Inkvizitsiya (lot. inguisitio — qidi-ruv) — katolik cherkovining sudter-gov tashkiloti; 13-asrda bidʼatchnlarta qarshi kurashish maqsadida tuzilgan. Rim papasiga boʻysungan. I. zamindorlar-cherkov mafkurasi va ular zulmiga qarshi kurashchilarni taʼqib qilgan. 1231-yildan dominikanlar ordeni ixtiyorida boʻlgan. I. faoliyati shafqatsizligi bilan ajralib turgan.
I. Gʻarbiy Yevropaning bir qancha mamlakatlari, ayniqsa, Ispaniyada keng tarqaldi. Buyuk mutafakkirlar, olimlar J. Bruno, J. Vanininch I. yondirdi, G. Galiley va b. taʼqibga uchradi. 1452-yildan Rimdagi Oliy I. tri-bunali I.ning oliy organi boʻlib qoldi. 16-asrda I. kontrreformatsiyaning asosiy qurollaridan biriga aylandi. 18— 19-asrlar davomida I. tugatildi. Uning vazifalari qisman Vatikanpyaph muqaddas kanselyariya Kongregatsiyasiga oʻtdi. 1965-yilda bu tashkilot diniy taʼlimot Kongregatsiyasi etib qayta tu-zildi.[
25.Temur va temuriylar davrida yashagan tarixchi olimlar
Temuriylar, Temuriylar davri — oʻrta asrlarda sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etgan sulola. T. hududi shimolda Ili daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan jan.da Fors qoʻltigʻiga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan gʻarbda Trabzun (Qora dengiz)ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan T. musulmon Sharqida oʻrta asrlarda hukm surgan davlatlardan katta farq qilmasada, ammo uning boshqaruv tizimi Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy anʼanalari, saltanatga kirgan mamlakatlar bilan madaniy aloqalar asosida yangi tartib va qoidalar bilan takomillashtirilgan.
Markazlashgan davlat tepasida: Temur ibn Taragʻoy Bahodir (1370—1405); Shohrux ibn Temur (1409—47); Ulugʻbek ibn Shoxrux (1447—49); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1458—69);Movarounnahrda (poytaxti Samarqand): Xapil Sulton (1405—09); Ulugʻbek (140949); Abdullatif (144950); Abdullo Mirzo (1450—51); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1451—69); Sulton Ahmad Mirzo (1469—94); Sulton Mahmud Mirzo (1494—98); Sulton Ali Mirzo (14981500).
Xurosonda (poytaxti Hirot): Shohrux (13961447); Ulugʻbek (144749); Abulqosim Bobur (1449—57); Shoh Mahmud Mirzo (1457); Abu Savd ibn Sulton Muhammad (1458—69); Yodgor Mirzo (1470), [[Husayn Boyqaro (1470— 1506); Badiuzzamon ibn Sulton Husayn (1506—07); Muzaffar Mirzo (150607).
Siyosiy hayot. Nigʻoyatda kengayib ketgan davlat Amir Temur vafotidan soʻng vorislar oʻrtasidagi nizolar natijasida zaiflasha boshladi. 1405-yilning 16 mart kuni Mironshohning oʻgli Xalil Sulton Samarqandni egallab, oʻzini Movarounnahrning hukmdori deb eʼlon qiladi. Oqibatda shahzoda, amir va viloyat noiblarining noroziligi kuchayib, isyon va galayonlar koʻtariladi. Dastavval Fargʻonada Xudoydod bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi qoʻzgʻalib, Oʻratepa va Fargʻonani egallab oldi. Bu davrda Xurosonda Shohrux, Balx, Gʻazni va Qandahorda Pirmuhammad; Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohnnng oʻgʻillari Umar Mirzo va Abubakr Mirzo qokimi mutlaq boʻlib oladilar. Turkiston, Sabron, Oʻtror, Sayram viloyatlari amir Berdibekning tasarrufiga oʻtadi, Oltin Oʻrda amirlaridan Idiku Xorazmni zabt etadi. 1405 — 08 yillarda Balx, Xuroson, Seyiston, Kermon va Ozarbayjonda temuriy shahzoda va ayrim amirlarning birinketin koʻtarilgan gʻalayonlari kuchayib ketadi. Valiahd Pirmuhammad bunday gʻalayon va fitnaning qurboni boʻladi (1407-yil 22 fev.). 1408-yil 22 apr. kuni qoraqoʻyunli turkmanlarning yetakchisi Qora Yusuf bilan boʻlgan jangda Mironshoh halok boʻlib, Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qoʻlidan ketadi.
15-asrning 20y.larida bu ulkan mamlakat 2 davlatga boʻlingan edi. Ulardan biri Amudaryodan jan.da joylashgan boʻlib, uni Shohrux boshqargan (markazi Hirot sh.) edi. Ikkinchisi esa, Amudaryodan shim.da — Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelib (poytaxti Samarkand sh.) uni Oʻlugʻbek idora etgan edi.
Ulugʻbek otasi Shohruxning koʻmagi bilan avval (1413) Xorazmni, soʻngra (1415) Fargʻona va Qashgʻarni oʻz tasarrufiga olib, davlatining gʻarbiy va sharqiy chegaralarining xavfsizligini taʼminlagan bulsada, ammo uning shim. va shim.sharqiy tomonlari xavotirli edi. Shu boisdan 15-asrning 30—40y.lari otasi Shoxrux bilan birga Dashti Qipchoqda Abulxayrxon bilan kurash olib borishiga toʻgʻri keladi. Chunki koʻchmanchi chorvadorlar Movarounnahrning viloyatlariga muttasil bostirib kirar va oʻtroq aholini gʻorat qilar edi. Movarounnahrni idora etishda, ayniqsa, tashki siyosatda Ulugʻbek T. ning bosh hukmdori Shogʻruxning irodasini izchil amalga oshiradi. Tashqi va ichki siyosatga aloqador har qanday masalani u otasi bilan maslahatlashib va kelishib, uning rozirizoligi bilan hal etgan.
26."Mirzo Ulug'bek va uning ilmiy maktabi "
O‘tgan yili Parij shahridagi nufuzli “Armatan” nashriyotida Yevro-Osiyoni o‘rganish jamiyati tashabbusi bilan “Asrlarni yoritgan yulduzlar” nomli kitob chop etildi. Mazkur kitobdan fransiyalik temurshunos olim, temuriylar davrini o‘rganish Fransiya uyushmasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi «Shuhrat» medali sohibi Lyusen Kerenning «Ulug‘bek va Samarqand astronomiya maktabi» nomli maqolasi ham o‘rin ogan.Ushbu maqola «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida Janonbek Sanaqulov va Bahromjon A’loevlar tarjimasida juz’iy qisqartirishlar bilan e’lon qilindi. Bundan minnatdor bo‘lgan muallif gazeta Bosh muharriri nomiga maktub yo‘lladi.
Mazkur maqolani hamda janob Kerenning maktubi va gazeta muharririning unga javob xatini e’lon qilar ekanmiz, o‘quvchilar e’tiborini tortadi va ular qalbini yana bir karra ulug‘ allomamiz ijodidan iftixor va g‘urur tuyg‘ulariga to‘ldiradi, deb o‘ylaymiz..1337 yilda Turkiyaning Bursa shahrida tavallud topgan Qozizoda Rumiy taniqli qomusiy olim va faylasuf Shamsiddin al-Fanoriydan dastlabki saboqlarni o‘rgandi. Oxir-oqibat, bu ustoz arab va fors mudarrislari dars beruvchi Movarounnahr va Xurosonning mashhur madrasalarida astronomiya va riyoziyotni chuqur o‘rganish uchun Qozizodaga Turkiyani xufiyona tark etishda yordam beradi. Rumiy Samarqand madrasasida falakiyot va riyoziyot fanlarining nufuzli ulamolaridan biriga aylandi va Ulug‘bekka ham ustozlik qildi. Qozizoda o‘zi bilan birga al-Fanoriy tomonidan tuzilgan fanlar majmuasini ham olib kelgan edi. U bu asarni Ulug‘bekka o‘rgatadi. Biroq Qozizoda Ulug‘bekda astronomiya faniga bo‘lgan noyob qobiliyatni sezib, uni ko‘proq ushbu fanni chuqur o‘rganishga yo‘naltiradi. Ulug‘bek Qozizodadan ko‘p ilm o‘rgandi va uni ustoz deb bildi.
Ulug‘bek o‘sha davrning eng mashhur riyoziyotchisi va astronomi G‘iyosiddin al-Koshiyni ham o‘z maslahatchisi, ustozi deb hisoblagan. Hirotda G‘iyosiddin al-Koshiy astronomiyaga qiziqqan Ulug‘bekning ukasi Iskandar Sultonga tahsil berardi. Ulug‘bek uni 1417 yilda Samarqandga, yoniga chaqirtirib oladi. Al-Koshiy rasadxona loyihasi tashabbuskorlaridan bo‘ldi va yulduzlar jadvalini tuzishda faol ishtirok etdi.
Ma’rifatli insonlar maslahati bilan Ulug‘bek Samarqandda ilm-fanni rivojlantirish, jumladan, falsafa, riyoziyot va falakiyot ilmlari bilan shug‘ullanish niyatida katta madrasa qurdirishga qaror qildi. Hali bisyor bo‘lgan Temurbek saltanati xazinasi qoldiqlaridan bugungi kungacha Registon maydonida qad ko‘tarib turgan va o‘z nomi bilan ataluvchi ulkan madrasani barpo qildi. Bu madrasa VIII asrda Bog‘dodda al-Mansur xalifaligi davrida boshlangan islom rasadxonalari va maktablari faoliyatida yuz yillar davomida to‘plangan tajribalarning davomchisi sifatida tanildi. Dastlabki harakatlar yunon matematiklari va faylasuflarining asarlarini arab tiliga o‘girish bilan boshlangan bo‘lsa-da, so‘ngra fors va hind olimlari o‘rtasidagi munosabatlar bilan yanada boyib bordi. Yunon astronomi Klod Ptolomeyning ikki asari, eramizning 130-yillarida yaratilgan, «Almajest» va «Sayyoralar gipotezasi» asarlari Aristotel falsafasi bilan yaqindan tanish bo‘lgan musulmon mutafakkirlari e’tiborini tortdi. Ular xuddi.
Do'stlaringiz bilan baham: |