Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Duradgorlik buyumi detallar va uzellardan iborat bo‘lib, detall o‘quv ustaxonalarida yig‘ish operatsiyalarisiz tayyorlangan buyumdir. Masalan, shakli va o‘lchamlari chizmada ifodalangandek, elimlangan brusok, ko‘p qavatli elimlangan faner, payvandlash va boshqa yo‘llar bilan tayyorlangan buyumlar - detallardir. Uzellar deb, tarkibiy qismlari ustaxonada tayyorlanadigan, mahkamlash, elimlash va boshqa yig‘ish yo‘li bilan biriktirilgan buyumlarga aytiladi. Uzel - yig‘ma buyum bo‘lib, unga detallar, materiallar, ikkinchi, uchinchi darajali uzellar va ustaxonada yasalmay, balki tayyor holda olingan buyumlar kiradi. Tarkibiga boshqa uzellar kirmaydigan uzellar oddiy, tarkibida boshqa uzellar bo‘lgan uzellar murakkab uzellar deyiladi. Masalan, bir necha detal yelimlab yasalgan brusok oddiy uzel, shkafning tortma yashigi murakkab uzeldir. Duradgorlik buyumlarining detal va uzellari turli nomlar bilan ataladi. Masalan, stulning oyoq bog‘lagichlari, orqa suyanchig‘i va o‘rindig‘i uning detallaridir. Shkafning devorlar, eshikchalar, qopqoqlar, asoslar, surilma yashik va tokchalari uning asosiy elementlaridir. Duradgorlik buyumlarida detal hamda uzellar bosh konstruktiv rol o‘ynaydi va buyumlar konstruksiyasining asosini tashkil qiladi. Bunday buyumlarning detal va uzellarini oshiq-moshiq bilan biriktirish mumkin. Brusoklar duradgorlik buyumlari konstruksiyasida keng qo‘llaniladigan turli shakldagi zagotovkalardir. Brusokning yog‘ochi yillik halqalari joylashishiga bog‘liq bo‘lmagan ingichka qismi qirra, keng qismi esa qatlam deyiladi. O‘ng qatlam doimo yog‘ochning o‘zagi yonida, chap qatlam esa uning atrofida joylashadi. Brusokning yog‘och tolalarini to‘g‘ri burchak ostida qirqish natijasida hosil qilingan sirti torets, to‘g‘ri burchakdan kichik yoki katta burchak ostida qirqish bilan hosil qilingan sirti yarim torets deyiladi. Detall qirrasining o‘tkir qirqilgan yon qismi- qovurg‘asi faska deb ataladi. Faska materialning tashqi ta’sirga qarshiligini oshiradi. Duradgorlik buyumlari texnik-iqtisodiy va estetik talablarni, ularni tayyorlashda ishlatiladigan materialning texnologik va fizik xossalarini hisobga olib, konstruksiyalanishi kerak. Buyum tayyorlashda turli nav yog‘ochlar asosiy konstruksion material hisoblanadi. Konstruktor yog‘ochda radial va tangensial yo‘nalishda sodir bo‘ladigan deformatsiyalanishni nazarda tutishi va buyum detallarini ana shu deformatsiyalarni hisobga olib joylashtirishi kerak. Shunday qilinganda buyumning shakli va mustahkamligi o‘zgarmaydi. Yog‘och tolasini xohlagan yo‘nalishda kesish undan tayyorlangan detalning mustahkamligiga putur etkazadi. Shuning uchun, masalan stullarning orqa oyoqlarini yog‘och tolalari kamroq kesiladigan qilib loyihalash kerak. Shuningdek, yog‘och tolalarining yo‘nalishi detalning uzunligi bilan ustma-ust tushgan yoki undan ko‘p chetlashmagani ma’qul. Ayrim detallardagi tolalar yo‘nalishi cho‘zuvchi yoki siquvchi tashqi kuchlar yo‘ialishiga to‘g‘ri kelishi va eguvchi kuchlar yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |