Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: metallga ishlov berish ustaxonasi, metal namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Oddiy islimi naqsh namunalarini o‘yish: O‘ymani bajarish uchun bitta iskanalar to‘plami, yog‘och taxtachalar, qora qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, jilvir qog‘ozi olish zarur. O‘ymani sifatli chiqishida iskanalar bilan bir qatorda yog‘och materiallariga ham bog‘liq. O‘ymakorlikda ishlatiladigan yog‘och materiallari qattiq, pishiq, puxta, namga va chirishlarga chidamli kam butoq, silliq, to‘g‘ri va yorilmagan bo‘lishi talab etiladi. Dastlab taxtachani kerkli o‘lchamda kesib, randalab olingandan so‘ng, avval yirikroq, so‘ngra esa mayin jilvir qog‘ozida jilvirlab tekislanadi. O‘yishda yong‘oq, o‘rik, qora qain, mirzaterak kabi yog‘och materiallar qo‘l keladi. Tekislangan yuzaga avvaldan tavyyorlab qo‘yilgan axta yordamida naqsh tushirilib qora qalamda chizib chiqiladi. So‘ngra naqshninig har bir elementini, qismini, turini va guruhini o‘yishda, «Oddiydan murakkabga, osondan qiyinga» tamoyiliga rioya qilgan holda amalga oshirish lozim. Naqshlarning qanaqa guruhlarga mansubligi, o‘ymaning yirik va maydaligiga qarab, dastlab yarim gajak, gajak, novdalari, tanoblari baliq sirtli iskana bilan kesib chiqiladi. Hoshiyaning chetlari esa kurka iskana yordamida kesiladi. Naqsh atrofi to‘liq kesib bo‘lingach,maxsis uchi egik iskana bilan naqshning zamini o‘yilib chuqurlashtiriladi. O‘yma zaimnini tekislashda esa to‘g‘ri iskanalardan foydalaniladi. Islimiy naqshlari 0,5 sm dan 1sm gacha bo‘lgan chuqurlikda o‘yib, so‘ngra chaqichlanadi. O‘yma to‘liq bajarib bo‘lingach, naqsh turiga mos pardoz tanlanadi. Biz o‘yayotgan 9 ta yo‘l ichidagi oddiy islimi naqsh namunasida deyarli pardozning murakkab turlari uchramaydi, faqatgina chizma pardoz bilan chegaralanadi. O‘yish sir asrorini o‘rganayotgan tolibga dastlab o‘yishni egallab olishi, so‘ngra pardozning pax (yoyma), choka (yorma), lo‘la va tabaqa turlaridan bemalol foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |