Fan: Kasbga yo‘llash



Download 0,81 Mb.
bet75/120
Sana31.12.2021
Hajmi0,81 Mb.
#251906
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   120
Bog'liq
8-sinf Texnologiya (Qizbollar)

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

II dars: Mehnatning mazmuni qator omillar, jumladan , kasbning xususiyatlari bilan belgilanadi. Kasb – maxsus tayyorgarlikni (tegishli belgilar va amaliy malakalarni egallashni) taqozo etadigan mehnat turidir. Korxonalarda turli kasb egalari mehnat qiladilar. Ularning asosiy va eng kо‘p qismi ishchilardan iborat. Ishchilarning kо‘pchiligi korxonaning asosiy maxsulotini tayyorlaydilar, masalan, stanoklarda detallarda ishlov beradilar (tokarlar, frezerchilar, avtomat liniyalarining operatorlari va boshqalar), buyumlarni yig‘adilar, sozlaydilar (slesar – yig‘uvchilar, radio apparatlarini sozlovchilar va hokazo). Bular asosiy ishchilar hisoblanadi. Yana boshqa ishchilar (ta’mirchilar, elektromontyorlar, nazoratchilar, haydovchilar va hokazolar) asbob – anjomlarga xizmat kо‘rsatish, texnikani ta’mir qilish, material va asboblarni ish о‘rinlariga, tayyorlangan detallarni yig‘uv sexlariga keltirish, buyumlarning sifatini tekshirish va boshqa ishlar bilan shug‘ullanadilar. Ular mahsulotlarni tayyorlashda bevosita qatnashmaydilar, alki buning uchun zarur sharoitni yaratadilar, asosiy ishlab chiqarishga xizmat kо‘rsatadilar. Bularni yordamchi ishchilar deyiladi. Korxonadagi mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini texnikaviy boshqarish, mashinalar, asboblar va apparatlarning yangi turlarini loyihalash, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish kabi ishlarni injener-texnik xodimlar, texnologlar, konstruktorlar va boshqa mutaxassislar amalga oshiradi. Korxonalarda ishchilar va injener – texnik xodimlardan tashqari, xizmatchilar (ma’muriy, idora va tadbirkorlik xо‘jalik ishlarini bajaruvchilar), korxonada turli kasblarni о‘rganadigan shogirdlar, kichik yordamchi xodimlar (korxona hududi va binolarini tozalovchilar, yong‘indan saqlovchilar va boshqalar) ham ishlaydi. Ishchi mehnatining mazmuni uning malakasi bilan ham belgilanadi. Malaka – kishining biror mehnat faoliyati turiga tayyorlanganlik darajasi, ma’lum murakkablikdagi mehnatni bajarish uchun zarur bilim va kо‘nikmalar majmuidir. Kо‘p kasblardagi ishchilarning malaka darajasi toifa bilan begilanadi. Malaka darajasi qancha yuqori bо‘lsa, toifasi ham shuncha yuqori bо‘ladi. Masalan, siz umumiy о‘rta ta’lim maktabida ishchi kasblardan biri buyicha 1-2 – toifa, kasb-hunar kollejlarida 3-4 toifa, keyin korxonada ishlayotganingizda о‘z malakangizni 5-6 – toifagacha oshirishingiz mumkin. Bir qancha kasblar (haydovchi va boshqalar) uchun malaka darajasi klass bilan belgilanadi. Bunday holda birinchi klass malakaning eng yuqori darajasi hisoblanadi. Maxsus tarif – malaka tasniflagichlari mavjud bо‘lib, ularda tipovoy ishlar rо‘yxati hamda u yoki bu darajada malakali ishchilarning bilim va kо‘nikmalariga qо‘yiladigan talablar ifodalangan. Toifalar berish malaka imtixonlarining natijalariga qarab malaka hay’ati tomonidan amalga oshiriladi. Texnik jihatdan qurollanganiga kо‘ra qо‘l mehnati, mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan mehnat bir–biridan farqlanadi. Qо‘l mehnatida (masalan, qо‘l bilan bajariladigan ortish–tushirish, transport ishlari, jihozlarni ta’mirlash va sozlash, qо‘lda yig‘ish va hokazolarda) qо‘l asboblaridan foydalaniladi. Mexanizatsiyalashgan mehnat (masalan, qо‘l yoki mexanik uzatmali stanokda ishlov berish, avtomobilni, ekskavatorni boshqarish va hokazolar) qо‘lda boshqariladigan mashinalarni qо‘llashni taqozo etadi. Operatsiyalarni bajarish avtomatlashgan sharoitlarda avtomatlashtirilgan va avtomat asboblar qо‘llanadi. Bunda mehnat asosan mashinalar ishini kuzatish va nazorat qilishdan, ularni sozlashdan, buzilishlarning oldini olish, ularni topish, bartaraf etish va hokazolardan iborat bо‘ladi. Fan – texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishdagi mehnatning mazmuni va xarakteri doimiy о‘zgarishiga olib keladi. Oddiy (malakasiz) mehnat о‘rnini murakkab (malakali) mehnat egallab boradi va u ishchining umumta’lim hamda kasbiy tayyorgarligi uzluksiz oshirilishini taqozo etadi. Og‘ir jismoniy, qо‘lda bajariladigan, zerikarli mehnat qisqaradi, zararli va xavfli mehnat sharoitlari barham topadi. Kishininng mehnat predmetlarini ishlash jarayonida bevosita qatnashuvi boshqarish vazifalarini bajarish, avtomat mashinalarning dasturlarini tuzish bilan almashinadi. Mana shularning hammasi mehnatning xillarini, mustaqil ishlarni kо‘paytiradi, ishchilarga о‘z bilimlarini ijodiy qо‘llash imkonini beradi, shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun sharoit yaratadi. Shu bilan birga har bir ishchining о‘z malakasini doimiy ravishda oshirib borishini taqozo etadi. Natijada avtomatika tizimlari ishini kuzatish va ularni sozlash bilan shug‘ullanadigan ishchilarning mehnati о‘z xarakteri jihatidan injener–texnik xodimlar mehnatiga yaqinlashadi. Mehnatning ijodiy xarakteri faqat fan – texnika taraqqiyotining natijasi bо‘lib qolmay, balki bu taraqqiyotni tezlashtirishning muhim omili sifatida ham xizmat qiladi. Korxona ishchilari, mutaxassislari ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish bо‘yicha juda kо‘p takliflarni kiritadilar, mashinalar va asboblarni yaratadilar. Ratsionalizatorlik takliflari va ixtirolar ana shunday ijodkorlikning samarasi bо‘lishi mumkin. Ishchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun korxonalarda maxsus bо‘limlar – ratsionalizatorlik va ixtirochilik uyushmalari joriy etilgan. Respublikada ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatining boshlang‘ich tashkilotlari, novatorlar kengashlari, jamoatchilik asosida iqtisodiy tahlil va konstruktorlik uyushmalari tashkil qilingan. Ixtirochi va ratsionalizatorlarning mualliflik huquqlarini davlat muhofaza qiladi.


  1. Download 0,81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish