Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar
2-rasm. YIMga nisbatan asosiy kapitalga o`zlashtirilgan investitsiyalar
XULOSA
Kurs ishi mavzusini o`rganishdan so`ng xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, Mustaqillikdan so`ng O`zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirildi, natijada respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalari investitsiyalar ishtirokida minglab korxonalar tashkil etildi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili bu ko`rsatkichlar oshib bormoqda. Davlatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati orali sihada bo`layotgan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni hal qilish va shu asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan.
Investitsiya siyosatining rivojlanishi uchun maxsus rivojlanish bosqichlari ishlab chiqildi. Bunda 1-bosqichda turli mulkchilik shakllarini yaratish borasidagi investitsion jarayon, xususiy moliyalashtirish manbalariga ega bo`lmagan ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi obyektlarni byudjetdan moliyalashitirish saqlab qolindi, investitsion faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik bazasi yaratildi. 2-bosqichda iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalar kiritilishi kuchaytiridi, investitsion loyihalarni amalga oshirish turli moliyalashtirish manbalari qo`llana boshlandi. 3-bosqichda valyuta munosabatlari va operatsiyalarni liberallashitirilmoqda, xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish va ular manfaatlarini himoyalash bo`yicha muhim hujjatlar qabul qilinmoqda, korxonalarning texnik qurollantirishi kuchaytirilmoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsion loyihalarni amalga oshirish bu eng dolzarb masala bo`lib, investitsion loyihalar, investorlar va xorijiy investitsiyalarni O`zbekistonga jalb qilish zarur. Bu sharoitda eng avvalo xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo`yicha qonunlar qabul qilindi va imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi yaratildi.
Investitsion sharoitni yanada takomillashtirish va rivojlantirish uchun rivojlanagan davlatlarning investitsiya faoliyatini o`rganish va uni amalda qo`llash talab etiladi. Chunki mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so`ng ko`plab yillar davomida investitsion faoliyat tajribalarini yig`ib brogan. Iqtisodiyotimizga investitsiyalarni jalb qilishning faol siyosatini olib bordi. Ularni boshqarishni taktika va strategiyalarini o`zgartirib ko`rdi va bu jarayon hali hanuz davom etmoqda. Bu borda faoliyatni yuksaltirish uchun doimo izlanishda va takomillashtirishda davom etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |