(mahalliy aholi tilida «Duldulning izi», deb yuri-
tilardi)
, u jahon ahamiyatiga ega. Aholisi bundan 15 yil oldin Kasbi
tumanidagi «G‘alaba» xo‘jaligiga cho‘lni o‘zlashtirish bahonasi bilan
ko‘chirilgan va qishloq tekislab tashlangan. Ayni kunda 3 ming nufus
li qishloqda 2 machit, 10–15 xo‘jalik uylari qo‘nqayib turibdi. Eks
peditsiya qatnashchilari taraqqiyotning bu qurbonini ham ko‘rishlari
mumkin.
O‘quvchilik yillarida va undan keyin bir necha marta Amir Temur
g‘origa sayohatga borganman. Borishda ko‘zingiz tabiatning mislsiz
go‘zalligiga to‘yadi. Ilonizi so‘qmoq yo‘llar, chuldirab qo‘shiq kuy
lovchi chashmalar, ufqqa o‘qtal gan cho‘qqilar. Yana atrofda gullar
ning iforiyu, qushlar chug‘uri...
(Ta’riflash qiyin, faqat ko‘rish ke
9
rak)
. G‘orga yayov yoki ot
(eshak)
da borish mumkin. Shunda ham
tog‘ sakirtma lariyu, tubsiz zovlar labidan o‘tishda cho‘chimaslik
kerak. Duldulning izidan o‘tgach, G‘o‘lmarasha
(uni «Qal’a» ham
deb atashadi)
darasiga tushiladi. Shotidan chiqib, bandargoh orqali
Qal’ayi sheronga kiriladi. Daryo bo‘ylab ketiladi. Yo‘lda archa
(4–5
xil)
, irg‘ay, uchqat, padbara kabi daraxtlarga, baldirg‘on, chukri, taran
(tataron)
kabi o‘simliklarga duch kelish mumkin. Qal’ayi sheron
shunday joyki, agar bandargohga soqchi qo‘yilsa, biron joydan kirib
ham, chiqib ham bo‘lmaydi. Borgan sari kengayib boradi. To‘ri xuddi
pichoq bilan kesilgandek ming metrlar balandlikdagi tik qoyalar bilan
o‘ralgan. G‘or kunchiqishga qarab ketishda, daryoning chap tarafida.
Bu yerda siz o‘zingizni chinakam tabiat muzeyiga tushib qolgandek
his qilasiz. Qanchalab ajoyibotlar. Shulardan ikkitasi – Ho‘kiz burun
va Baytal dumi sharsharalarini eslash kifoya.
G‘orga taxminan bir kilometrlar qolganda tik qoyadan 150–200
metrlar chamasi tepadan ikkita quvurdan chiqqan dek ikki tarnov suv
otilib chiqib yotibdi. U yerga tushguncha sochilib, quyoshda tovla
nib mislsiz go‘zallik kashf qiladi. Salqin shabada vujudingizga orom
bag‘ishlaydi. Entikibentikib nafas olasiz. Undan ham yuqoridan, ko‘z
ilg‘amas joydan bir oqim bo‘ylab suv yomg‘irdek sochilibsochilib
keladi. Bu – Baytal dumi sharsharasi. Tepaga soatlab qarab tursangiz
ham charchamaysiz.
G‘orga daryo tomondan 60 gradusdan kam bo‘lmagan o‘rlik dan
chiqib boriladi. Yo‘l chag‘ir mayda toshli, yurish oson emas. Char
choqlaringiz g‘orga yetib borgach, butunlay unu tiladi. Bu tabarruk
maskanni dunyoning turli shaharlaridan har xil maqsadlarda kelib
ko‘rib ketishgan, lekin qadambaqadam o‘rganilmagan. Manbalarda
616 metr, deb ko‘rsatil gan. Odamlar naql qilishicha, undan ketgan
kishi Samar qand dan chiqar emish. G‘orni shartli ravishda ikki qism
ga bo‘lganlar – Otxona va Asosiy qism. Eng katta joyda odimlovchi
ekskavator bemalol joylashadi, eng tor joyi dan esa o‘rtacha semiz
likdagi odam arang emaklab o‘tadi. Juda qorong‘i
(hatto qo‘lingizni
ko‘rmaysiz)
, ichi nam, tor izdan yuriladi. Ba’zi zallarda chiroq nuri
da stalaktitstalak mit lar podsho saroyidagidek tovlanadi. To‘rida ko‘l
Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
https://kitobxon.com/oz/asar/3636
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
https://kitobxon.com/uz/asar/3636
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно
найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/3636
Do'stlaringiz bilan baham: |