«fan» nashriyoti Toshkent–2018 Hakim Sattoriy



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana11.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#543987
1   2   3   4   5
Bog'liq
xrpt 4lklzj6dltpo0n0cp4prkme6gggve808ijj9ufc7zsky8k2neg6ouaj2grmloliyvtxfz1cninc

1. TAVOF
CHINOR KUNLAR
(«Amir Temur o‘tgan yo‘llar bo‘ylab» safar,
1-bosqich, 1991-yil, 1–20-avgust)
Zulmat ortidan yorug‘lik kelishi – qonuniy, shubhasiz, bu safar­
gi tong ham hech kimni ajablantirmadi. Albatta, qat’iy belgilab 
qo‘yganimdek, nonushta qildim va tarang lik dan yorilay deb turgan 
kichkina safar xaltamni ortmoq lab yo‘lga tushdim. Har kuni sum­
kachamni o‘ynatgancha uydan chiqardim. Bugun esa... Hovliga tushi­
shim bilan bahri­dilim ochilib, g‘o‘dayib ketdim, go‘yo ulkan vazi­
fani ado etishga ketayotgandek edim. Trolleybusda ham ancha sirli 
tuyulgan bo‘lsam kerak, to‘ladan kelgan, qo‘ng‘irsoch juvon qiziqib 
gap qo‘shdi, suhbatimiz qo‘r olib, metrogacha chakagimiz tin madi. 
Unga ekspeditsiyaga, 20 kunga ketayotganimni ham aytib o‘tdim.
Matbuot saroyi oldida xiyla odam to‘plangan, qoplar, sandiqlar 
ham bor. Hamrohlarimni g‘ira­shira taniyman. Kelishilganidek, tele­
videniye muxbiri Sadriddin kutib turgan ekan. Bu haqda bilardim. 
Mikrofonga qarab ancha kalovlandim, chunki hayajon lanayot­
ganim aniq edi, oxirida o‘zimni bosib olib, vazi fa lar haqida puxta 
gapirdim. Yo‘lga tushish tadorigi bir oz cho‘zildi, aytmoqchi, hali av­
tobusimiz ham yetib kel mabdi.
Qisqagina kuzatish marosimi bo‘ldi. Unda respublika yoshlar 
tashkilotining sarkotibi, faxriy jurnalist, mashhur shoir va’z aytib, sa­
farga muvaffaqiyat tiladi. Avtobus ham tayyor. Kino, foto, video ap­
paratlar ishla tilmoq da. Suratchi yuk ko‘tarib olgan sayyohdan kuza­
tuvchi bilan quchoqlashib, ro‘znoma uchun maxsus suratga tushishni 
iltimos qildi. Qiyofa jiddiy, bir oz ma’yus bo‘lsa ham mayli, axir... 
qaytib kelmaslik­da mumkin. O‘rindiqlariga yashil niqob qoplangan 


5
avtobus liq to‘ldi, orqada shift bo‘yi qilib ko‘rpa­to‘shaklar taxlan­
gan, salonda oziq­ovqatlar, plyonkalar va boshqa lash­lushlar joylash­
gan yashiklar, qoplar. 
Zangiotagacha hamroh bo‘lib borayotgan kuzatuvchilar ham bor. 
Rustaveli ko‘chasi bilan shahardan chiqib ketdik.
Shunday qilib, safar boshlandi. Uning qanday davom etishi, tu­
gashi haqida biror narsa deyish qiyin. Hozir bu haqda o‘ylayotganim 
ham yo‘q. Deyarli bir yil shu g‘oya bilan yashadim. Mavridi kelib, bu 
haqda bosh qotirsam, hozir gidan battar sarosimaga tushib qolardim. 
Birinchi maqo lani taskin bo‘lar, deb, tez va shavq bilan yozdim. Uni 
tayyor holida ancha olib yurdim, negaki, biror muharrir ning iltifot 
ila qabul qilishiga ishonmasdim. Katta hamkasblar bilan maslahat­
lashdim, nihoyat, noyabr oyida uni Amirqulga 
(u yoshlar gazetasi-
ning ijodkorlar bilan ishlash bo‘limida xizmat qilardi)
topshirdim. 
Maqolaga «Amir Temur izlari bo‘ylab yoshlar yurishi o‘tkazilsa, yo‘l 
og‘ir bo‘ladimi?» deya uzun sarlavha qo‘ygandim. U tahririyat pap­
kasida uzoq turib qoldi. Bu orada yil oxirlab borar, yangi rejalar tuzi­
layotgan edi. O‘rtoqlar bilan maslahat lashib, xayrli ishni yangi yildan 
boshlashga qaror qildik. Muvaffaqiyatdan umid kam esa­da, nima 
bo‘lganda ham maqolaning chiqishini juda istardim. Uning sarlavhasi 
bir oz o‘zgarib bosildi. 
(Quyida o‘sha maqola aynan keltiriladi).

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish