Fan: Kasbga yo‘llash


Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari



Download 0,81 Mb.
bet120/120
Sana31.12.2021
Hajmi0,81 Mb.
#251906
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
Bog'liq
8-sinf Texnologiya (Qizbollar)

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari.

O‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish tizimi.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o‘tilishini ta’minlaydi. O‘rta maxsus, kasb ta’limi tegishli tarmoq DTS lar asosida o‘rta maxsus kasb ta’limi o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb ta’limi o‘quv muassasalarining quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatadi:

1. Akademik liseylar.

2. Kasb-hunar kolleji.

Bu ta’lim muassasalarida yoshlarga majburiy o‘rta maxsus, kasb ta’limi beriladi.



O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega. Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar boyicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi. Akademik lisey – davlat ta’lim standartiga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradi. O‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydigan o‘rta maxsus, kasb ta’limi o‘quv muassasasi hisoblanadi. Akademik liseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi boyicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu ko‘nikmalarni o‘qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida royobga chiqarishlari mumkin. Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi, o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar boyicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi. Kasb-hunar kolejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tananganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi. Kasbni tо‘g‘ri tanlash – inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat kо‘p jihatdan kasbning qanchalik tо‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Kasbni tо‘g‘ri tanlash har bir maktab о‘quvchisining qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bо‘lishi uchun uning sog‘lig‘ini, о‘zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan kо‘ra kо‘proq qaror topadi va namoyon bо‘ladi. Odam bajarayotgan ishlariga ijodiy munosabatda bо‘lib, mehnat unumdorligini doimo oshirib borsa, tanlagan kasbiga zо‘r qiziqish bilan qarasa, о‘z ishining ijtimoiy ahamiyatini tushunsa, uning qobiliyatlari mehnatda takomillashib borsa, о‘shandagina u mehnatdan qoniqish hosil qiladi va xursand bо‘ladi, bunday holda har bir shaxs jamiyatga eng kо‘p naf keltiradi. Mana shu aytgan gaplardan kasb tanlashning g‘oyat muhim ijtimoiy ahamiyati kelib chiqadi. Kasb-korni erkin tanlash juda katta ahamiyatga ega. Odam shug‘ullanayotgan ishini yaxshi kо‘rsa, bundan u xursand bо‘ladi, qoniqish hosil qiladi, zо‘r tashabbus kо‘rsatadi, toliqmay mehnat unumini oshiradi. Maktab о‘quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bо‘lishi va ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bо‘lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot yо‘lida shaxsiy mudaolarini qondirishi lozim. Buning uchun yuksak darajada ma’lumotli bо‘lish zarur, hozirgi asrimizda bunday ma’lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy etishi mumkin emas. Umummehnat va maxsus malakalarni, kasbga bо‘lgan qiziqishlarini shakllantirishning bunday imkoniyatlari obyektiv zaminga ega bо‘lib, voqelikda har kuni amalda oshirilmoqda. Sanoat tez rivojlanganligi, qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish borasida katta qadamlar qо‘yilganligi, ilm-fan, texnikani va madaniyatni yuksaltirish sohasidagi muvaffaqiyatlar bir tomondan, yoshlarning qiziqishlariga va qobiliyatlariga muvofiq, ikkinchi tomondan xalq xо‘jaligi talab-ehtiyojlariga asosan kasb tanlashlari uchun amaliy jihatdan cheklanmagan imkoniyatlar yaratdi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga kо‘ra, kasb-hunar kollejlarida о‘qish muddati 3 yil. О‘zbekistonda ta’limni boshqarish va nazorat qilish tizimi davlat xarakteriga ega. Bu jarayonga hamma bab-baravar, shuningdek hukumatning mahalliy organlari vakillari ham jalb etiladi. Ishbilarmon doiralar, jamoat tashkilotlari va fondlar ta’limni boshqarishda ishtirok etmaydilar. Ularning ishtiroki ta’limni moliyaviy va moddiy jihatdan ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyat tug‘diradigan bо‘lar edi.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mustahkamlash uchun savollar:



  1. O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb ta’limi o‘quv muassasalarining qanday turlari faoliyat ko‘rsatadi?

  2. O‘rta maxsus, kasb ta’limi tegishli tarmoq nimalar asosida o‘rta maxsus kasb ta’limi o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi?

  1. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Uyga vazifani e’lon qilish: ________


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish