2020 yilda O`zbekiston qancha xorijiy investitsiyalarni o`zlashtirdi
O`zlashtirilgan xorijiy invistitsiyalar umumiy hajmi 4.8 milliard dollarni tashkil qildi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida o`zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning hajmi 4.8 milliard dollarni, shu jumladan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar 3.2 milliard dollarni va davlar kafolati ostidagi chet el kreditlari 1.6 milliard tashkil etdi. Bu haqda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi malum qildi.
Shu bilan birga asosiy kapitalga kiritilgan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiya hajmi 2.6 milliard dollarni tashkil etdi, 2019 yilda huddi shu ko`rsatkichga nisbatan o`sish surati 1.2 martani tashkil etdi. O`zlashtirilgan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni umumiy investitsiyalardagi ulushi 29.5 % gacha o`sdi.
|
Shu davr mobaynida 494 ta loyiha ishga tushirildi: 28 ta yirik sanoat korxonalari va 466 ta hududiy ahamiyatga molik sanoat obyekti.
Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya O`zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish bo`yicha yetakchilar bo`lib, mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritgan davlatlarning umumiy soni 37 ta ni tashkil etdi.
Hisobot davri yakunlariga ko`ra elektrotexnika sanoati (o`sish-2019 yilning shu davriga nisbatan 13 baravar), qurilish materiallari (o`sish-3.6 marta), AKT(o`sish-3.5 marta) sohalari investotlar uchun jozibador bo`lib qoldi. Shuningdek oziq-ovqat sanoati (o`sish-1.3 marta) va to`qimachilik sanoati (o`sish 1.6 marta) ham yaxshi o`sish dinamikasi ko`rsatdi.
Shu bilan birga mintaqaviy ahamiyatga molik loyihalardan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiya va hisobot davrida umumiy qiymati 958 million dollarni tashkil etgan tog`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar va kreitlar oqimining o`sish tendensiyasi mustahkamlandi va hisosbot davrida 2 milliard dollarni tashkil etib, 2019 yilning shu davriga nisbatan 1.05 marta ko`paydi. Umumiy so`mmaning 1.6 milliard doolari asosiy kapitalga yo`naltirildi.Hududiy loyihalr doirasida investitsiyalarni o`zlashtirish hajmi to`g`ridan to`g`ri xorijiy investitsiyalarni 62.3 foizini tashkil etdi.
Viloyatlar kesimida 2020 yilning birnchi yarmida to`g`ridan to`g`ri xorijiy investitsiyalar o`sishining yuqori dinamikasi Namangan (1.6 marta), Toshkent (1.6 marta), Qashqadaryo (1.5 marta) va Sirdaryo (1.4 marta) viloyatlarida ko`zatilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 yanvardagi PQ-4563-sonli qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturiga muvofiq, 2020 yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy capitalga investitsiyalarni o`zlashtirish 233.2 trln. So`m miqdorida prognoz qilinmoqda, shundan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar 7.1 milliard dollar, chet el investitsiyalari va davlat kafolati ostidagi kreditlar 2.7 milliard dollar.
Xususan shu yil 2020 yilda 2 mingdan ortiq ijtimoiy, infratuzilma va sanoat obyetari: 206 ta yangi ishlab chiqarish obyekti, 240 ta mintaqaviy ishlab chiqarish obyekti va 1.6 mimgta ijtimoiy va infratuzilma obuektlari foydalanishga topshirililishi rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |