Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
I dars: Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovi shunday yorqin va kishiga ilhom bag‘ishlaydigan tadbirlardandir. Tanlovning “tashabbus” deb nomlangani ham ramziy ma’noga ega. Tadbir O‘zbekiston Savdo- sanoat palatasi, Fermerlar kengashi va “Hunarmand” xalq hunarmandlari uyushmasi tomonidan mamlakatimiz vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Ushbu tadbirda xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, hayotni yanada farovon etish yo‘lidagi ezgu intilishlari yorqin namoyon bo‘ladi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan an’anaviy “Tashabbus” ko‘rik-tanlovi mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi -sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ajdodlarimizdan meros milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, ko‘rik-tanlov kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, ular erishayotgan ilg‘or natijalarni targ‘ib qilishga, yoshlarda mulkdor bo‘lish hissini kuchaytirishga, tadbirkorlarning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda. Har yili mazkur tanlov orqali hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan eng yaxshi tadbirkor, fermer va hunarmandlar aniqlanib, munosib rag‘batlantirilmoqda. Asosiysi, ularning ish tajribasi ommalashtirilib, faoliyatlarini kengaytirishlariga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Mazkur tanlov yurtimizning ilg‘or tadbirkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, ular tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar, amaliyotga tatbiq qilinayotgan loyihalar, ishlab chiqarishga joriy etilayotgan yangidan yangi texnologiyalar va ish yuritishning samarali uslublari namoyishi hamdir. Ko‘rik-tanlovning dastlabki davrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarayotgan, qurilish sohasida xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar, faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirayotgan ilg‘or tadbirkorlar, kulolchilik sohasidagi hunarmandlar ishtirok etgan bo‘lsa, bugungi kunda ishtirokchilarning faoliyat yo‘nalishlari o‘zgarib, rivojlanib bormoqda. Hunarmandchilikda esa xalq amaliy san'atining eng yuksak namunalari asosida eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarayotgan, jumladan, miniatyura, samonga ishlov berish (salomka), zardo‘zliq, kulolchilik, yog‘ochga ishlov berish orqali turli asarlar yaratish bilan shug‘ullanayotgan hunarmandlar ishtirok etmoqda. Toshkentdagi Milliy san’at markazida Bazar-Art ko‘rgazma-yarmarkasi tadbiri 2007 yildan har yili kuz va bahor faslida O‘zbekistonning eng yaxshi ustalari va hunarmand sulolalari ishtirokida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |