Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
II dars: Amaliy mustaqil ishlar bajarish:
Amaliy mustaqil ishda qiz bolalar panchosini to‘qish texnologiyasini o‘rganish.
Kiyimlar ichida panchoning o‘rni juda muhimdir. Pancho katta-yu kichikni sovuqdan
saqlaydigan ixcham va issiq kiyim bo‘lib, uni kundalik kiyish uchun yoki ko‘chalik kiyim o‘rnida kiyiladigan turli modellarda to‘qish mumkin. Bolalar panchosini turli tasvir yoki shakllar tushirib turlicha rangli iplardan foydalanib, to‘qilgan modellari juda ajoyib va betakrordir. Kerak bo‘ladigan ashyo va asbob-uskunalar: 20-rasmdagi ikkinchi panchoni 34-40 razmerda to‘qish uchun 300 gramm to‘q qizil; 150 grammdan oq, jigarrang va och jigarrang va 100 gramm qizg‘ish jigar rangdagi iplar, shuningdek, 4 va 4,5 raqamli aylana spitsalar kerak bo‘ladi. Diqqat! Poncho aylana qatorlar bilan bitta polotno shaklida to‘qiladi. Buyum chizmasidagi strelka to‘qish yo‘nalishini ko‘rsatadi. Rezina choki 1 o‘ng va 1 ters halqalar bilan to‘qiladi. Aylana qatorlarda faqat o‘ng halqa to‘qiladi. Katak choki: halqalar soni 4 karrali bo‘ladi. Sxema boyicha juft va toq qatorlar aylanabilan to‘qiladi. Halqalarni to‘qish rapport boyicha takrorlanadi. Birinchi marta 1-qatordan 8- qatorgacha takrorlanadi. Jakkard hoshiya A: halqalar soni 7 karrali bo‘ladi. 24-rasmda berilgan sxema boyicha aylana toq qatorlari o‘ng halqalar bilan to‘qiladi. Juft qatorlar esa nusxa boyicha berilgan rangli ipda to‘qiladi. Birinchi marta 1-qatordan 10-qatorgacha takrorlanadi.
Jakkard hoshiya V: halqalar soni 16 karrali bo‘ladi. 25-rasmda berilgan sxema boyicha
aylana toq va o‘ng qatorlari o‘ng halqalar bilan to‘qiladi. Halqalarni to‘qish rapport boyicha takrorlanadi. Birinchi marta 1-qatordan 12-qatorgacha takrorlanadi. Asosiy nusxa: * 2 qator ro‘mol choki, 8 qator katak choki va 2 qator ro‘mol choki oq rangli ipda to‘qiladi, 10 qator jakkard hoshiya A, 2 qator ro‘mol choki oq rangli ipda, 2 qator ro‘mol choki to‘q qizil rangli ipda, 2 qator ro‘mol choki oq rangli ipda, 8 qator katak choki och jigarrang ipda, 2 qator ro‘mol choki jigar rangli ipda, 2 qator ro‘mol choki oq rangli ipda, 2 qator ro‘mol choki jigar rangli ipda, 2 qator ro‘mol choki to‘q qizil rangli ipda, 12 aylana qator jakkard hoshiya V, 2 aylana qator ro‘mol choki to‘q qizil rangli ipda, * belgidan yana 2 marta takrorlanadi = 174 aylana qator. To‘qish zichligi: 18,5 halqa va 28 aylana qator = 10 x 10 sm.
Do'stlaringiz bilan baham: |