singari kuch chiziqlari vositasida chizib ko‘rsatdi. Uning tasvirlarida, turli vaqt momentlari uchun maydon
holati alohida-alohida tasvirlanib, ular orasidagi farq va o‘xshashliklar yaqqol ifodalangan edi. Gersning
mazkur tasvirlari keyinchalik elektr hodisalari bilan bog‘liq har qanday darsliklardan muqim o‘rin oldi va
elektromagnit hodisalarni tushuntirish uchun benazir vositaga aylandi. Gersning mazkur tadqiqotlarida
olib borgan hisob-kitoblari va unda qo‘llagan matematik uslublari, antennalarning to‘lqin taratish va
qabul qilish xossalarini hisob-kitob qilish nazariyasiga va undan ham muhimi esa, atom va
molekulalarning nurlanish nazariyasiga oid hisoblashlar uchun fundamental asos bo‘lib xizmat qildi.
Shunday qilib, Genrix Gers o‘z tadqiqotlari jarayonida to‘liq va so‘zsiz ravishda yana Maksvell nuqtai
nazariga qaytdi va uning haq ekanini isbotlab berdi. Gersning ishlari orqali Maksvellning elektromagnit
hodisalariga oid tenglamalari yanada ixchamlashib, qo‘llash uchun qulay ko‘rinishga keldi. Boz ustiga,
Gers Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasini, elektromagnit nurlanish nazariyasi bilan boyitib,
mazkur fan sohasini yanada ilg‘or bosqichga olib chiqdi. Tarixda ilk bora aynan Genrix Gers
elektromagnit to‘lqinlarni sun'iy hosil qilishga muvaffaq bo‘ldi va ularning yorug‘lik bilan bir xil tabiatga
ega ekanini amaliy isbotlab berdi.
1889-yilda Gers o‘zining mashhur «Yorug‘lik va elektrning o‘zaro munosabati haqida» nomli ma'ruzasini
o‘qib eshittirdi. Mazkur tarixiy ma'ruza, tabiatshunoslar va vrachlarning 62-qurultoyida o‘qilgan edi.
Ushbu ma'ruzasida Gers o‘zining elektromagnit hodisalari bilan bog‘liq tajribalarini shunday xulosalaydi:
«Ushbu tajribalarning barchasi mohiyatiga ko‘ra juda sodda. Biroq, shunga qaramay, ulardan kelib
chiqadigan xulosalar o‘ta muhim amaliy ahamiyatga ega. Unga ko‘ra, elektr kuchlari fazoda bir
lahzadayoq tarqaladi degan har qanday nazariya chippakka chiqadi. Xulosalarim Maksvell g‘oyalarining
yorqin g‘alabasini tasdiqlaydi… Avvallari yorug‘likning mohiyatini anglay olishimiz qanchalik imkonsiz
tuyulgan bo‘lsa, endilikda, ushbu mohiyatni tushunmaslik shunchalik mushkuldir».
1890-yilda esa Genrix Gers ikkita muhim tarixiy maqolalarini e'lon qildi. Ulardan birinchisi
«Elektrodinamika va tinch jismlarning asosiy tenglamalari haqida» deb nomlangan bo‘lib, ikkinchisi esa
unga mos ravishda «Elektrodinamika va dinamik jismlarning asosiy tenglamalari» deb nomlangan.
Mazkur maqolalar, aytish mumkinki, Faradey, Maksvell va Gersning o‘zi shug‘ullangan muhim fizik
masalalar – elektromagnit maydon va elektromagnit to‘lqinlar, shuningdek, elektromagnit nurlanishlari
masalalariga oid fundamental qonuniyatlarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, «elektromagnit hodisalari
qonunlari» sifatida e'tirof etilishi mumkin. Gersning mazkur maqolalari Maksvell nazariyalarini qat'iy
isbotlab bergan va fizikaning fundamental qonunlari turkumiga kirishiga asosiy omil bo‘lgan edi. Ushbu
maqolalarda bayon qilingan faktlar o‘shandan buyon butun jahon bo‘ylab barcha fizika darsliklaridan
mustahkam o‘rin egallagan.
Kogerent to'lqinlarni olish usullari.
An'anaviy (lazer bo'lmagan) manbalardan foydalanib, izchil yorug'lik to'lqinlarini olish uchun bir
manbadan ikki yoki undan ortiq to'lqin tizimiga (yorug'lik nurlari) bo'linish usuli qo'llaniladi. Ularning har
birida bir xil manba atomlarining nurlanishi ko'rsatilgan, shuning uchun bu to'lqinlar bir-biri bilan
uyg'unlashadi va ular o'rnatilganda aralashadi.
Yorug'likni kogerent nurlarga ajratish ekranlar va yoriqlar, nometall va refraktiv jismlar yordamida
amalga oshirilishi mumkin. Ushbu usullarning ba'zilarini ko'rib chiqing.
Jung usuli Yorug'lik manbai - bu yoritilgan S ga parallel ravishda yoritilgan to'lqin S1 va S2 ikkita tor
yoriqlarga tushadi. Shunday qilib, S1 va S2 bo'shliqlar mos keladigan manbalar rolini o'ynaydi. E
ekranda (mil. Avv.), Yorug'lik va qorong'u chiziqlar o'zgaruvchan shovqin kuzatiladi.
Fresnel biprizmi.U poydevorga o'ralgan ikkita bir xil prizmadan iborat. S manbasidan keladigan yorug'lik
ikkala prizmada ham sinadi, natijada nurlar prizma ortida tarqaladi, go'yo bir-biriga bog'langan xayoliy S1
va S2 manbalaridan kelib chiqadi. Shunday qilib, E ekranida (mil. Avv.) Interferentsiya namunasi
kuzatiladi.
Yorugʻlik interferensiyasi – ikkita yoki bir nechta yorugʻlik toʻlqinlarining qoʻshilishi natijasida yorugʻlik
nurlanishi energiyasining fazoda qayta taqsimlanishi (qarang Interferensiya); toʻlqin interferensiyasining
xususiy holi. Yo. i. Ekran yoki b. Sirtda yorugʻ yoki qorongʻi yoʻllar yoki dogʻlar (monoxromatik yorugʻlik
uchun) yoxud rangdor qismlar (oq yorugʻlik uchun) yonmayon joylashgan holda koʻrinadi. Yo. i. 17-
asrdaI. Nyuton tomonidan tadqiq qilingan boʻlsada, uning korpuskulyar nazariyasi ushbu xrdisani
tushuntira olmadi. Uni 19-asr boshida T. Yung va O. Frene.tar toʻlqin hodisa sifatida nazariy talqin qilib
berdilar. Doimiy faza farqi sharoitida, yaʼni kogerent yorugʻlik dastalarining qoʻshilishi natijasida vujudga
keluvchi, fazoda kuchaygan va susaygan intensivliklarning muntazam almashinuvidan iborat boʻlgan Yo.
i. Eng kengtarqalgan — statsionar interfere n siya dir. Yo. i. Turlari asosan yorugʻlikning kogerent
dastalarini hosil qilish usullari bilan bogʻliq. Yorugʻlikning kogerent dastalarini hosil qilishning ikki usuli:
toʻlqin frontini boʻlish usuli va amplitudani boʻlish usulidan keng foydalaniladi. Toʻlqin frontini
amplitudaviy boʻlish tuzilmalarida birlamchi manbaning nurlanishi optik muxitlarning yarim shaffof
boʻlinish chegaralari bilan boʻlinadi. Mac, sovun pufaklari, suvdagi yogʻ pardalarida shunday tur Yo. i.
Vujudga keladi. Bu hollarning bar chasida ikkita sirtdan qaytgan yorugʻliklarning interferensiyasi xreil
boʻladi. Amplitudani boʻlish usuli interferometrlarda keng qoʻllanilib, unda toʻlqin maydonlari maxsus
yarim shaffof koʻzgular vositasida boʻlinadi. Yuqoridagi ikki nurli interferensiyadan tashqari, koʻp nurli
Yo. i.lar ham mavjud. Fabri — Pero interferometri koʻp karrali qaytuvchi nurlarda ishlasa, difraksiya
panjaralari va Maykelson eshelonlari koʻp elementli davriy tuzilmalarga asoslangan. Yo. i.dan
yorugʻlikning spektral tahlilida, masofalar, burchaklar va tezliklarni aniq oʻlchash hamda
refraktometriyada keng qoʻllaniladi. Yo. i. Golografiya asosini tashkil qiladi.
Download 107,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish