Fan: Kasbga yo‘llash



Download 0,81 Mb.
bet67/120
Sana31.12.2021
Hajmi0,81 Mb.
#251906
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120
Bog'liq
8-sinf Texnologiya (Qizbollar)

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

II dars: Tikuvchilik sanoatida yangi texnika va ilg‘or texnologiya

Hozirgi kunda tikuvchilik sanoatida mahsulotlarni ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, tikuvchilik korxonalarida ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan tizimi (SAPR) keng qo‘llanilmoqda. SAPR – loyihalovchi mutaxassislarning fikrlash kobiliyatlarini EHM xotiralari bilan bevosita birgalikda ishlata oluvchi tashkiliy-texnikaviy tizimda ifodalaydi. Hozirgi vaqtda tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishni konstruktiv va texnologik tayyorlashni avtomatlashtirilgan tizimlari qo‘llanilmoqda. Bu tizimlar gazlamalarni to‘shash va bichish jarayonlari avtomatlashtirilgan tizimlari bilan lokal bog‘lanadi. Avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqadigan eng taniqli firmalari: “Investronika” (Italiya), “Gerber Garment Technology” (AQSH), “Durkopp” (Germaniya), “Lectra Syatems” (Fransiya), “Cybrid” (Velikobritaniya), “Toray” va “Juki” (Yaponiya), “Pfaff” (Germaniya), “Microdynamics” ( AQSH). Avtomashlangan tizim tarkibiga SAPR dasturlarining ta’minoti va ish o‘rinlari kiradi: rassom- modelyer; konstruktor; andozachi; andozalarni joylashtiruvchi; normalovchilar ish o‘rinlari. SAPR tarkibiga quyidagi modullar (tizim dasturlari) kiradi: model eskizini chizish; asos konstruksiyasini tuzish; modellashtirish; andozalarni tuzish; andozalarni o‘lcham va boylar boyicha ko‘paytirish; andozalarni gazlamaga joylashtirish; barcha gazlama turlarini sarf meyorini aniqlash. Xizmat ko‘rsatuvchi modullar: ma’lumotlarni kiritish va shakllantirish; hisoblash jarayonini boshqarish; ma’lumot yig‘ish. Barcha SAPR tizimlari lokal bog‘langan IBM/PC turidagi shaxsiy kompyutorlar va undan tashqarida joylashgan asboblardan tashkil topadi, ya’ni:



- Digitayzer - andozalarni va ular haqidagi ma’lumotlarni kompyuterga kiritish qurilmasi

- Plotter - andozalarni va andoza joylashmalarini chizish, qog‘oz yoki kartondan andozalar komplektini qirqib olish uchun qurilma Tikuvchilik korxonalarida buyumni ishlab chiqarish uning konstruksiyasini qurishdan boshlanadi. “Eleandr CAD” SAPR kiyimni konstruksiyalash, kiyimni modellashtirish, andozalar komplektini qurish, buyumni ko‘paytirish, andozalarni joylashtirish, konstruktorlik hujjatini ishlab chiqish, texnologik ma’lumotlarni tayyorlash vazifasini bajaradi. “Eleandr CAD” SAPR asos konstruksiyasini qurish moduli, kiyimni konstruksiyalash moduli, andozalarni qurish moduli, andozalarni ko‘paytirish moduli,joylashmani bajarish tizimini o‘z ichiga oladi. Asos konstruksiyani qurish moduli berilgan ma’lumotlar boyicha kiyimning asos konstruksiyasini avtomatik bajarish imkoniyatini beradi. Tizimda erkaklar va ayollar, o‘g‘il hamda qiz bolalar figurasining o‘lcham belgilari asos ma’lumoti mavjud. Asos konstruksiyani qurish uchun buyum o‘lchami va uning turi (palto, kuylak, jaket, pidjak, kurtka, yubka, shim, trikotajdan djemper) topshiriq qilib beriladi. Konstruksiyaning kerakli parametrlari berilgandan keyin 3-5 sekund orasida ekranda buyumning konstruksiyasi paydo bo‘ladi. Kerak bo‘lganda hosil qilingan konstruksiya berilgan parametrlarni o‘zgartirish yo‘li bilan taxrir qilish mumkin. Andozalarni qurish Kiyimni modellashtirish moduli har xil chiziqlarni yaratish va taxrir qilishni ta’minlaydi. Kiyimni modellashtirishning opersiyalari uchun quyidagi funksiyalar mavjud: har xil yoqalarni qurish; buyum detallarini konussimon kengaytirish, vitochkani ko‘chirish va shakl berish; kertiklar qoyish; qirqim uzunliklarini o‘lchash va solishtirish, tekshirish va hokazo. Andozalarni qurish moduli quyidagi funksiyalarni o‘z ichiga oladi: chok haqini qoyish; andoza burchaklarini texnologik ishlov berishga moslab to‘g‘rilash; asosiy andoza boyicha ishchi va yordamchi andozalarni yaratish; andozalarning nomlarini qoyish; tanda ipini qoyish; andozalarni komplektlash; buyum hujjatlarini avtomatik shakllantirish. Andozalarni ko‘p aytirish moduli imkoniyatlari: ma’lumotlar bazasining o‘lcham jarayonida yaratish va saqlash; razmer, boy va to‘lalik boyicha andozalarni texnik ko‘paytirish; ko‘paytirish oraliq nuqtalarining hisobi; modellashtirishda nuqtalardagi kengayishini qayta hisoblash; bir modeldan boshqasiga ko‘paytirish nusxasini ko‘chirish. Joylashma moduli andozalarni qo‘lda, avtomatik va aralash (yarimavtomat) usulda joylashtirish vazifasini bajaradi. Aralash usulda andozalarning ma’lum qismini avtomatik rejimda joylashtiriladi. Bir yoki bir necha buyumning bir necha andozalar komplektini joylashtirish imkoniyati mavjud. Tizim berilgan meyoriy chiqindilar foizi uchun gazlama chegarasini ko‘rsatadi, shuningdek andozalar orasidagi chiqindilar foizi va bajarilgan joylashmaning uzunligini hisoblaydi. Foydalanishda qulaylik uchun ishlatilmaydigan detallarni panelda saqlash mumkin va kerak bo‘lganda ulardan foydalanish mumkin. Tikuvchilik korxonalari gazlamalar, noto‘qima material, bezak material, furnitura, ip va buyum tikishda kerak bo‘ladigan boshqa mollarga ushbu materiallarni ishlab chiqaradigan korxonalar bilan shartnoma tuzadi. Ta’minlovchi (mol yuboruvchi) tomondan mollar shartnoma asosida belgilangan muddatda yuboriladi. Tikuvchilik korxonalariga gazlamalar ko‘pincha konteynerlarda yoki mashinalarda to‘p yoki toy-toy bo‘lib keladi. Gazlama to‘plarini tushirib olish va o‘rovini ochish zonasiga tashish qo‘lda yoki ko‘targich-transport uskunalarilari yordamida bajariladi. So‘ngra gazlamalar tekshiruvdan o‘tkaziladi. Asosiy va astarlik gazlamalarni sifatini tekshirish vaqtida ikkita operasiya bajariladi: gazlamada nuqson joyini belgilash va nuqsonlar sonlarni ballarda hisoblash. Nuksonlarning ballari yig‘indisi boyicha gazlamaning navi aniqlanadi. Sexda nukson tekshirish va o‘lchash operasiyalarini birgalikda bajaradigan UPRO-1, BPM-2, BPM-3, RS-5 yarimavtomat va «ROLLTEKS» kompaniyasini turli xil mashinalari ishlatiladi (38-rasm). Gazlama uzunasi schetchik yordamida, eni esa ekran tagida o‘rnatilgan o‘lchash chizg‘ichi orqali aniqlanadi. “Roll Tex” firmasining kichik gabaritli mashinasi V-02 gazlamalarni tekshirish-o‘lchab ko‘rish uchun mo‘ljallangan. Mashina tagidan yoritiladigan ko‘rish ekranidan, ma’lum o‘lchamda gazlama bo‘laklarini qirqish uchun elektron qirqish mashinasidan, gazlama uzunasini o‘lchash uchun raqamli displeydan iborat.

Zamonaviy tekshirish-o‘lchab ko‘rish mashinalari cho‘zmasdan gazlamalarni o‘ramidan ochish va uni o‘ram qilish, nuqson topishni avtomatlashtirish, gazlamalarni o‘ramidan ochish va o‘rash tezligini boshqarish (0-75 m/min), uzunasini avtomatik o‘lchash, o‘lchamlarni avtomatik yozish qurilmalaridan, shuningdek kompyutorlar va turli xil hisoblash vositalari bilan ta’minlangan. “Bullmer-werk” (Germaniya), “Calaton” (Shvesiya), “Nortekx” va “Shelton” (Angliya) firmalarida zamonaviy tekshirish-o‘lchab ko‘rish mashinalari ishlab chiqilmoqda. Ular turli tuman bo‘lganlari bilan ishlash mexanizm va vositalari bir xildir: gazlamalarni o‘ramidan ochish va uni o‘ram qilish qurilmasi yoki gazlamani bukib taxlash qurilmasi; ko‘rish ekranigacha bo‘lgan yo‘naltirish valiklari; nishab ko‘rish ekrani; gazlama uzunasini o‘lchash vositasidan iborat.

Gazlmalarda nuqson topishni avtomatlashtirish tayyorlov-bichish sexida tez moslanuvchan ishlab chiqarish tizimini ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi. Tayyorlov sexda gazlamalardan rasional foydalanish, ya’ni qoldiqsiz bichish maqsadiga gazlama to‘plari to‘shamalarga mo‘ljallab hisoblanadi. Gazlamalarni to‘shash ko‘p kuch talab qiladi. Bundan tashqari ishchilar gazlamani qavatlarini har xil kuch bilan tortishadi, bu esa to‘shama qavatlarini notekis cho‘zilishiga sabab bo‘ladi va bichiqlar sifatiga ta’sir etadi. To‘shamalarni to‘shashda to‘shovchilar ishini osonlashtirish uchun to‘shash mashinalari ishlatilgan. Yarim avtomatik va avtomatik ishlaydigan mashinalardan foydalanib, mexanizasiyalashtirilgan to‘shash eng unumli va ishlov berish uchun qulay hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan to‘shash mashinalari Germaniya, AQSH, Yaponiya, Fransiya va boshqa davlatlarda ishlab chiqilmoqda. Ularning to‘shash tezligi gazlamaning cho‘zilishi va to‘shamaning uzunligiga qarab moslanadi. Tikuvchilik korxonalarida turli xil gazlamalardan turli assortimentda buyumlar tikiladi. Ularni bichish uchun xilma-xil asboblar ishlatiladi: Hozirgi kunda uch xil bichiq usullari mavjud: mexanik, termofizik, termomexanik. Ulardan mexanik usuli eng tarqalgan bo‘lib, tikuvchilik korxonalarida keng qo‘llanalmoqda. Mexanik usuli –gazlamalarni bichish universal va maxsus asboblarda: ko‘chma bichish mashinasida, oyish presslarida va qaychi yordamida bajariladi. Bu usul tikuvchilik sanoatida keng tarqalgan bo‘lib, turli shakl va o‘lchamdagi detallarni bichishga mo‘ljallangan. Materiallarni lazer nuri, mikroplazma oqimi yordamida va elektr uchquni bilan bichish mumkin. Lazer usulida bichish gazlamalarga termik ta’sir etishga asoslangan. Mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida avtomatik ishlaydigan bichish mashanalari yaratilgan. Ular tikuvchilik korxonalarida yuqori sifatli bichish jarayonni ta’minlab beradi. Bu tur mashinalaridan biri AQSH ning «Gerber» firmasida chiqarilgan «Gerbereuttec S-94» bichish avtomati. Bu avtomat duxoba, taralmagan trikotaj polotno, neylon tolali gazlama va noto‘qima materiallardan ko‘p kavatli to‘shamalarni bichishga mo‘ljallangan. Hozirgi kunda bir qator avtomatik ishlaydigan bichish mashinalari yaratilgan: Germaniyaning “Zat qurilmasi”, “Kurigzat avtomati”, AQShda chiqarilgan “Gerber technology” “S-91 High-Ply Gutter”.



  1. Download 0,81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish