Fan nomi:
Elektr ta„minoti tizimining ishonchliligi
Ma‘ruza mashg‘ulotini olib boradi:
PhD, dots. R.Ch.Karimov
Ma‘lumotlari:
ToshDTU “Elektr ta„minoti” kafedrasi dotsenti
Telefon raqami:
+998998115138
E-mail:
raxmatillo82@mail.ru
1-MAVZU. ENERGETIKA VA ELEKTR TA‘MINOTI TIZIMIDA
ISHONCHLILIK MASALALARI
Reja:
1.1. Energetika va elektr ta„minoti tizimida ishonchlilik masalalari.
1.2. Energetika tizimining ishonchliligi.
1.3. Elektr ta„minoti tizimining ishonchliligi.
1.4. Nazorat savollari.
1.1. Energetika va elektr ta‘minoti tizimida ishonchlilik masalalari
Hozirgi zamonda texnik o„sishni ta„minlaydigan fan va texnika (avtomatika,
elektronika, telemexanika va aloqa) asosiy bo„limlarining
rivojlanishini kompleks
vazifali qurilmalarga ta„luqli tizimlar va elementlar ishonchliligi hisobisiz va ularga
ta„luqli savollar yechimisiz tasavvur qilib bo„lmaydi.
Bu esa umumiy ishonchlilik
nazariyasining rivojlanishida, ishonchlilikning xarakteristikalarini (inkor va ishochli-
lik vazifalari, o„rtacha to„xtovsiz ish vaqti, boshqa qurilmalarning inkor jadalligi) va
uning asosiy mezonlarini aniqlashda va yoritishda katta rol o„ynadi.
Elektr energetika tizimida ishonchlilik muhandislik hisob uslubi va nazariyasi-
ning rivojlanishi ko„rsatilgan bo„limlarga qaraganda sal kechroq boshlandi. Umumiy
ishonchlilik nazariyasining mexanik ko„chirishlarni elektr tizimining har xil bo„g„in-
larida amalga oshirib bo„lmaydi. Ularni aniqlashtirish va elektr ta„minoti tizimining
xususiyatiga moslashtirish shart. Bunday xususiyatlarga:
-
energiyani ishlab chiqarish, uzatish va foydalanish jarayonining uzluksizligi
va ajralmasligini hisobga oladigan elektr ta‟minotining xarakteri;
- elektr energiyasining sifati va ishonchliligi bo„yicha
har xil talablarga ega
bo„lgan iste„molchilar tomonidan elektr energiyasining ko„plab maqsadlarga
ishlatilishi;
2
- hisobga olinmasa ham bo„ladigan tarmoqning kichik ehtimoldagi to„liq
ishdan chiqishi hamda potensial rejimli ortiqcha elementlarning
katta miqdordagi
manbalar va iste„molchilari tufayli yuzaga keladigan to„liq rejali va rejasiz ta„mir;
- elektr ta„minot tizimi elementlari o„zi bilan elementlardan tashkil topgan
murakkab tizimni namoyon qiladi. Ularning ishonchlilik xarakteristikalari to„liq
ko„rsatilmagan va ishlash sharoiti, materiallar turi va sifati, tuzilishiga oid xossalarga
bog„liq;
- ishlash sharoiti va to„xtovsiz o„rtacha ish vaqtini
hisoblash uchun bir necha
yillar ketadigan, ishonchlilik xarakteristikasi ta„sirini hisobga olish ancha qiyin bo„l-
gan elementlarning profilaktik ta„miri va sinoviga duch keladigan,
zavod va
laboratoriya sharoitida sinov statik materiallarini olish qiyinligi;
Yana shuni aytish joizki, atrof-muhit va elektr ta„minoti tizimi o„zaro ehtimolli
tabiatga ega. Ba„zi maqsadga etish ehtimolligi haqida - kerakli miqdorda va sifat
ko„rsatkichida (kuchlanish, chastota va h.k.) elektr energiyani iste„molchiga yetkazish
– gapirib o„tish mumkin.
Elektr ta„minot tizimining ishonchliligi energetika tizimining sifat ko„rsatkich-
laridan biri hisoblanadi. Lekin bu ko„rsatkich jiddiy ravishda farq qiladi. Masalan,
tizimning energiya sifat ko„rsatkichidan. Agar tizim
kerakli ishonchlilikka ega
bo„lmasa, qolgan ko„rsatkichlar o„zining amaliy ahamiyatini yo„qotadi. Chunki ular
ekspluatatsiyada to„liq ishlay olmaydilar.
Elektr ta„minot tizimi samarador ishlashi uchun miqdoriy ko„rsatkich sifatida
haqiqiy chiqish samaradorligining ideal samaradorlikka nisbati qo„llaniladi.
Samarador ishlashning miqdoriy bahosi elektr ta„minoti tizimining ishonchlilik
hisobi ahamiyatli natijalardan biri hisoblanadi. Tizim
samaradorligining miqdoriy
bahosi ishonchlilikning miqdoriy ko„rsatkichiga tayanishi kerak.
Ushbu fanni o„zlashtirish uchun ehtimollar nazariyasi yordamida elektr
ta„minoti tizimining ishonchlilik hisoblari asosida qisqacha ma„lumotlar keltirilgan.
Fanni o„rganish vaqtida misollarni yechish paytida
vujudga keladigan barcha
savollarga javob bera olmaydi, lekin fanda o„quvchi uchun asosiy hisob usullari to„liq
keltirilgan.