Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
I dars: Hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyati
Barkamol shaxs tarbiyasida, albatta, mehnat ta’limining alohida o‘rni bor. Ushbu o‘quv fani o‘quvchilarda aqliy va jismoniy mehnat turlari, mehnat jarayonlari haqida keng tushuncha hosil qilish, mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish kabi ta’limiy maqsadlarga xizmat qiladi. Shuningdek, yoshlarni mehnat va kasblarni qadrlashga o‘rgatish, ijtimoiy hayotda ularning ahamiyatini tushuntirish, kasb asoslari haqida bilim hosil qilish hamda maktab davridan kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish mehnat ta’limining asosiy vazifalari hisoblanadi. Xususan, mehnat qurollari, vositalari, jarayonlari, hududiy ishlab chiqarishning asoslarini o‘rgatish, texnika va texnologiyalar asosida egallanayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari, shu sohaning ilg‘or vakillari faoliyati bilan tanishtirish hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanining asosiy maqsadidir. Mazkur darslik o‘quvchilarining xalq hunarmandchiligi texnologiyasi, ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo‘llash kabi masalalar yechimini hal qilishga qaratilgan. O‘zbek xalq hunarmandchiligining tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. O‘zbek diyorida vujudga kelib gullab yashnagan san’at turlari betakrorligi bilan dunyoga mashhur. O‘zbek amaliy bezak san’atining eng rivojlangan zargarlik, kashtachilik, zardo‘zlik, gilamchilik, kigizchilik, savatchilik va shu kabi turlarining o‘ziga xos bajarish texnologiyalari, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san’atlarga xos maktablar, uslublar, ustalar haqida ma’lumotlar yosh avlodlarni milliy ruhda tarbiyalashga yordam bermoqda. O‘zbek xalq amaliy san’ati turlari ichida zebu ziynat san’ati bo‘lmish zargarlik alohida o‘rin egallaydi. Zargarlik buyumlari turli-tuman bo‘lib, ularga o‘ziga xos nomlanadi. Peshonaga taqiladiganlari tillaqosh, quloqqa zirak, boyin bezagi boyintumor, bel bezagi kamar, qo‘l bezagi bilakuzuk, barmoq bezaklari uzuk va boshqalar bor. Bu zargarlik buyumlarida kumush, tilla, qalay, jez va boshqalar asosiy xom ashyo hisoblanadi. Zargarlik buyumlari oyma va qolip usulida yasaladi. Ularni turli qimmatbaho toshlar: marjon, shisha, sadaf va boshqalar o‘rnatib bezatiladi. Qadimiy an’analarga ko‘ra, o‘zbek qizlari, ya’ni bo‘lajak kelinchaklar seplarini kashtachilik buyumlarisiz tasavvur qilinmasdi. Bu seplarni qizlarning o‘zlari tikishardi. Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo‘lsa, qayliq shunchalik yuqori baholanar edi. Qizlar 7-9 yoshidan boshlab kashta tikishga o‘rgatilardi. Ular uch, to‘rt yildan keyin mustaqil kashta tika boshlaganlar. Kashta tikish usullari, gullari, ranglarning mujassamlanishi avloddan-avlodga o‘tib takomillashib bordi. Sekin-asta eng yaxshi kashtalar tanlanib qoldi va milliy xususiyatlari bilan xarakterli betakror kashta namunalari yaratildi. O‘zbek milliy kashtachilik naqshlarining asosida har xil gul elementlari, geometrik bezaklar, qora, to‘q qizil, ko‘k, yashil, sariq, oq ranglar did bilan uyg‘unlashtirilib to‘qilgan bo‘lib, o‘ziga xos go‘zallik kasb etadi. Turli naqshli palak, choyshab, kelinchak yopinchiqlari, dasturxon, parda, dastro‘mol, nimcha, koylak va so‘zanalar an’anaviy badiiy san’atning go‘zal namunasi bo‘lib, qadimiy qadriyatlarimizni aks ettirib turadi.
Kashtachilikning muhim turlaridan biri zardo‘zlik san’ati o‘zining uzoq tarixiga ega bo‘lib, deyarli barcha Sharq mamlakatlari uning vatani hisoblanadi. Zardo‘zlik san’atining an’analari Vizantiyada ham mavjud va mashhur bo‘lgandir. Hozirgi Eronda esa XV-XVII asrlardagi zardo‘zlik namunalari anchagina yodgorliklaridan saqlanib qolgandir. Zardo‘zlik forscha zar (tilla), do‘zi (tikmoq) so‘zini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |